Reja: Tuproqning biotik omillari Insonning tuproqga tasiri va uning asosiy shakllari. Tuproqlarning tabiat va jamiyatdagi roli


Radioaktiv chiqindilari bilan tuproqning ifloslanishi


Download 34.96 Kb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi34.96 Kb.
#1569810
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ANTROPOGEN OMILLARNING TUPROQ MIKROORGANIZMLARGA TA

Radioaktiv chiqindilari bilan tuproqning ifloslanishi Er yuzasida radioaktiv ifloslanish ifloslanish uning hamma qismida bir xil emas. Bunga havo tsirkulyatsiyasi, o’simliklar qoplami va bir joyda yadro
qurollining ko’plab portlatilishi sababchidir. Er shari mintaqalari ichida ekvatorial mintaqada radioaktiv ifloslanish kamroq. Chunki bu joylarda havo oqimining yuqori ko’tarilishi natijasida troposferadagi radioaktiv
moddalar ekvatorial mintaqa territoriyasiga kamroq tushadi. O’rtacha kengliklarda havo yog’inlar bilan yuvilib, radioaktiv moddalar er yuzasiga ko’proq tushadi. Shunday qilib, Er sharida radioaktiv ifloslanish havodan o’rtacha kengliklarga ko’proq, ekvator, shimoliy va janubiy qutb doiralari ichiga kamroq tushadi. Bunga asosiy sabab shimoliy yarimsharda yadro qurollarining sinalishidir. Er sharida radioaktiv moddalarning ko’p qismi okean va dengiz suvlarida to’planib qolgan. Bunga asosiy sabab havodan tushgan va daryo suvlaridan kelgan radioaktiv moddalarning yig’ilib qolishidir.
Natijada, xozir okeanlar suvida radioaktiv moddalarning miqdori tabiiy darajasidan 10 % oshib ketgan.Radioaktiv moddalar ayniqsa okean suvlarining organik dunyosiga boy bo’lgan eng ustki, 200-300 m
chuqurlikacha bo’lgan qavatida ko’p to’plangan. Tuproqning radioaktiv ifloslanishida atom elektrostantsiyalarining shikastlanishi, ulardan chiqayotgan chiqindilar, suvlar ham sababchidir. Chunki xozir dunyo bo’yicha atom elektrostantsiyalari juda ko’p bo’lib, har yili to’lardan o’rtacha 40-45 tasida faloqat yuz berib turadi, bundan 30-37 tasi AQSh zimmasiga to’g’ri keladi. Shu sababli materiklar ichida Shimoliy Amerika materigi radioaktiv moddalar bilan ko’proq
ifloslangan. Er yuzasida radioaktiv izotoplarning to’planishi ko’proq ozuqa moddalari kam bo’lgan landshaft zonalarida sodir bo’ladi. Shu sababli ozuqa moddalari kam bo’lgan Tundradagi mox, lishaynikda va alp o’tloqlarda radioaktiv izotoplar to’planib qolib(akkumlyatsiyalanib), undan hayvonlarga o’tadi.Atmosfera va tuproqning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi biosferadagi hayot uchun jiddiy xavf vujudga keltirmoqda. Chunki o’z xususiyatini uzoq vaqt o’zgartmaydigan radioaktiv moddalar tirik organism
to’qimalarida to’planib, ularga salbiy tasir etmoqda. Radioaktiv moddalar inson organizmiga salbiy tasir ko’rsatadi. Inson organizmiga radioaktiv moddalar havodan, suvdan, ozuqa moddalardan o’tib, ular
organizmda neytrallashmasdan to’plana boradi. Natijada inson organizmi zaiflashib, rak, leykomiya (qon buzilish) kabi kassaliklar kelib chiqadi. Qazib olinayotgan fosforitlarda ham tabiiy radionuklidlar bo’lishi kuzatiladi. Unga katta bo’lmagan miqdorda U-238, Th-232, Ra-226 va K-40. Bu rudalarni qayta ishlanishidan, dalalarga fosforit solinishini va o’simlikka o’tishini nazarda tutganda fosforitlar ham atrof muhitni ifloslantiruvchi potentsial manbalardan hisoblanadi.

Download 34.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling