Reja: Transformatorning salt ishlashi


Download 0.55 Mb.
bet3/4
Sana04.11.2020
Hajmi0.55 Mb.
#140958
1   2   3   4
Bog'liq
3-мавзу



Magnitlovchi kuch asosiy magnit oqimi Ф ni hosil qiladi. Magnit oqimining qiymati birlamchi chulg`am o‘ramlari soni ga va chastotaga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni

.

Magnit oqimi transformator chulg‘amlarida va asosiy va sochilma EYuK ni hosil qiladi. Oqimning bir qismi qisman birlamchi chulg`am o‘ralgan sterjen (o‘zak) va havo bilan qurshaladi. Bu oqimni birlamchi chulg`amning sochilma oqimi deyiladi va bilan belgilanadi. Sochilma magnit oqimining qiymati juda kichkina bo‘ladi, asosiy magnit oqimi Ф ning bir necha protsentinigina tashkil qiladi. Sochilma magnit oqimi birlamchi chulg`amda sochilma EYuK ni hosil qiladi. Sochilma EYuK ning qiymati birlamchi chulg`amning sochilma induktiv qarshiligida kuchlanish pasayishi bilan e’tiborga olinadi , ya’ni

Transformator salt ishlaganda ikkilamchi chulg`am kuchlanishi ikkilamchi chulg`am EYuK ga teng bo‘ladi, ya’ni = .



Salt ishlash sharoitida transformatorga tarmoqdan beriladigan kuchlanish , asosan, birlamchi chulg`amda hosil bo‘ladigan o‘zinduktsiya EYuK bilan hamda juda oz qismi , birlamchi chulg`amning aktiv va induktiv qarshiliklarida kuchlanishning pasayishi ( ) bilan muvozanatlashadi . Shunday ekan , transformatorning salt ishlashi uchun EYuK lar va toklar tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:



Endi transformatorning salt ishlash rejimi uchun vector diagrammasini quramiz. Vektor diagrammani qurishda vektorning uchi va oxiri tushunchasi kiritiladi . Odatda, vektorning yo‘nalishini ko‘rsatuvchi tomoni uning oxiri , vektor boshlanadigan nuqta uning boshi deb qabul qilingan . Vektor diagrammani qurishdan oldin unda qatnashuvchi kattaliklar uchun masshtab tanlanadi. Salt ishlash rejimi uchun vektor diagramma qurishni asosiy magnit oqimi ning vektorini tanlangan masshtabda biror O nuqtadan istalgan yo‘nalishda, masalan , gorizontal yo‘nalishda chizamiz (2-rasm ).Transformatorlarning salt ishlash toki birlamchi chulgamning nominal tokiga nisbatan juda kichkina bo‘ladi va amalda nominal tokning 2 ... 10% i dan oshmaydi. Salt ishlash toki ikki qismdan iborat bo‘ladi: salt ishlash tokining reaktiv qismi va salt ishlash tokining aktiv qismi . Salt ishlash tokining reaktiv qismi transformatorning ferromagnit o‘zagida uning magnit oqimini hosil qiladi. Shuning uchun ham tokning bu qismini ko‘pincha magnitlovchi tok ( ) deyiladi. Magnitlovchi tok salt ishlash tokining asosiy qismini tashkil qiladi. Magnitlovchi tokning qiymati transformatorning magnit zanjirini hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Vektor diagrammada esa bu tokning (ya’n i , yoki ) vektori magnit oqimi vektori yo‘nalishida chiziladi.

2-rasm. Salt ishlash rejimi uchun tok va kuchlanishlar vector diagrammasi.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling