Reja: Tub va yasama so'z haqida tushuncha


Download 72 Kb.
bet1/5
Sana24.09.2023
Hajmi72 Kb.
#1686798
  1   2   3   4   5
Bog'liq
So\'z yasalishi usullari so\'zlarning tuzilishi jihatdan turlari


So'z yasalishi usullari so'zlarning tuzilishi jihatdan turlari

Reja:


  1. Tub va yasama so'z haqida tushuncha

  2. O'zbek tilida so'z yasalish; so'z yasash usullari

  3. So'zlarning tuzilishi jihatdan turlari




  1. O'zbek tili lug'at tarkibidagi (shuningdek nutqimizda qo'llanadigan) so'zlar dastlab tub va yasama so'zlarga bo'linadi.

Masalan: paxta-tub so'z, paxtakor esa yasama so'z; bug'doy, rang so'zlari alohida-alohida olinganda tub so'zlar, ammo bug'doy rang (rangning bir turi)-yasama so'z; tog'-tub so'z, ammo tog'ma-tog' yasama so'z; besh, o'n tub so'zlar, o'n besh yasama so'z; qo'l, so'zlari alohida-alohida tub so'zlar sanalsa, qo'l qo'ydi yaxlit holda yasama so'z hisoblanadi.
So'z yasovchi affiksi bo'lmagan so'zlar tub so'z deyiladi.
Ma'lum bir so'z negizida ma'no jihatidan (ba'zan ham ma'no, ham grammatik jihatdan) undan farqlaydigan yangi so'z (yangi leksik birlik) hosil qilish so'z yasash deyiladi, qiyoslang: ish- ishchan, jon-jonlandi, oq-oqla, g'alla-g'allazor.

  1. Hozirgi o'zbek tilida so'z yasashning asosan ikki usuli ajratiladi:

    1. affiksasiya (yoki morfologik) usuli;

    2. kompozisiya (yoki sintaktik) usuli;

O'zakka so'z yasovchi qo'shimcha qo'shish orqali yangi leksik birlik hosil qilish affiksasiya usuli bilan so'z yasashdir.
Masalan: mevali daraxt, serhosil yer kabi birikmalardagi mevali, serhosil yasama so'zlar bo'lib, ular meva o'zagiga-li, hosil o'zagiga ser-affikslarini qo'shish orqali yasalgan so'zlardir.
Ikki va undan ortiq so'z formalarining (ko'pincha mustaqil so'zlarning qo'shilib (yoki tizilib) bir so'zga aylanishi kompozisiya usuli bilan so'z yasashdir.
Masalan: belbog', oshqazon, mehmondo'st, so'z boshi, bir yuz o'n, ahd qilmoq, bir oz va boshqalar.
Juftlik modeli (qolipi) da qo'llangan ayrim so'zlar ham yasama so'z sanaladi, masalan: yildan-yilga, zo'r-bazo'r, uyma-uy kabi.
O'zbek tilida so'zlar tuzilish jihatdan ham turlarga ajratiladi, chunonchi: sodda so'z, qo'shma so'z, juft so'z (takroriy so'z), murakkab so'z. Sodda so'z bitta o'zak morfemasi bo'lgan so'zdir. Masalan: bola, bolalik, bolalar, bolalarimiz kabi.
Kunboqar, gultojixo'roz, Oqqo'rg'on, sohibjamol kabi so'zlar qo'shma so'z deyiladi. Bu kabi so'zlar ikki va undan ortiq so'z yoki so'z formalaridan tashkil topib, bir urg'uga birlashadi va bir tushunchani ifodalaydi.
Tarkibi alohida-alohida yoziladigan leksik va grammatik ma'nolari ayrim holda ham, bir butunlik hosil qilgan holda ham izohlanishi mumkin bo'lgan so'zlar murakkab so'z deyiladi. Masalan: to'q sariq, och jigar rang, yigirma besh ming, borib keldi, sotib yubordi kabi.
Nutqimizda qo'llanadigan opa-singil, non-pon, tog'-tosh, onda-sonda, tez-tez, xirmon-xirmon, chala-chulpa, o'n-o'n besh, suv-puv kabi so'zlar juft so'z deb yuritiladi.

Nutqda so‘zlar tub va yasama shaklda qo‘llaniladi. So‘zning yasovchi qismlarga ega bo‘lmagan qismi tub so‘z deyiladi: gul, inson, meva, nozik, bordi, tez. Tub so‘zlar shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar qabul qilganda ham o‘zining tubligini saqlaydi. Masalan, uycha, kattaroq, beshinchi, ko‘rindi, bog‘dan, do‘stlarim kabilar ham tub so‘zlardir.


Tilda mavjud bo‘lgan biror usul asosida hosil qilingan yangi so‘z yasama so‘z deyiladi: gulla, mevali, bog‘bon, qaror qilmoq, ish boshi, asalari, BMT.
Yasama so‘zlar tuzulishiga ko‘ra sodda, tarkibli bo‘ladi. Sodda yasama so‘zlar tarkiban bitta yasaluvchi asos va bir yoki birdan ortiq yasovchi qo‘shimchalardan tuziladi. Masalan, ter+im, ang(ong)+la, to‘qi+ma+chilik, suv+siz+lik. Sodda yasama so‘zlarda tashqi va ichki yasalish mavjud. Masalan, payvand+chi, bog‘+bon kabi yasaluvchi asos va yasovchi qo‘shimchalarning bir so‘z turkumga mansubligi ichki yasalish hisoblansa, suva(o)+q+chi, quri+q+lik kabi turkumlararo yasalish esa tashqi yasalish hisoblanadi. Bu turdagi yasalishda o‘zakka avval tashqi yasovchi, keyin ichki yasovchi qo‘shilishi ham mumkin: suvo+q+chi yasalmasidagi –q tashqi, -chi ichki yasovchi qo‘shimchalardir.
Ba’zi sodda yasama so‘zlarning yasalishi tarixiy va zamonaviyligi bilan ham farqlanadi. Chunki yasama so‘zning tarixiy shaklida zamonaviy yasalmaga nisbatan asos va qo‘shimcha o‘rtasidagi munosabatni ilg‘ab olish qiyin kechadi yoki so‘zdagi ma’noli qismlar o‘z ma’nosini yo‘qotgan bo‘ladi. Shu bois qattiq, silliq, suyuq, emakla, quloqchin kabi tarixiy yasalishga ega so‘zlar hozirgi til nuqtai nazaridan
tub so‘z hisoblanadi.
Tarkibli yasama so‘zlarda ikki yoki undan ortiq mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan yasovchi asos ishtirok etadi. Masalan: tosh+ko‘mir, jigar+rang, erta+pishar, BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AYOQSH (Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasi) kabilar. Bunday yasama so‘zlar ikki yoki undan ortiq ma’noli qism ishtirokida hosil bo‘lsa ham, yaxlitligicha bitta lug‘aviy ma’no ifodalashga xizmat qiladi.

Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling