Reja: Toshkent shahri 2007 yilda "Islom madaniyati poytaxti"deb e’lon qilinishi munosabati bilan amalga oshirilgan tadbirlar
Download 16.86 Kb.
|
tarixdan 1 mavzu
1-Mavzu: 2007-yil Toshkent - Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishininig mazmun mohiyati. Reja:
Toshkent shahri 2007 – yilda “Islom madaniyati poytaxti”deb e’lon qilinishi munosabati bilan amalga oshirilgan tadbirlar. Islom dinini muqaddas bitigi “Usmon Mus’hafi”ni O’zbekistonga kelib qolishi. 2007 – yilda Toshkent islom madaniyati poytaxti deb nomlanishining asosiy sabablari. Toshkent shahridagi mashhur islom me’moriy obidalari haqida qisqacha ma’lumot. 1-Toshkent shahriga ’’Islom madaniyati poytaxti’’ maqomi berilishi munosabati bilan shahardagi islomiy obidalar, ziyoratgohlarda va ularning atrofida obodonchilik-ta’mirlash ishlarini shaharning diqqatiga sazovor joylari, markaziy ko’chalar, xiyobonlar, tadbirlar o’tkaziladigan hamda tadbir ishtirokchilarining yashash joylarida bezash ishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari ko’rildi. 2-Bundan yuz yil muqaddam Samarqand shahridagi Usmon Mus’hafi Peterburgdagi podshoh kutubxonasiga olib ketilgan va oktyabr inqilobidan keyin musulmonlarning talabi bilan O’zbekistonga qaytarilgan edi. U Toshkentdagi qadimiy yodgorliklar muzeyida maqomiga yarasha ko’z qorachig’iday asraladigan va e’zozlanadigan,muborak boylik sifatida saqlanadigan merosga aylandi. 3-Jahondagi minglab shaharlar orasidan aynan Toshkent 2007 yilda Islom madaniyatining umumjahon poytaxti, deb tanlandi. Toshkent nomzodining tanlanishida ISESCO birinchi galda respublika rahbariyatining o’zbek xalqi madaniy va ma’naviy qadriyatlarini qayta tiklashga yo’naltirilgan siyosati, shuningdek, O’zbekiston hukumati tomonidan islom sivilizatsiyasi yodgorliklarini himoya qilish va ko’z qorachig’iday asrash bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar e’tiborga olindi. 1-Shayx Zayniddin bobo maqbarasi- Toshkentdagi me’moriy yodgorlik ( 13-14 asrlar). Rivoyatlarga ko’ra, maqbara Amir Temur davrida Shayx Zayniddin (13 ars)ga atab barpo qilingan. Shahar hududida, qabriston o’rtasidagi balandlikda joylashgan, peshtoqgumbazli, cho’zinchoq maqbaraxonaqoxlar turiga mansub. Atrofida boshqa turli binolar – tobutxona, chillaxona (12-13 asrlar), oshxona, ayvonli masjid, chortoq va boshqalar bor. Old ko’rinishi janubiy sharqqa qaratilgan, ko’chadan unga qo’shimcha binolarni birlashtiruvchi xiyobon orqali kiriladi. To’rtburchak tarxli (16*18 m), balandligi 20,7 m hamma tomonlari peshtokli. Maqbara markazida Shayx Zayniddin sag’anasi, burchaklarida boshqa shaxslarning qabrlari bor. Maqbaraning janubiy g’arbiy peshtog’idagi yozuvga ko’ra, hijriy 1339-yilda (mil. 1920-21) ta’mirlanib, maqbaraning eski g’ishtlari yangi g’ishtlar (26*12*6 sm) bilan almashtirilib, gumbazi kvadrat (24*24*5 sm) g’ishtdan terilgan. 2- Shayx Xovandi Tohur majmuasi – Toshkentdagi me’moriy yodgorlik (15-19 asrlar). Shayx Xovandi Tohur maqbarasi (19-asrda ko’hna poydevori ustiga qayta qurilgan), ziyoratxona va go’rxonadan iborat. Bezaksiz, ichki devorlari chuqur ravoqli, darchalariga koshinkori panjaralar o’rnatilgan; xonalar gumbazlar bilan yopilgan, go’rxonaning qo’shqavatli gumbazlar bilan yopilgan, go’rxonaning qo’shqavatli gumbazi 12 qirrali asosga o’rnatilgan. Keyinroq atrofiga chillaxona, Yunusxon maqbarasi (15 asr) qurilgan. Uch masjid binosi, minora, Eshon quli dodho madrasasi saqlanmagan. 3- Qaffol Shoshiy maqbarasi – Toshkent shahridagi me’moriy yodgorlik (16 asr); Hazrati Imom (Hastimom) nomi bilan mashhur bo’lgan imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol ashShoshiyga atab, uning qabri ustiga qurilgan. Dastlabki maqbara saqlanmagan. Q.Qaffol Shoshiy maqbarasi me’mor G’ulom Husayn tomonidan 1541-42 yillarda chorsi (25*26*5 sm) pishiq g’ishtdan bunyod etilgan. Maqbarachorgoqtarxli (13,3*12,5 sm), katta xona va uning to’ridagi sag’anali xonadan iborat. Katta xona (6*6 m)ning uch tomoni peshtoqli, qo’sh qavatli gumbaz bilan yopilgan. Bosh peshtoq va uning 2 yonidagi burjlari an’anaviy usulda. Maqbara burchaklarida 2 va 3 qavatli 8 yoqli va to’rtburchak tahli hujralar bor. Eshik tepasidagi kitobada maqbara qurilgan sana, me’mor va xattotning nomi yozilgan; poygumbazidagi yozuvlar saqlanmagan. Maqbaraning tarzlari bezaksiz, derazalariga panjaralar ishlangan. Maqbara poliga mavjli qilib g’ishtlar yotqizilgan. Q.Qaffol Shoshiy maqbarasi asosida keyinchalik Hazrati Imom majmuasi vujudga kelgan. 4- Xo’ja Alambardor maqbarasi – Toshkentdagi me’moriy yodgorlik (19-asr) Kamolon qabristonida. Xo’ja Abdul Aziz Alambardor (alambardor – bayroqdor) nomi bilan ma’lum bo’lgan shaxsga atab qurilgan. Maqbara g’ishtdan bezaksiz qurilgan. Peshtoqgumbazli, to’rtburchak tarhli (8,87*8,0 m), balandligi gumbazi bilan 10,3 m. Peshtoq orqali murabba tarhli (6,08*6,08 m) xonaga kiriladi. Xonaning gumbaz osti bag’allaridagi g’ishtlar mavj usulida terilgan. Maqbara sharqidan 9m naridagi chillaxona yer ostida joylashgan bo’lib, chortoq tarhli fonus yer yuziga turtib chiqqan, ichki devorlari chuqur ravoqli. Unga zinapoya orqali tushiladi. 5- Yunusxon maqbarasi – Toshkentdagi me’moriy yodgorlik (15 asr). Islom universiteti hududida joylashgan. Toshkent hokimi Yunusxon vafoti (1487)dan so’ng Shayxontohur qabristonida Yunusxonning o’g’li Ahmadjon (Olachaxon) tomonidan qurdirilgan deb taxmin etiladi, Maqbara to’rtburchak tarhli (21,2*22 m), peshtoqgumbazli, katta xona (7*7 m), ikki yonida qo’sh qavatli hujralardan iborat. Binoning tashqi gumbazi, peshtoq ravog’i (19- asr da) buzilib ketgan, bezaklari saqlanmagan, bino bir necha marta ta’mirlangan. Xonaqohning ichki qismiga ganchkori naqshlar, muqarnaslar ishlangan. 1970- yillarning oxirida Yunusxon maqbarasining vayron bo’lgan qismlari tiklandi. 1999-2005 yillarda ta’mirlandi. 6- Baroqxon madrasasi – Toshkentda qurilgan Madrasa (1531\32 – 16-asr 2 yarmi ). Hovli atrofida hujralar va ichki tarafida peshtoq bo’lib, madrasaning g’arbiy qismi birmuncha oldinga chiqqan. Poydevori toshdan, qalin devorlari turli hajmdagi pishiq g’ishtdan ishlangan. Ba’zi joylari sinchli. Baroqxon qabri bor. Uning to’rt tomonidagi eshiklaridan uchtasi keyinroq berkitib tashlangan (qolgan eshikdan zina bilan tomga chiqilgan). 1904-yildan masjidga aylantirilgan katta maqbarada Toshkent hokimi Suyunchxo’ja qabri joylashgan. Baroqxon ikki maqbarani o’z ichiga olgan Madrasa qurdirgan. Madrasaning sharq tomonidan ulkan peshqoqqa rang-barang sirkor g’shtchalardan namoyon terilgan. U handasiy va girih naqshlar bilan hoshiyalangan. Peshtoqning yuqori qismi saqlanmagan. Asosiy peshtoqning orqa tomonidan yana peshtoq va besh qirrali ravoq bor. G’arb tomondagi ichki peshtoq ko’k xona (qorixona)lar bo’lgan. Bino shakli va bezaklari o’z holicha qolgan. Uning 22 m li gumbazi ko’k sirkor g’ishtchalar bilan pardozlangan (gumbaz 1868-yilgi zilzila paytida qulab tushgan). Gumbaz ostidagi 4,5 m li poygumbazga turli rangdagi sirkor g’shtchalardan handasiy va girih naqshlar terib yaratilgan, Qur’on suralari bitilgan. Maqbara ichki qismidagi bezaklar keyinchalik ko’chib tushgan. Ichki devorning tepa qismida ganchdan ishlangan naqshlar bo’lib, ularga suvi yugurtirilgan, pastki qismida olti burchakli sopollardan terilgan keng izora bor (ular yashil sirkor, zarhalli g’ishtchalar bilan ajratilgan). 20-asr boshlaridagi ta’mir vaqtida qad Bezaklarning qoldig’i ko’chirib tashlanib, oq ganch bilan suvalgan. Baroqxon madrasasi naqshlarining go’zalligi, qurilish uslubi jihatidan Samarqandning eng yaxshi me’moriy yodgorliklari (15-asr ikkinchi yarmidagi Oq saroy va Ishratxona)ga yaqinlashadi. 1946 O’zbekiston Musulmonlari idorasi joylashgan. 7- Zangiota majmuasi – Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi me’moriy yodgorlik (15-20-asrlar). 3 m Zangiota, Anbar bibi mabarasi, darvozaxona, Madrasa, masjid, xonaqohshiypon, minora va hovuzdan iborat. Zangiota maqbarasi esa madrasa va masjid bilan yonma-yon tushgan bo’lib, hovliga shimoliy sharq va g’arbdagi darvozalar orqali o’tiladi. Minora ham shu hovlining o’rtarog’ida Zangiota maqbarasiga, masjid va maqbaraga yaqinroq qilib qurilgan. 3m ga ikki tomoni terakzorli xiyobon o’ralgan. Zangiota maqbarasi peshtoqi hovliga qaragan, qolgan uch tomoni esa qabristonga yondosh qilib qurilgan. Zangiota madrasasi dastlab 4 xonali ( ziyoratxona, go’rxona va uning ikki yonida kichik xona qoldiqlari saqlangan) bezaksiz bo’lgan. Ichki xona devorlari ravokli chorsi asosdan, burchaklaridagi bag’al sakkiz qirrali, gumbazlari har xil. Darcha va tobadonlar ishlangan. Go’rxonadagi oq marmar qabrtoshiga nafis o’yma naqsh va arabiy xatlar bitilgan. Keyinchalik maqbara oldiga peshtoq qurilib koshinkori bezak berilgan. Peshtoq va xonalar tashqi devori, ziyoratxona va go’rxona poygumbazi sayqallangan Zangiota majmuasidagi minora g’ishtchalar, o’ymakor rang-barang koshinlar bilan bezatilgan. Ichki xona izorasi parchinli, mehrobiga ‘’P’’ shaklida koshin va arabiy yozuv bitilgan. Download 16.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling