Reja: Tizimli dastur yoki operasion sistema
Download 66 Kb.
|
tizimli tahlil va os
Buyruq prosessori funksiyalari quyidagilardan iborat:
1.Klaviatura va buyruq faylidan kiritilgan buyruqni qabul qilish va sintaktik tahlil qilish. 2.OS ichki buyruqlarni bajarish. 3OS tashqi buyruqlarini va foydalanuvchining amaliy dasturlarini yuklash va bajarish. Buyruq prosessori tomonidan bajariladigan buyruqlar ichki buyruqlar deyiladi. Foydalanuvchiningf tashabbusi bilan bajariladigan buyruqlar esa tashqi buyruqlarni tashkil qiladi. Tashqi buyruqlarni bajarish uchun buyruq prosessori diskdan mos ismli buyruqni qidiradi, agar uni topa olsa, u holda uni xotiraga yuklaydi va unga boshqaruvni beradi. Buyruqlarni bunday usulda taqsimlanishi operativ xotira bangligini kamaytiradi va komp’yuter unumdorligini oshiradi. Buyruq prosessori xotiraga yuklanganda ikki – doimo xotirada saqlanadigan resident va xotiraning foydaalnuvchi uchun ochiq bo’lgan norezident qismga bo’linadi. Sistemadagi ko’pgina jarayonlar kutish holatiga o’tishi berilganlarni kiritish va chiqarish yoki biron-bir sistemali funksiyani bajarilishini kutish bilan bog’liq bo’ladi. Har bir real sistemada bir vaqtda mavjud bo’lgan jarayonlar chegaralangan. Bu holat ko’proq komp’yuterning real fizik imkoniyatlardan kelib chiqadi. Jarayonni boshqarish (o’zgaruvchi, ishga tayyor, ishlovchi va blokirovka qilingan holatdir). Jarayon turli holatda bo’lishi mumkin. Holatni aniqlash OS dasturlari yoki foydaalnuvchi tomonidan boshqarilishi ko’zda tutilgan. O’zgaruvchi holat. Biron-bir ish bajarilishi natijasiga ko’ra hosil bo’ladigan holat. Holatni turlicha bo’lishi muhitga va real iishlovchi dasturga bog’liq bo’ladi. Masalan, ma’lumotlarning turli holatga turlicha taqsimoti bevosita jarayonni boshqarishga o’z ta’sirini o’tkazadi. Ishga tayyor holat. Bu holda qaralayotgan dastur uchun kerak bo’lgan fizik hamda dasturiy resurslar ishga tayyor holda turadi va qaralayotgan dastur faqat buyruqni kutadi. Ishlovchi holat. Jarayonni boshqarish dasturi ishlovchi dastur uchun kerakli resurslarni ishga tayyor holatiga keltiradi va aktiv holatdagi dastur yuqori imtiyozli hisoblanadi. Blokirovka qilingan. Dastur ishlashi uchun ayrim resurslar yetarli bo’lmasa, sistema bunday dasturni blokirovka qilib qo’yadi. Download 66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling