Reja: Tushunchaning ta’rifi, tuzilishi va turlari


Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish


Download 43.04 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2024
Hajmi43.04 Kb.
#1820114
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tushunchalarni boʻlishning maqsadi va tuzilishi

Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish
Tushunchani chegaralash – jins (hajmi keng) tushunchadan tur (hajmi tor) tushunchaga fikran o‘tishdan iborat. Tushuncha chegaralanganda jins tushunchaning mazmuniga tur tushunchani hosil qiluvchi belgilar qo‘shiladi. Masalan: Inson → ayol → o‘zbek ayoli → o‘zbek shoirasi → shoira Uvaysiy. Chegaralash amali yakka tushunchada to‘xtaydi.
Tushunchani umumlashtirishtur (hajmi tor) tushunchadan jins (hajmi keng) tushunchaga fikran o‘tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur hosil qiluvchi belgilar chiqarib tashlanadi. Natijada, mazmun jihatidan unga nisbatan torroq, lekin hajmiga ko‘ra kengroq bo‘lgan jins tushuncha hosil bo‘ladi. Masalan: Olma daraxti → mevali daraxt → daraxt → o‘simlik.
Umumlashtirish amali eng umumiy tushuncha – kategoriyalarda to‘xtaydi. Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari ilmiy bilishda va kundalik turmushda keng qo‘llaniladi. Tushunchalarni ta’riflash (definitsiya). Har bir inson hayoti davomida tushunchalarning aniq ta’riflanishiga ehtiyoj sezadi, tushunchaning ta’rifiga asoslanib bilimga ega bo‘ladi, voqea va hodisalarga nisbatan o‘z munosabatini belgilaydi. Masalan, Majid Xavofiyning: “Sahiylik - bu (biror narsani) boshqa kishiga hech qanday yomonlikni niyat qilmay va tamagirlikni o‘ylamay hamda shu narsaning qaytarilishiga umid bog‘lamay tuhfa qilishdir,”- degan fikrini o‘qib, sahiylik tushunchasining mazmunini bilib olamiz. Tushunchaning mazmunini aniqlash, unga ta’rif berish demakdir.
Ta’riflash – definitsiya tushunchaning mazmunini ochib beruvchi mantiqiy amaldir.
Biz kundalik hayotda va ilmiy bilishda qo‘llaydigan tushunchalarning ta’riflari yuqoridagi usullar orqali hosil qilingan.
Ta’riflashning strukturasi
Aniqlanuvchi qism – mazmuni ochib berilishi lozim bo‘lgan tushuncha
Aniqlovchi qism – aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalar.
Ta’riflashning turlari:
Nominal ta’rif- predmetni ifodalovchi tushunchaning ma’nosini aniqlovchi ta’rif.
Aniq real ta’rif- predmet-ning muhim belgisini ko‘r-satish orqali ta’riflash
Aniq real ta’rifning 2 turi mavjud:
1. Yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflash;
2. Genetik ta’rif
Noaniq real ta’rifda-tu-shunchaning mazmuni yor-damchi vositalar orqali ochib beriladi
Noaniq real ta’rifning 3 turi mavjud:
1. Aksiomatik ta’rif.
2. Kontekstual ta’rif.
3. Induktiv ta’rif.
Ta’riflashning qoidalari:
1. Ta’rif teng xajmli bo‘lishi kerak, ya’ni aniqlanuvchi va aniqlovchi tushunchalarning xajmlari o‘zaro teng bo‘lishi shart.
2. Ta’rif aniq bo‘lishi kerak, unda obrazli iboralar, mazmuni noaniq so‘zlar ishlatilmasligi kerak.
3. Ta’rif aylana shaklida bo‘lib qolmasligi kerak, ya’ni aniqlovchi tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o‘ziga murojaat qilish mumkin emas.
4. Ta’rif iloji boricha inkor shaklida bo‘lmasligi kerak.
Har bir fan doirasida qo‘llaniladigan atamalar qat’iy ta’riflangan bo‘lib, ilmiy jamoat tomonidan qabul qilingandir. Bu ta’riflarni subyektiv xohishga ko‘ra o‘zgartirish mumkin emas. Kundalik hayotda qo‘llaniladigan tushunchalar ijtimoiy hayotdagi o‘zga-rishlar, insonning yoshi, shaxsiy tajribasi, bilimi, dunyoqarashi, ruhiy holati va b. ta’sirida o‘zgarib turadi. Shu bois odamlar bir-birlarini tushunmasliklari, bir hodisaga nisbatan turli nuqtai nazardan yondashishlari mumkin. Bunday holatlarda tomonlar avvalo, bahsga sabab bo‘layotgan tushunchalarning mazmunini, ya’ni ta’rifini aniqlab olishlari zarur.

Download 43.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling