4. Tog‘ay Murod asarlarini muammoli ta’lim asosida o‘rganish.
Tog‘ay Murod asarlarini umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi yoki oily ta’lim muassasalarida o‘rganish va o‘rgatishda ko‘plab pedagogik, inovatsion, muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish mumkin. Misol tariqasida ba’zilarini ko‘rib o‘tamiz.
Tog‘ay Murodning “Momo Yer qo‘shig‘i” qissasini oily ta’lim muassalarining filologik ta’lim yo‘nalishlarida MUAMMOLI KEYS vositasida o‘rganish.
KEYS-1 : “MOMO YER QO‘SHIG‘I” QISSASI VA PAHLAVON DAHONING FOJEASI”
O’quv predmeti: Adabiyot o‘qitish metodikasi
Mavzu: “MOMO YER QO‘SHIG‘I” QISSASI VA PAHLAVON DAHONING FOJEASI”
Keysning asosiy maqsadi: “Momo Yer qo‘shiq” qissasi yordamida talaba yoshlarda odamiylik, insonparvarlik, vatanparvarlik hislarini yuksaltirish; Vatanga, ota-onaga mehr-oqibat tuyg‘usini tarbiyalash.
O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
· Tog‘ay Murod hayoti va ijodi o‘rganiladi.
· “Momo Yer qo‘shig‘i” qissasi o‘qiladi va tahlili qilinadi.
· Asar qahramonlarining chigal ruhiy evrilishlarini taftish qilinadi..
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmoqlari zarur:
Talaba bilishi kerak:
Adib ijodi va sarlaridan namunalar, adabiy-nazariy bilimlar;
Talaba amalga oshirishi kerak:
- mavzuni mustaqil o‘rganadi;
- muammoning mohiyatini aniqlashtiradi;
- o‘quv ma’lumotlar bilan mustaqil ishlaydi;
- ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati:
1. Karimov I. Istiqlol va ma’naviyat. Toshkent, «O‘zbekiston» 1994.
2. Tog‘ay Murod. Yulduzlar mangu yonadi. Toshkent,SHARQ 2009
Do'stlaringiz bilan baham: |