Reja: Torondoshlar oilasining umumiy tavsifi va tarqalishi. Torondoshlar oilasining dorivorlik hususiyatlari


Download 0.7 Mb.
bet2/3
Sana15.11.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1774272
1   2   3
Bog'liq
torondoshlar-5

Zirk - Berberis turkumi zirkdoshlar oilasining markaziy turkumi hisoblanadi. To’pgullari shingilsimon, urug’chisi 1-3 urug’kurtakli, rezavor mevali. O’zbekistonda 5 turi o’sadi, shulardan 3 turi yovvoyi holda tarqalgan, 2 turi madaniy manzarali butalardir. Yovvoyi zirklardan ancha keng tarqalgani va xo’jalik jihatdan qimmatlisi qoraqand zirk (B. oblonga). U bo’yi 4 metrcha keladigan, poyasi qo’ng’ir, sershox buta. Tikanlari oddiy yoki uch bo’lakli, uzunligi 15 mm. Barglari cho’ziq, uzunligi 6 sm cha, teskari tuxumsimon, cheti mayda tishchali, yuzasi silliq kulrang-yashil, osti ko’kimtir. Mevasi qoramtir-siyohrang, ko’kimtir g’uborli, bir urug’li, cho’ziq ellipssimon (1 sm cha), nordon, rezavor. Tog’ mintaqasining o’rta va pastki qismidagi yonbag’irlarda o’sadi.
Qizil zirk (B. integrrima) poyasining to’q qizilligi, barglarining maydaroq (4-5 sm) va chetlarining tishsiz, mevasining 7-8 mm uzunlikda va qizil rangli bo’lishi bilan oldingi turdan ajralib turadi. Tog’ning o’rta qismidagi yonbag’irlarda va soylar bo’ylarida o’sadi. Zirklar tarkibida berberin alkoloidi bo’lib, undan tibbiyotda foydalaniladi. Shuningdek, zirk tarkibida saponinlar, organik kislotalar, qand va bo’yoq moddasi bo’ladi. Qora zirk (Berberis oblonga) dan ziravor sifatida foydalaniladi.
Magoniya - Magonia turkumining ikkita madaniy turi bor oddiy magoniya (M. aquifolium) va yapon magoniyasi (M. japonica). Bular murakkab toq patsimon bargli introduksiyalashtirilgan manzarali butalar. Asosan ko’kalamzorlashtirishda foydalaniladi. Ikkala tur murakkab barglaridagi bargchalar soni, barglarining kattaligi va chetidagi tishchalarining soniga ko’ra o’zaro farq qiladi.
Zirkdoshlar oilasining barcha turlari xo’jalik jihatdan ancha foydali hisoblanadi. Mevalari nordon, rezavor meva, yeyiladi, murabbo tayyorlanadi, quritilgan mevalari palovning ayrim xillarini tayyorlashda zira bilan birga ishlatiladi. Barcha turlarining guli asalshiraga boy, po’stlog’idan sariq bo’yoq olinadi.
Torondoshlar oilasining vakillari muhim oziq-ovqat, yem-xashak, dorivor va asalshiraga boy o`simliklardir. Hozirgi vaqtda Torondoshlar oilasi 3 ta kichik oilaga bo`linadi: Eriogondoshchalar (Eriogonoideae), Torondoshchalar (Polygonoideae), Kokkolobdoshchalar (Coccoloboideae). O`zbekistonda faqat torondoshchalar oilasiga mansub turlar tarqalgan. Bu oilachaning turkumlari Otquloqgullilar (Rumicicae), Singrengullilar (Atraphaxideae), Torongullilar (Polygoneae) kabi 3 ta bo`g`inga birlashtirilgan.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling