Reja: Tizimli dastur yoki operasion sistema


Virtual tashqi xotirani boshqarish


Download 66 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi66 Kb.
#1491237
1   2   3   4   5
Bog'liq
tizimli tahlil va os

Virtual tashqi xotirani boshqarish. Virtual tashqi xotirani boshqarish virtual ichki xotirani boshqarishga nisbatan birmuncha murakkabroq. Buning asosiy sababi ularning hajmidadir.
Berilganlarning saqlanishi:
* Ketma – ket, agar foydalaniladigan berilganlar xotirada ketma – ket joylashgan bo`lsa, u holda xotiraning navbatdagi manzilidan berilganlarni olish uchun har safar keyingi manzil qidirilmasdan kerakli belgilar ketma – ket tanlab olinadi.
* Indeksli, berilganlarning navbatdagi qismi tugagandan so`ng o`zining davomi qayerda joylashganligi haqida ma`lumot bevosita berilganlardan keyin joylashgan bo`ladi va bu ma`lumot tahlil qilinib, berilganlarning davomi ko`rsatilgan joyidan boshlab talqin qilinadi.
* Indeksli – ketma – ket, indeksli boshqarishdan farqi berilganlar davomi ko`rsatilgan joydan bir emas balki bir nechta berilganlar birligidan iborat ketma-ketlik ko`rinishda beriladi.
Himoya. OS da ishlatiladigan berilganlar himoyalangan bo`lishi kerak. Himoyalanish OS tarkibiga kirgan dasturdan, foydalanuvchi dasturdan va foydalanuvchining biron – bir haratidan bo`ladi.
Effektiv joylashtirish. Beriladiganlarni qay tartibda joylashtirish sistemaning mukammal ishlashiga omil bo`ladi. Berilganlar pog`ona – pog`ona joylashtiriladi.
Kompyuter bilan muloqot. OS ning ayrim resurslarida kompyuter bilan muloqot ko`zda tutilgan. Bundan tashqari, foydalanuvchi ham o`z dasturiga muloqotni kiritishi mumkin.
Kompyuterning ishonchliligini ta`minlash. Kompyuter qurilmalari normal ishlashi uchun ma`lum shart – sharoitlar bajarilishi talab qilinadi, bular elektr manbai parametrlari, tashqi muhit temperaturasi va boshqalardir.
Topshiriqni boshqarish tili. Kompyuterda bajarilishi kerak bo`lgan topshiriq avtomatik tarzda yoki foydalanuvchi aniqlagan parametrlar yordamida bajariladi.
Resurslar taqsimoti. Avval aytganimizdek, resurslar fizik va dasturiy bo`ladi. OS yordamida resurslar shunday taqsimlanadiki, natijada bajarilayotgan topshiriqlar ma`lum ketma – ketlikda amalga oshiriladi.

Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling