Reja: Tilning o‘rganish metodlari va metodologiya
Download 31.97 Kb.
|
10-seminar topshiriqlari IS
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Struktur metod va uning yo‘nalishlari a. Bevosita ishtirokchilar metodi b. Transformatsion tahlil metodi 6. Statistik va avtomatik tahlil metodlari.
10-MAVZU: LINGVISTIK TADQIQOT METODLARI REJA: 1. Tilning o‘rganish metodlari va metodologiya. 2. Tavsifiy metod va uni tadqiq qilish bosqichlari. 3. Qiyosiy tarixiy metod va ushbu metod vazifalarini amalga oshirish usullari. 4. Chog‘ishtirish va tipologik metod. 5. Struktur metod va uning yo‘nalishlari a. Bevosita ishtirokchilar metodi b. Transformatsion tahlil metodi 6. Statistik va avtomatik tahlil metodlari. 7. Sinxron va diaxron tadqiq metodlari. TOPSHIRIQ 1. Quyidagi savollarga javob bering. 1. Metod nima? Metod (yun. "metodos" — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — vo-qelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻlyoʻriklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli. 2. Metodika nima? Metodika – biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, usullari, yo’llari majmuasi. U alohida metodikalardan tashkil topadi. Pedagogika fani sohasida ma’lum o’quv fanini o’qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar. 3. Metodologiya nima? Metodologiya (metod va ...logiya soʻzlaridan) — tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi taʼlimot. 4. Qanday metodlarni bilasiz? Tavsifiy metod, Qiyosiy-tarixiy metod, Chog‘ishtirish va tipologik metod, Struktural tahlil metodlari, STATISTIK TAHLIL METODI, 5. Distributiv tahlil usuli qanday usul? Distributiv tahlil, bevosita ishtirokchilarga ajratish va transformatsion tahlil metodlari hozirgi kunda butun jahon tilshunosligida keng qo‘llanib kelayotgan metodlar hisoblanadi. 6. Valentlik tahlil usuli qanday usul? So’zning nutq faoliyati semantik-sintaktik funksional faolligini o’rganish uning ma’noga bog’liq imkoniyatlarini yoritish masalalari o’rganiladi. 7. Qiyosiy-tarixiy metod qanday metod? XIX asrning 1-choragida yuzaga kelgan mazkur metod lingvistik metodlar ichida eng faoli hisoblanib unda o’zaro qarindoshlar munosabatidagi tillarning birliklari tarixiy jihatdan qiyoslanadi, ular orasidagi o’xshashliklar aniqlanib dastlabki tarixiy shakllarini tiklashga harakat qilinadi. 8. Tipologik metod haqida nimalarni bilasiz? Bunda o’zaro genetik bog’liq bo’lgan va bo’lmagan til oilalariga tegishli tillarni qiyoslash asosida o’rganiladi. 9. Tavsifiy metod qanday metod? Bu metod eng qadimiy va dastlabki yetakchi metod hisoblanib, arab, yunon, arab, xitoy, rim tillariga oid yaratilgan asarlar mazkur metod asosida yaratilgan. 10. Strukturalizm nima? Tilni o’zaro bog’langan va nisbatlangan til birliklaridan iborat butun bir tahlil metodi. 11. Statistik tahlil metodi qanday? Ushbu metodda lisoniy birliklarning nutq faoliyatidagi, asosan matndagi qo’llanish miqdorini tadqiq qiladi. 12. Transformatsion tahlil metodi qanday metod? Sintaktik qurilmalar, muayyan qoidalar asosida boshqa shaklga, ko’rinishga ega bo’lishi ya’ni transformatsiyalanishi tushuniladi. 13. Avtomatik tahlil metodi qanday metod? Davr talabi bilan yaratilgan zamonaviy metodlardan bo’lib, o’ziga xosligi elektron hisoblash mashinalari kompyuterlar yordamida avtomatik tarjima qilinadi. 14. Klassifikatsion yondashuv nima? tillarga tasnifiy yondashuv morfologik tasnif sifatida o‘zak va qo‘shimchalar o‘zaro zid holda qiyoslab o‘rganiladi. 15. Belgili yondashuv qanday amalga oshadi? tillarga muayyan belgi-xususiyatlar (masalan, fonetik, morfologik kabi) jihatidan yondashuv bo‘lib, bunda til sathlari tipologiyasi (fonetik tipologiya, leksik tipologiya kabilar) yaratiladi. Download 31.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling