Reja: Tizimli dastur yoki operasion sistema
Virtual tashqi xotirani boshqarish
Download 66 Kb.
|
tizimli tahlil va os
- Bu sahifa navigatsiya:
- Effektiv joylashtirish.
- Kompyuterning ishonchliligini ta`minlash.
Virtual tashqi xotirani boshqarish. Virtual tashqi xotirani boshqarish virtual ichki xotirani boshqarishga nisbatan birmuncha murakkabroq. Buning asosiy sababi ularning hajmidadir.
Berilganlarning saqlanishi: * Ketma – ket, agar foydalaniladigan berilganlar xotirada ketma – ket joylashgan bo`lsa, u holda xotiraning navbatdagi manzilidan berilganlarni olish uchun har safar keyingi manzil qidirilmasdan kerakli belgilar ketma – ket tanlab olinadi. * Indeksli, berilganlarning navbatdagi qismi tugagandan so`ng o`zining davomi qayerda joylashganligi haqida ma`lumot bevosita berilganlardan keyin joylashgan bo`ladi va bu ma`lumot tahlil qilinib, berilganlarning davomi ko`rsatilgan joyidan boshlab talqin qilinadi. * Indeksli – ketma – ket, indeksli boshqarishdan farqi berilganlar davomi ko`rsatilgan joydan bir emas balki bir nechta berilganlar birligidan iborat ketma-ketlik ko`rinishda beriladi. Himoya. OS da ishlatiladigan berilganlar himoyalangan bo`lishi kerak. Himoyalanish OS tarkibiga kirgan dasturdan, foydalanuvchi dasturdan va foydalanuvchining biron – bir haratidan bo`ladi. Effektiv joylashtirish. Beriladiganlarni qay tartibda joylashtirish sistemaning mukammal ishlashiga omil bo`ladi. Berilganlar pog`ona – pog`ona joylashtiriladi. Kompyuter bilan muloqot. OS ning ayrim resurslarida kompyuter bilan muloqot ko`zda tutilgan. Bundan tashqari, foydalanuvchi ham o`z dasturiga muloqotni kiritishi mumkin. Kompyuterning ishonchliligini ta`minlash. Kompyuter qurilmalari normal ishlashi uchun ma`lum shart – sharoitlar bajarilishi talab qilinadi, bular elektr manbai parametrlari, tashqi muhit temperaturasi va boshqalardir. Topshiriqni boshqarish tili. Kompyuterda bajarilishi kerak bo`lgan topshiriq avtomatik tarzda yoki foydalanuvchi aniqlagan parametrlar yordamida bajariladi. Resurslar taqsimoti. Avval aytganimizdek, resurslar fizik va dasturiy bo`ladi. OS yordamida resurslar shunday taqsimlanadiki, natijada bajarilayotgan topshiriqlar ma`lum ketma – ketlikda amalga oshiriladi. Download 66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling