Reja: Tub va yasama so'z haqida tushuncha
Download 72 Kb.
|
So\'z yasalishi usullari so\'zlarning tuzilishi jihatdan turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompozitsiya usuli.
Affiksatsiya usuli. Bu usul bilan o‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish orqali yangi so‘z yasaladi. Masalan: o‘r+oq, dars+lik, sez+gir, o‘zbek+cha, tor+ay(moq), mard+ona.
So‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘zakka qo‘shilib kelish o‘rniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: a) so‘z yasovchi ort qo‘shimchalar. O‘zbek tilida so‘z yasalishning asosini tashkil qiluvchi bunday qo‘shimchalar o‘zak-dan keyin qo‘shilib, yangi ma’noli so‘z hosil qiladi. Masalan: o‘t+loq, chiri+k, tosh+qin, ish+chan, arra+la kabilar; b) so‘z yasovchi old qo‘shimchalar o‘zak oldidan qo‘shilib yangi so‘z yasaydi. Masalan: be+tinim, no+to‘g‘ri, ba+ma’ni, ser+harakat, anti+demokratiya. old yasovchi qo‘shimchalar asosan sifat yasovchilar bo‘lib, ularning ko‘pchiligi fors-tojik tilidan kirib kelgan. Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma’noli o‘zak morfemalarning tobelashgan holda qo‘shiluvi, birikuvi orqali yangi so‘z hosil qilinishidir. Masalan: Mirzachul, gulqand, guldasta, temir yo‘l, qaror qilmoq, ahd etmoq. Bunday yasama so‘zlar ikki yoki undan ortiq mustaqil ma’onli o‘zak morfemalar ishtirokida hosil bo‘lsa ham, yaxlitligicha bitta lug‘aviy ma’no ifodalashga xizmat qiladi. Ular tuzilishiga ko‘ra qo‘shma so‘zlar deyiladi. Kompozitsiya usuli bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar ot, sifat, ravish va qisman fe’llarda keng tarqalgan. Ularning qismlari har xil va bir xil so‘z turkumlaridan tuzilishi mumkin. Masalan: Bel+bog‘, asal+ari, olib+chiqmoq kabilar bir xil so‘z turkumlarning qo‘shilishidan, qaror+qilmoq, osma+ko‘prik, tez+oqar kabilar esa har xil so‘z turkumlarning qo‘shilishidan tuzilgan. Qo‘shma so‘zlar ham tarixiy va zamonaviyligi bilan farqlanadi. Agar qo‘shma so‘z qismlari hozirgi tilga nisbatan eskirgan yoki boshqa tillardan o‘zlashtirilgan bo‘lsa, ular qo‘shma so‘z hisoblanmaydi. Masa-lan: kechqurun, qayrag‘och, biror, odamshavanda, santimetr kabilar hozirgi tilda ma’noli qismlarga ajralmaydigan sodda so‘zlardir. Ba’zi o‘zlashgan qo‘shma so‘zlar ma’noli qismlarga ajralishi ham mumkin: fotokavera, kinoteatr, kinolenta, fotomodel kabilar shular jumlasidandir. Prefiksatsiyada suffiksatsiyadek o‘zakka qo‘shish orqali emas, balki so‘z yasashda prefiks butun bir so‘zga qo‘shish orqali yangi so‘z yasaladi. Prefikslar yordamida bir xil so‘z turkumiga taalluqli bo‘lgan yangi so‘zlar yasaladi: otlardan otlar (ученик-соученик), fe’llardan fe’llar (готовить - приготовить) yasaladi va hokazo. Agar suffiksatsiya ot so‘z turkumiga tegishli bo‘lgan so‘zlarni yasashga xos bo‘lsa, prefiksatsiya ingliz tilida ham, rus tilida ham fe’llarni yasashda mahsuldor vosita hisoblanadi. Pefiks yordamida yasalgan otlar va sifatlar soni juda kam. Semantik belgisiga ko‘ra prefikslarni bir necha guruhga bo‘lish mumkin. Inkor va qarama-qarshilik ma’nolarini o‘zida mujassamlashtirgan prefikslar son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etadi. Ulardan keyin son jihatdan zamon va makon munosabatlarini hamda ish-harakatning takrorlanishini ifodalovchi prefikslar turadi. Har bir til o‘z prefikslаriga hamda boshqa tildan o‘zlashtirgan prefikslariga ega. Kirib kelgan prefikslarning bir qismi (roman va grek tillariga tegishli bo‘lgan) baynalminal xarakterlidir. Shuning uchun ular ham rus tilida, ham ingliz tilida o‘z aksini topgan. Bular quyidagi ot yasobchi prefikslarlardir: anti – (anticyclone, антифашист), ultra – (ultramodern, ультрафиалетовый), a – (anomalous, аморальный), inter – (internationak, интерполяция) va hokazo. Ingliz tilidagi ko‘pgina ot yasovchi prefikslar leksik jihatdan rus tilidagi prefikslarga mos keladi: in-, un-, не – (unpleasant - неприятный), pre- , до- (prehistoric - доисторический), sub-, под- (subdivision - подразделение), past-, после- (postwar - послевоенный), counter-, противо- (counterbalance - противовес). Fe’l prefikslari sistemasi har bir tilda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ingliz tilida fe’l yasovchi mahsuldor prefikslarga quyidagilarni kiritish mumkin: de- (deform, detune), dis- (dislike, disapprove), un- (unfasten, unfold), mis – (mistrust, misjudge), re- (rewrite, re-elect), up- (uplift, uprise), under – (underline, underrate), over- (overcloud, overdo) va hokazo. Prefikslar yordamida fe’l yasash nafaqat ingliz tilida mahsuldor bo‘lmay, u rus tilida ham mahsuldor hisoblanadi. Ammo rus tilining farqli tomoni shundan iboratki, pefikslar yordamida biror old qo‘shimcha ishlatilmagan fe’ldan leksik ma’nosida qo‘shimcha ma’no ottenkasi paydo bo‘ladigan yangi fe’l (ko‘pincha bir qator fe’llar) yasash mumkin. Masalan: рус. бежать – вбежать, взбежать, выбежать, добежать, забежать, отбежать, перебежать, побежать, прибежать пробежать, сбежать, убежать. Umuman olganda, rus tilida prefiksatsiya so‘z yasash vositasi singari suffiksatsiyadek ingliz tilidan shaklining turli-tumanligi va ko‘pligi bilan farq qiladi. Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling