Reja: Turizmning shakllanish tarixi. Sayohatchi va turist haqidagi tushunchalar. Sayohatchi va turistni ajratib turuvchi asosiy farqlar. Qadimgi sayohatlar va ziyoratchilik. Ilk sayohatchilar tarixi. Tomas-Kuk zamonaviy turizmning


Download 67.03 Kb.
bet1/7
Sana20.11.2023
Hajmi67.03 Kb.
#1787521
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Курс иши




Reja:
1.Turizmning shakllanish tarixi.

2.Sayohatchi va turist haqidagi tushunchalar.

3.Sayohatchi va turistni ajratib turuvchi asosiy farqlar.

4.Qadimgi sayohatlar va ziyoratchilik. Ilk sayohatchilar tarixi.

5.Tomas-Kuk zamonaviy turizmning asoschisi.

6.Ziyoratchi olimlar. Markaziy Osiyo allomalarining turizm bilan bog‘liq sayohatlari.




KIRISH O‘zbekistonda turizm faoliyatigamustaqillikning dastlabki kunlaridanoq davlat siyosati darajasida qaralmoqda. Turizm sohasining rivoji uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham davom etmoqda. Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni yangi pog‘onalarga ko‘tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun, avvalo, turizm xizmat bozorini shakillantirishga zamin yaratish lozim bo‘lmoqda. Bunda turizm sohasi mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini va u yigirma birinchi asr jahon xo‘jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlash kerak. Mamlakatimizdagi o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarining turizm va servis ta’lim yo‘nalishlarida malakali, ijodkor va tashabbuskor, qobiliyatli, kelajakda kasbiy va hayotiy muammolarni mustaqil hal qila oladigan, yangi texnika va texnologiyalarga tez moslashishga layoqatli, mas’uliyatli kadrlarni tayyorlash maqsadida ta’lim jarayonini zamonaviy o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlash zamon talabi bo‘lib qolmoqda. Shularni hisobga olib, turistik korxonalarda ijrochilar va o‘rta bo‘g‘indagi xodimlar lavozimlarida faoliyat olib boruvchi kadrlarni turizm sohasidagi kasb-hunar kollejlari tayyorlab bermoqda. Ushbu kasb-hunar kollejlarida turizm tayyorlov yo‘nalishi (3810100) va turizm va mehmonxona xo‘jaligi servisi tayyorlov yo‘nalishi (3811700) bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlanmoqda. Bu o‘quv maskanlarida o‘qitiladigan fanlar qatorida turizm asoslari fani ham o‘zining salmoqli o‘rniga ega bo‘lib, turoperator, turagent, turanimator, turizm biznesi, mehmonxona biznesi, restoran biznesi tashkilotchisi ixtisosliklari bo‘yicha fanlarning alifbosi vazifasini bajaradi, chunki uni mukammal egallamay turib, mutaxassislikka oid boshqa fanlarni o‘zlashtirib olish qiyin kechadi. O‘quv qo‘llanma o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida ta’lim oluvchilarni faol bo‘lishga va tanqidiy fikrlashga undaydi, faqatgina nazariy bilimlar bilan cheklanibgina qolmay, amaliy ko‘nikmalarni shakllantiruvchi muammoli savollar, mashqlar va ijodiy topshiriqlar berilgan. Ushbu kursning yangiligini nazarda tutgan holda ushbu o‘quv qo‘llanma turizm asoslarini o‘qitishda turizm sohasidagi kasb-hunar kollejlari talabalariga yaqindan yordam beradi degan fikrdamiz.



Download 67.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling