Reja: Tuproqning biotik omillari Insonning tuproqga tasiri va uning asosiy shakllari. Tuproqlarning tabiat va jamiyatdagi roli


Insonning tuproqga tasiri va uning asosiy shakllari


Download 34.96 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi34.96 Kb.
#1569810
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ANTROPOGEN OMILLARNING TUPROQ MIKROORGANIZMLARGA TA

Insonning tuproqga tasiri va uning asosiy shakllari. Insonning tuproqga ijobiy va salbiy tasiri ajratiladi. Inson tuproqlarning hosildorligini oshirishi, erlarning holatini yaxshilashi mumkin. Shuning bilan birga shahar ko’rishi, atrof - muhitning ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi natijasida tuproqlar bevosita yo’q qilinishi, yaroqsiz holga kelishi, emirilishi mumkin. Hozirgi kunda tuproqlar maydonining kamayishi uning tiklanishidan minglab marta tezroq amalga oshmoqda. Er sharida tuproq qatlami tabiatning boshqa komponentlari kabi ekvatordan shimolga va janubga tomon zonal o’zgarib boadi, tog’lik erlarda esa balandlik mintaqalari hosil qiladi. Joyning geologik tuzilishi, iqlimi, o’simliklari va boshqa tabiat komponentlari tasirida har bir tabiat zonalarining tuproqlari turlichadir. Er shari quruqlik yuzasi umumiy maydonning 31 foizga yaqini tuproqlari uncha rivojlanmagan joylarga to’g’ri keladi (15 foizini muz va tundra zonalari, 1,2 foizini tog’lar, 0,7 foizini quruqlikdagi suvlar ishg’ol qiladi). Qolgan 60foizi esa tuprog’i yaxshi rivojlangan o’rmon, o’rmonli dasht, chala cho’l, cho’l, savannlar, subtropik, tropic zonalar va daryo vodiylardagi allyuvial tuproqli erlardir. Ammo har tabiat zonasida tuproq qoplamining xarakteri va qishloq xo’jaligida foydalanishi tabiiy faktorlar tasirida turlicha bo’ladi. Mo’tadil mintaqada joylashgan keng barglik va aralash o’rmonlar (sur tusli o’rmon tuproqlari), o’rmonli dasht va dasht (qoramtir va qora tuproqlar) zonalar xozircha ko’proq o’zlashtirilgan. Bu tuproq zonalarida butun er maydonning 26 – 35 % ini ekinlar va o’simliklar eqilgan joylar egallaydi. Dexqonchiliqda foydalanish darajasi jixatidan qizil tuproqli subtropik zona (13 %)- ikkinchi o’rinni; kashtan hamda qo’ng’ir tuproqli cho’llar zonasi (7 %) esa uchinchi o’rinni; issiq mintaqada joylashgan bo’z tuproqli cho’l zonasi (2 %) va qizil qo’ng’ir tuproqli savanna (2 %)- to’rtinchi o’rinni egallaydi. Tabiiy sharoitni noqulayligi tufayli tundra zonasidagi dexqonchiliqda foydalaniladigan (qisman ekiladigan rezavor ekinlarni hisobga olinmaganda) erlar
yo’q. MDH da mavjud tuproq zonalari ichida dexqonchiliqda eng ko’p foydalanilayotgan erlar qora tuproqli dashtlar (63%), bargli o’rmonlar zonasining sur tusli o’rmon tuproqlari (44%), subtropik zonasining qizil tuproqlari (80 %), cho’l zonasining bo’z va madaniy bo’z tuproqlari (24%) va chala cho’l zonasining kashtan tuproqlari (12 %) ni tashkil etadi. Agar quruqlik yuzasida er fondining strukturasi : dunyo bo’yicha 13393 mln.ga (100 % ) bo’lsa, shundan 4041 mln. ga (30,1%) o’rmonlar bilan qoplangan erlar, 2987 mln. ga (22,3 %) o’tloq va yaylovlar, 14,7 mln. Ga (10,8 %) haydaladigan va ekin ekiladigan erlar, qolgan 4908 mln. ga (36,8 %) qumli cho’llar, muzlik va qorliklar, qishloq va shaharlar, sanoat obektlari ishg’ol qilingan erlarga to’g’ri keladi. So’ngi yillarda planetamiz tuproq qoplami tabiiy holatining o’zgarishiga qishloq xo’jalik ishlari bilan bog’liq bo’lgan tadbirlar tasir etmoqda. Chunonchi, o’rmonli erlarda daraxtlarni kesib, xaydab ekin ekish; almashlab ekish; erlarni xaydab kultivatsiya qilish; tuproqqa ko’plab organik moddalar va mineral o’g’itlar solish; tuproqni sug’orish va sho’rini yuvish; zax va botqoq erlarni quritib o’zlashtirish; erlarni planirovka qilish va tekislash; ko’plab mevali va dekorativ daraxtlar o’tkazish va boshqalar. Qayd qilingan bu ishlarning tasiri sug’orib ekin ekiladigan erlarda ayniqsa kuchli bo’lib, bir tamondan, tuproqning tabiiy holati tez o’zgarsa, ikkinchi tomondan, uning unumdorligi ortib boradi va tuproqning holati yaxshilanadi. Tabiiy omillardan tashqari, tuproq paydo bo’lishida inson faoliyatining tasiri ham katta ahamiyatga ega. Chunki inson tamonidan qilinadigan ishlar tuproq paydo bo’lish jarayonini tezlashtiradi va uning sifatini o’zgartiradi. Masalan, erni xaydash, o’g’itlash, sug’orish, botqoqlarni quritish va boshqalar natijasida tuproq anchagina o’zgaradi. Inson ixota daraxtzorlari barpo qilish orqali malum zona iqlimini, shuningdek bu zonadagi boshqa tabiiy sharoitlarni keskin o’zgartiradi. Bu dexqonchilik tadbirlari ongli va agronomiya fanining ko’rsatmalariga muvofiq olib borilgan taqdirda tuproqning unumdorligi oshadi.
Bizda uzoq vaqtlar davomida qaxrab yotgan dasht va cho’llarga suv chiqarish uchun kanallar va yirik inshoatlar qurilmoqda, botqoqliklarni quritish uchun zovurlar qazilmoqda, sho’rxok erlarning sho’ri yuvilmoqda va qurg’oqchiliq zonalarida ixota daraxtzorlari barpo qilinmoqda. Bu tadbirlarning hammasi erlarni o’zlashtirish, tuproqning sifatini yaxshilash va unumdorligini oshirishga qaratilgandir.

Download 34.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling