Reja: Turkiy tillar vokalizmi. Unlilarning qisqa-uzunligi. Turkiy tillarda unlilar mosligi. Turkiy tillar konsonantizmi
Turkiy tillarda unlilar mosligi. a>a°. A
Download 49.6 Kb.
|
Turkiy tillar fonetikasi
3. Turkiy tillarda unlilar mosligi. a>a°. Aning lablanib, orqaga siljishi (a°) tatar va boshqird tillari uchun xosdir: baqїr (mis): q.tur., qirg‘., qum., no‘g‘., baqїr, qoz. baqьr, tur. bakїr, turkm. bakїr, tat. ba°kr, boshq. ba°qr; qara (qora): q.tur.,qoz., qirg‘., no‘g‘., qum.qara; tur. kara, tat.,boshq. qa°ra; at (hayvon): q.tur..,tur.,ozarb.,no‘g‘., qoz. at; tat.,boshq. a°t.
Bunday siljish qadimgi chuvash tilida ham sodir bo‘lgan, modomiki, yuqori chuvash dialektida qadimturkiy a birinchi bo‘g‘inda o ga muvofiq keladi: q.tur. bash (bosh): tur.,ozarb.,turkm. bash; yuqori chuv. pos; tur. kara (qora): no‘g‘. qara, yuq. chuv. xora. Tatar, boshqird va qadimgi chuvash tillarida aning a° ga o‘tishini izohlash qiyin. Bu yerda, balki qandaydir substrat ta’siri bo‘lgandir, modomiki, bunday holat mari tilining lug dialektida ham kuzatiladi: erzya-mord. tasho (qari) va lug.mar. toshto, erzya-mord. asho (oq) va lug.mar. osh(oq) va hokazo. a>u. Ushbu hodisa quyi chuvash dialektiga asoslañan chuvash adabiy tili uchun xarakterlidir: bash (bosh): chuv. pus; tap (top): qirg‘., qoz.,tur., tap; chuv. tup; yar (yormoq, parchalamoq): no‘g‘., uyg‘., qum.,qoz., qirg‘., jar; xak..,tuv. char, olt. dar, chuv. sur. a>uning oraliq darajasi a>o bo‘lib, u yuqori chuvash dialektida hozir ham saqlangan. Ushbu fonetik qonuniyatda istisno mavjud. Bu ancha keyingi davrlarda chuvash tilida saqlangan tovush o‘zgarishlari bilan izohlanadi. a>o. Bu holatda keng o lab ishtirokisiz hosil qilinib, o‘zbek tili uchun xosdir. Chunonchi: bash (bosh): o‘zb. bosh; bat (botish), q.tur.,qoz..,no‘g‘., qirg‘., olt.,tur. bat, ammo o‘zbek tilida bot; tañ (tong): q.tur..,qum.,olt.,tur. tan, ammo o‘zbek tilida tong. Ammo, ta’kidlash kerakki, a>o hodisasi so‘zning birinchi bo‘g‘inida sodir bo‘lishi doimiy emas: o‘zb. barmoq (barmoq), sayla (sayla), saqla, tashla, qayna (qayna), qara (qaramoq) va hokazo. Uyg‘ur tilida keyingi bo‘g‘indagi i ta’sirida so‘z boshidagi a umlauti uchraydi: eti (uning oti) Download 49.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling