Reja: Transport va piyodalar harakatini tavsiflovchi ko`rsatkichlar
Download 64.5 Kb.
|
Mustaqil ish
Transport oqimining tarkibi harakat miqdoriga o`xshash o`zgaruvchan ko`rsatkichdir, u vaqt o`tishi bilan yo`l sharoitiga qarab o`zgaradi.
Masalan. Shahardan tashqaridagi yo`llarda yuk avtomobillari, avtopoezdlar, turli qishloq xo`jalik mashinalari va traktorlar qatnovi shahar ko`cha va yo`llariga nisbatan ko`p miqdorda uchraydi. SHuningdek, yo`l va ko`chalarda sutkaning tonggi va kechki vaqtlarida yengil avtomobillar oqimi ko`p bo`ladi. Harakat tezligi yo`l harakatining asosiy ko`rsatkichi bo`lib. U yo`lda harakatlanishning asosiy maqsadi shaklida namoyon bo`ladi. Yo`lda eng obhektiv ko`rsatkich sifatida harakat tezligining butun marshrut bo`ylab o`zgarishini ko`rsatuvchi grafik hisoblanadi. Lekin bunday tezlikning o`zgarish egri grafigini chizish marshrut bo`ylab laboratoriya avtomobili yordamida amalga oshirilishi lozim. Bu esa amalda mahlum qiyinchiliklar tug`diradi va ko`pchilik hollarda uni bajarib bo`lmaydi. Shuning uchun harakatni tashkil qilishda yo`lning xarakterli bo`laklarida transport vositalarining oniy tezligini o`lchash orqali xulosa qilishga amaliyotda ko`nikma hosil qilingan. Umuman avvalgi bo`limlarda aytib o`tganimizdek, transport vositalarining va oqimning harakat tezligi «A-H-Y-P-M» tizimiga ko`pdan bog`liq bo`lib, tezlikni tanlash ikkita mzon orqali amalga oshiriladi: 1) eng kam vaqt sarflash; 2) harakat xavfsizligini tahminlash. Bunda albatta haydovchining mahorati, ish staji, psixofizik holati, harakatlanish maqsadi tezlikni tanlashga tahsir ko`rsatadi. SHuningdek, tezlikning o`zgarishiga avtomobilning texnik sharoiti, atrof-muhit holati va piyodalar harakati katta tahsir ko`rsatadi. Avtomobilning maksimal konstruktiv tezligi Vmax uning dvigateli quvvatiga bog`liq. Kuzatishlar ko`rsatadiki, Vmax tezlik bilan haydovchilar faqat ayrim hollardagina qisqa muddatda harakatlanishadi. Yaxshi yo`l sharoitlarida transport vositalarining tezligi 0,7-0,85 Vmax ni tashkil qiladi. Bunday tezlik asosan yakka holda gorizontal to`g`ri yo`l bo`laklarida kuzatiladi. Amalda yo`l sharoiti ko`tarilish, tushish, rejada kichik egriliklardan, ko`rinish masofasi normadan past, vertikal egriliklardan tashkil topadi, shuningdek, harakat miqdori va tarkibi har xil bo`lishi oniy tezlikning qiymatiga tahsir ko`rsatadi. Real yo`l sharoitlarida yakka holda harakatlanayotgan avtomobillarning tezligi 50-120 kmsoatdan 20-30 kmsoatgacha o`zgarishi mumkin. Yo`l sharoitiga va harakat miqdoriga nisbatan transport oqimi tezligining o`zgarishini real O`zbekiston Respublikasi umum foydalanuvdagi ikki polosalik avtomobil yo`llarida ko`rib o`tamiz. Muallifning o`tkazgan ko`p yillikilmiy-tadqiqot ishlari natijasida bizning yo`l sharoitimizga harakterli bo`lgan aralash avtomobil-traktor oqimi tezligi bilan harakat polosasi orasidagi bog`liklar aniqlanadi, u quyidagicha ifodalandi V*a1,20,011 Va m; Bu yerda: a-avtomobil kuzovining kengligi, m; Va-avtomobilning oniy tezligi kmsoat; 1,2-qo`shimcha oraliq, m. Transport oqimining o`rtacha harakat miqdorini har xil yo`l sharoitlarida quyidagi empirik formula aniqlashimiz mumkin. Vur*VaKd kmsoat; Bu yerda: Va-erkin harakatlanayotgan avtomobilning oniy tezligi, kmsoat; Kd-har xil yo`l sharoitlarida «Va» ga nisbatan tezlikning o`zgarishini hisobga oluvchi koeffitsient. O`zbekiston sharoitidagi ikki polosalik avtomobil yo`llari uchun yo`l sharoitiga bog`liq ravishda, Kd qiymatining o`zgarishi. Harakat miqdorining transport oqimi tezligiga quyidagi formular orqali aniqlash mumkin. Vur*Va(1-RN) kmsoat; Bu yerda: Va-erkin harakatlanayotgan avtomobil tezligi, kmsoat; R-harakat miqdoriga nisbatan tezlikning pasayishni hisobga oluvchi koeffitsient; N-harakat miqdori, avtsoat; Avtomobil yo`llarida tezlikni oddiy sekundomer, «Fara», ««Barg’er», «To`pponcha» kabi tezlik o`lchovchi asboblar hamda har xil avtomatik datchiklar yordamida, shuningdek, kinoshyomka usuli bilan o`lchanadi. Harakatni tashkil qilish maqsadida eng sodda va qulay bo`lgan sekundomerdan tezlik o`lchashda keng foydalaniladi. Buning uchun yo`lning qatnov qismida uzunligi 50-100 m bo`lgan masofa belgilanadi. Avtomobillarning kuzatuv uchastkasiga kirish va chiqish vaqtini aniq belgilash uchun yo`l yoqasiga ishora tayog`i o`rnatiladi yoki yo`lning qatnov qismiga ko`ndalang belgi chiziqlari tushiriladi. Harakat tezligini o`lchovchi kuzatuvchilar yo`lning yon tomonidan 10-15 m masofada joylashadilar va avtomobil o`lchov bo`lagiga kirishda daqiqa o`lchagichni ishga tushiradilar hamda avtomobil o`lchov bo`lagidan chiqishida uni to`xtatadilar. Olingan natijalarni maxsus tayyorlangan. Amaliyotda hozirgi vaqtda operativ kuzatuv yo`lning har xil bo`laklarida harakat tezligini «Fara», «To`siq», «To`pponcha» va boshqa tezlik o`lchagich asboblari yordamida aniqlanadi. Harakat tezligi to`g`risida olingan boshlang`ich mahlumotlarni matematik statistika usuli bilan tahlil qilinadi. Buning uchun birinchi navbatda kuzatuv natijasida tezlikni turkumlarga (ryazryadga) ajratiladi. Shundan so`ng har bir turkumga to`g`ri kelgan tezlik mahlumotlarni yig`ib chiqiladi, shundan keyin chastota hisoblanadi. CHastota-bu chastotaning har bir ryazryaddagi qiymatini jami chastota yig`indisiga nisbatan (foizda ko`rsatiladi). CHastotaning yig`ilmasi esa chastostni birin-ketin har bir ryazryaddagi qo`shilmalaridan iborat bo`ladi. Ko`rsatilgan qiymatlarni jadvalga kiritib, yo yordamida taqsimot va jamlangan egrilik chizilib, so`ngra tezlik qiymatlari tahlil qilinadi. Taqsimot egriligi yordamida ko`p qaytariladigan tezlik-modal tezlik aniqlanadi. Jamlangan egrilik yordamida esa 15, 50, 85, 95% tahminlanganlik tezlik qiymatlari topiladi. Jamlangan egrilikdan aniqlanadigan tezliklari quyidagicha tahlil qilish mumkin. Bunda 15% tezlik harakatni tashkil qilishda eng past tezlik sifatida qabul qilinishi kerak va u yordamida minimal tezlik chegaralanib, 4.7 buyurovchi belgisi o`rnatiladi. 50% tahminlanganlikdagi tezlik qiymati oqimdagi hamma avtomobillarning o`rtacha qiymatini ko`rsatadi. 85% tahminlanganlikdagi tezlikka asosan yo`l belgilari va belgi chiziqlari o`rnatiladi. 95% tahminlanganlikdagi tezlik hisobiy tezlikka teng deb qabul qilinadi va bu qiymatni yo`l elementlarini hisoblashda qo`llaniladi. Tezlikni aniqlash borasida olib boriladigan kuzatuvlar natijasi birinchi navbatda qancha o`lchov olib borilishiga katta bog`liq. Ko`rsatkichlarning aniqlik ehtimoli o`lchov soniga bog`liq, u esa o`z navbatida harakat miqdorining o`zgarishiga bog`liqligi. Download 64.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling