Reja: Turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari


-modda. Oʻzbekistonning Milliy turistik brendi


Download 141.24 Kb.
bet11/16
Sana23.04.2023
Hajmi141.24 Kb.
#1382578
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Òzbekiston Respublikasida Turizmni rivojlantirishning asosiy yònalishlari va hususiyatlari

27-modda. Oʻzbekistonning Milliy turistik brendi
Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasidagi tanitish belgisi va shiori Oʻzbekistonning Milliy turistik brendidir.
Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasidagi tanitish belgisining shakli, rangli tasviri hamda shiorning mazmuni vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekistonning Milliy turistik brendidan tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) targʻib etishda foydalanilishi mumkin.
Oʻzbekistonning Milliy turistik brendining elementlaridan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
28-modda. Turistik xizmat koʻrsatish shartlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish
Turoperatorlar va turagentlar turistik xizmatlar koʻrsatish shartnomasini tuzish chogʻida turistga va ekskursantga quyidagi axborotni taqdim etishi shart:
kirish va chiqish hujjatlarini (vaqtincha boʻlish mamlakatiga (joyiga) kirish va undan chiqish uchun vizani) rasmiylashtirishga nisbatan qoʻyiladigan asosiy talablar toʻgʻrisidagi;
rioya etilishi turni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tibbiy rasmiyatchiliklar, shu jumladan turistning va ekskursantning ularda muayyan kasalliklar, jismoniy holatining va yoshining oʻziga xos xususiyatlari mavjud boʻlgan taqdirda, turda ishtirok etishiga qarshi koʻrsatmalar toʻgʻrisidagi;
bojxona, chegara qoidalari va boshqa qoidalar (sayohatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hajmda) toʻgʻrisidagi;
vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyida) turistning (ekskursantning) hayoti xavfsizligiga va sogʻligʻiga tahdid soluvchi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda yoki boshqa holatlarda, shuningdek turistning (ekskursantning) mol-mulkiga zarar yetishi xavfi yuzaga kelgan hollarda, turist (ekskursant) murojaat qilishi mumkin boʻlgan, vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) mavjud mahalliy davlat hokimiyati organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik va konsullik muassasalarining joylashgan yeri (pochta manzillari) va aloqa bogʻlash uchun telefon raqamlari toʻgʻrisidagi.
7-bob. Turoperatorlar va turagentlarning, turistlar va ekskursantlarning, gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarning huquq va majburiyatlari

Download 141.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling