Haqiqatan ham chorizm itibdodi, so'ng sho'rolar zamonida qariyib 130 yil davomida biz o'tmishimizdan ayrildik. E'tibor bering, «Qadimgi Rus davlati» IX asrda shakllanganligidan kelib chiqib, imperiyaning boshqa biron-bir xalqi (armanlar va gruzinlardan tashqari) davlatchilik tarixi mazkur ko'rsatgichdan (IX asr) qadimroq bo'lmasligi kerak edi. Bu kabi munosabatni imperiya xalqlarining etnik tarixi va etnogenezi masalasida ham ko'rish mumkin. Ya'ni, o'zbeklar, ozarbayjonlar, ukrainlar, turkmanlar va boshqa xalqlarning tarixiy shakllanishi rus xalqi shakllangan asrlardan (IX-XII asr) ertaroq asrlarga borib taqalishi mumkin emasdi. Mustaqilligimizni bizga bergan buyuk ne'matlaridan biri - bu qadriyatlarimiz, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan ma'rosini o'rganish huquqidir. Bunday huquq sho'rolar davrida yo'q edi. (A.Temurni «zolim» dedik, Leninni payg'ambar deb bildik). Mana endi bu sohada keng yo'llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi. 1991 yil buyuk alloma, g'azal mulkining sultoni A.Navoiy yubileyini o'tkazish katta voqea bo'ldi. 1994 yili M.Ulug'bek tavalludining 600 yilligi jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida «Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi» mavzusida yirik anjuman bo'lib o'tdi. - Ma'naviy merosimizni bir bo'lagi - diniy qadriyatlarga ham alohida e'tibor berildi. 1992 yili Prezident farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayiti kunlarini umumxalq bayrami deb e'lon qilindi, «Haj» safarlari tiklandi.
- Xalqimizning qadimiy bayramlaridan biri - «Navro'z» - umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi.
- Biz nimani quramiz, qayoqqa qarab ketayapmiz ?
- Ana shu narsalarni milliy mafkura belgilab beradi.
- 1. Mustaqillik g'oyasi, mafkurasining xalqimizga to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi, uni birlashtiruvchi, buyuk maqsadlar uchun butun kuchlarimizni uyg'unlashtiruvchi ahamiyatini nazarda tutib Prezidentimiz I.A. Karimov mustaqillikning dastlabki kunlarida, 1993 yil 6 may O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining II chaqiriq XII sessiyasida "Oldimizda turgan eng asosiy masala, bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tadbiq etishdir", -degan edi.
- 2. «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni -xalq, millatni -millat qilishga xizmat etsin». (Prezident I.A.Karimovning «Tafakkur» jurnali bosh muharriri savollariga bergan javoblaridan. 1998 yil).
Do'stlaringiz bilan baham: |