Reja: Turkiy tillar vokalizmi. Unlilarning qisqa-uzunligi. Turkiy tillarda unlilar mosligi. Turkiy tillar konsonantizmi
Download 49.6 Kb.
|
Turkiy tillar fonetikasi
4. Turkiy tillar konsonantizmi. Bobotil davri undoshlar tizimining xarakterli xususiyati shundan iboratki, ko‘pchilik undoshlar distributsiyasi (taqsimlanishi) cheklangan edi. So‘zning istalgan holatida q, k, t, p, s, ch tovushlarini uchratish mumkin. Portlovchi b so‘z oxirida uchramagan. Barcha sonorlar, jumladan, g‘, z, z‘(dz), g, d undoshlari so‘z boshida, umuman, qo‘llanmagan. Sh undoshi ham so‘z boshida juda kam ishlatilgan. Bilaterial (yon tovush) jarangsiz l ham ancha kam qo‘llanilgan.
Turkiy bobotil davri taxminiy undoshlar tizimini quyidagi tablitsada ko‘rish mumkin:
4.1. Portlovchi undoshlar. Turkiy bobotil davridagi portlovchi undoshlar taraqqiyoti haqida gap ketganda, u davrda so‘z boshida b, d, g portlovchi jarangli undoshlari qo‘llanilganligini aniqlash kerak. Ma’lumki, p, l, m, n tipidagi sonantlar, shuningdek, z, g‘, jarangli undoshlari bobotil davrida so‘z boshida uchramagan. Bu borada turkologlarning fikrlari bir xil emas. Ayrim tadqiqotchilar, chunonchi, X.Pedersen ta’biricha, turkiy bobotil davrida so‘z boshida jarangli va jarangsiz undoshlar qo‘llanilgan bo‘lishi mumkin. Boshqa tadqiqotchilar esa so‘z boshida b jarangli undoshining qo‘llanilganligini ta`kidlaydilar. A.M.Sherbak turkiy bobotilda hech qanday fonologik ahamiyatga ega bo‘lmagan jarangli allofonlarning anlautda mavjud bo‘lganligini taxmin qiladi. Hozirgi turkiy tillarda, ayniqsa, ularning dialektlarida anlautda p~b, t~d, k~g kabi tipdagi jarangiz va jarangli undoshlar kuzatiladi: ozarb. dial. palta~balta (bolta), tovshan~dovshan (quyon), tish~dish (tish), qirg‘.(dial.). putak~butak (butoq), qoz.dial. pal~bal (asal), no‘g‘.dial. pыshak~bыshaq (pichoq), o‘zb.dial. pütün~bütün (butun) va hokazo. Turkiy tillarning ikki guruhi yaqqol ajratiladi. Birinchi guruhga so‘z boshida jarangli portlovchilar keladiganlari kiradi. Bular o‘g‘uz tillari deb yuritiladi. Ikkinchisiga qipchoq tillari mansub bo‘lib, bu tillarda anlautda portlovchilar kelishi mumkin, ammo mazkur tillarda so‘z boshida jarangsiz portovchilar ko‘p uchraydi. Turkiy tillarda so‘z boshida jarangli portlovchilarning jarangsizlanishi va aksincha holatida kelish qonuniyatida barqarorlik hech qachon bo‘lmagan. Qo‘shimcha dalillar shuni ko‘rsatadiki, turkiy bobotil davrida anlautda jarangli undoshlar, jumladan, m, r, l, n sonantlari hamda jarangli z, z‘(dz), g‘, j undoshlari qo‘llanilmagan. Turkiy bobotilda velyar q til orqa unlilari mavjud bo‘lgan so‘zlardagina ishlatilgan. U eski va hozirgi ko‘pchilik turkiy tillarda, jumladan, tatar, boshqird, o‘zbek, qoraqalpoq, no‘g‘oy, qumiq, qirg‘iz, uyg‘ur, qrimtatar, qisman qaraim va oltoy tillarida saqlangan: qara (qora): o‘rx.en., q.uyg‘., qoz., q.qalp., q.balq., qum., no‘g‘., uyg‘., qr.qar. qara, tat., boshq. qa°ra, o‘zb. qora; qach (qoch): o‘rx.en., uyg‘., qum., q.balq., olt., qirg‘. qach, tat. qa°sh, boshq. ka°s, qoz., q.qalp., no‘g‘. qash; qы:z>qыz (qiz): o‘rx.en., q.uyg‘., qirg‘., qum., uyg‘., q.balq. qыz, tat., qoz., q.qalp., no‘g‘., o‘zb. qьz, boshq. qьz‘, olt. qïs. Orqa tanglay q talaffuzi qiyin bo‘lmaganligidan ayrim turkiy tillarda uning aytilishida kuchsizlanish sodir bo‘lgan. Chunonchi, chuvash tilida q>x jarayoni kuzatiladi: qara (qora)~chuv. xura; qa:z (g‘oz)~chuv. xur. Bunday o‘zgarishlar xakas tilida ham uchraydi: qa:r (qor): tat. qaor, qoz., no‘g‘., qirg‘. qar, xak. xar; qush (qush): tat. qъsh, qoz. qъs, qum. qush~xak. xus. Ba’zi turkiy tillar, jumladan, tuva, yoqut va tofalar tillarida q>x jarayonida qisman o‘zgarishlar sodir bo‘lgan: qa:n (qon)~tuv. xan; qa:r (qor)~tuv. xar. Ayni paytda, q>x holatida ham bo‘lishi mumkin: qara (qora); qoz., no‘g‘., tuv. qara, tat. qaora; qush: olt., qirg‘., tuv. qush, no‘g‘. qus va hokazo. Bunday holat tofalar tilida ham kuzatiladi: qan (qon), qar (qor), qara (qora), qol (qo‘l), qïsqa (qisqa), qïzïl (qizil). Ba’zi turkiy tillarda so‘z boshida q o‘rnida h to‘g‘ri keladi: tof. haya (qoya)~qum.(dial.). qaya, qr.qar. qaya, tof. hanat (qanot)~tat. qaonat, qoz. qanat. Yoqut tilida bobotil davridagi qning ikki xil ifodalanishiga duch kelinadi. A, o unlilari oldida u xga aylanadi: qara (qora)~yoq. xara; qal (qol)~yoq. xa:l; ï, u unlilari oldida q yoqut tilida q tarzida ifodalanadi: qы:z (qiz)~yoq. kï:s, qïzïl (qizil)~yoq. kïhïl va hokazo. Ozarbayjon tilida so‘z boshidagi q jarangli gga o‘tadi, ammo qning ayrim xususiyatlari saqlanadi: qï:z (qiz)~ozarb. gïz, qara (qora)~gara; qa:n (qon)~ ozarb. gan. Xuddi shunday holat turkman tilida uchraydi. Ozarbayjon va turkman tillarining ayrim dialektlarida qadimgi anlaut q hozirgacha saqlangan. Turkman tilida q uchun maxsus belgi olinmagan bo‘lsa-da, uning talaffuzda saqlanganligini ko‘rish mumkin. Turk tilida qadimgi velyar (orqa tanglay) barcha holatlarda kga aylangan: tur. kar (qor) (qora) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling