- Siz mafkura deganda nimani tushunasiz? Jamiyat faoliyatida, xususan, O'zbekistonnning bugungi hayotida mafkura qanday o'rin tutadi? - Milliy mafkura:
- 1. O'zligimizni, an'analarimizni, xalqimizni asriy orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo'yilgan maqsad va vazifalarni qamrab olmog'i kerak.
- 2. Jamiyatdagi xilma-xil fikrlar va g'oyalar bo'lishidan qat'iy nazar, ularni birlashtiruvchi yagona g'oya -mafkura bo'lishi kerak.
- 3. Har qanday millatchilik va boshqa unsurlardan holi bo'lishi kerak.
- 4. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi, ularning qalbiga insonparvarlik fazilatlarini singdirishda madadkor bo'lishi kerak.
- 5. O'tmishimizni eslatib turadigan va umumbashariy yutuqlarga erishmoqqa da'vat qiladigan bo'lishi kerak.
- 6. Kundalik ishlarimizda, bunyodkorlik faoliyatimizda belimizga quvvat bo'lishi kerak.
- 3. 2000 yil 6 aprelda Oqsaroy qarorgohida milliy mafkuraga bag'ishlangan maslahatlashuv yig'ilishi bo'ldi.
- 1. O'zining kelajagini qurmoqchi bo'lgan jamiyat o'z g'oyasi, mafkurasiga tayanmog'i lozim. Davlat siyosati aniq va ravshan ifodalangan mafkura asosida olib borilmog'i kerak.
- 2. O'tish davrida xalqimiz va jamiyatimiz uchun oliy maqsadimizga puxta ishlangan mafkura asosida yetishish mumkin. (O'tish davrida mafkuraning roli )
- 3. Yoshlarimizni milliy g'oya va mafkura asosida tarbiyalashimiz kerak.
- 4. Tarbiyaviy ishlarimizda g'oyaviy bo'shliqqa yo'l qo'ymasligimiz kerak. Mafkura kurash maydoniga aylanmoqda.
- 5. Xalqimizni o'zligini anglashiga, milliy qadriyatlarimizni asrab yosh avlodga yetkazib berishda xizmat qilishi kerak.
- Mustaqillik mafkurasiga e'tiborsizlik jamiyatimizdagi barcha illatlarga keng yo'l ochib beradi. 1999 yil 16 fevral «qonli seshanba» kungi voqealar buning yaqqol dalilidir.
- Mustaqilligimiz tufayli fan, maorif, ta'lim tarbiya ishlariga e'tibor kuchaytirildi.
- «Ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib, ongni o'zgartirib bo'lmaydi. Ongni, tafakkurni o'zgartirmasdan turib esa, biz ko'zlagan maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo'lmaydi», - deydi I.A.Karimov.
- Respublikamizda ta'limning yangi tizimini amalga oshirishda tariximizdagi ta'lim jarayonlarini o'rganib chiqib, ta'limni isloh qilish dasturi tayyorlandi. 1997 yil 2 avgustda Respublikamizda «Ta'lim to'g'risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |