Samarqand iqtisodiyot va servise insituti
Download 0.57 Mb.
|
Falsafa fanidan mustaqil ishi yodgorova Shaxlo
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun raxmat!!!
Samarqand iqtisodiyot va servise insitutiMustaqil ishiBajardi:Yodgorova Shaxlotekshirdi:Alimov A.NMulohaza va xulosa chiqarishReja:1. Mulohaza va uning turlari.2. Xulosa chiqarishning mohiyati va turlari3. Analogiya va uning turlariTayanch so’zlar Mantiq, bilish, hissiy bilish, aqliy bilish, tafakkur, tafakkur shakllari, tafakkur qonunlari; formal, dialektik va matematik mantiq. Predmet belgisi, termin , tushuncha, tushuncha mazmuni, tushuncha hajmi, tushunchalarni umumlashtirish, tushunchalarni chegaralash, tushunchani bo'lish, klassifikatsiya, sub'ekt Mantiq yunalishlari Formal mantiq Dialektik Mantiq Matematik mantiq Mulohaza (Hukm) Birinchi savolni yoritishda talabalar e’tiborini hukm – tafakkurning mantiqiy shakli sifatida predmetga ma’lum bir belgining xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli ekanligiga qaratish lozim. Insonning olamni in’ikos etish jarayoni faqat olam voqea-hodisalari to‘g‘risida tushuncha hosil qilib, tushunchalarning mohiyatini anglab olish bilan chegaralmaydi. U mazkur jarayonda tushunchaning boshqa tushuncha bilan muayyan munosabatini ham o‘rnatib, olam haqida yangi bilim olishga intiladi. Tushunchalarda ifoda etilgan bilimlar, binobarin, buyumlar yanada yangi jihatlari bilan tafakkurda ishtirok etib, uning imkoniyatlarini chuqurlashtiradi. Masalan, «O‘zbekiston» va «Respublika» degan muhokamani tahlil etsak, bunda ikkita «O‘zbekiston» va «Respublika» tushunchalari mavjudligini uchratamiz. Mazkur tushunchalar oddiy gramatik qurilmada gap o‘rnida kelsa-da, ammo tafakkurda ularning biri ikkinchisi bilan muayyan belgilarni izohlash orqali bog‘langan. Tushunchalar orasidagi munosabatlar ob’ektiv mavjudlikka muvofiq kelishi yoki kelmasligi mumkin. Masalan, «N. jinoyat sodir etdi» hukmining ob’ektiv mavjudlikka muvofiq kelish - kelmasligini tekshirib ko‘rish yoxud chinligiga ishonish mumkin. Ammo «NUJ larning parvozi kuzatildi» deyilsa, biz mazkur tushunchani shakliy tomondan tahlil qilib, uning mantiqiy to‘g‘ri ifodalanganligini qayd etamiz. Lekin, rasmana mantiqda mavjudlikka muvofiq kelish hukmlar tarkibidagi tushuchalarning asosiy vazifasi emas. Unda hukmlardagi tushunchalar asosan mazmunan emas, balki shaklan tafakkur qoidalariga ko‘ra muvofiq bo‘lishi mohiyatlidir. Shunday qilib, maboda tushunchalar o‘zaro mantiqiy talablarga ko‘ra to‘g‘ri bog‘lansa, u holda ular chin bo‘ladi, agar ular noto‘g‘ri bog‘lansa, yolg‘on hukm bo‘ladi. Bu o‘rinda yana shuni qayd etish lozimki, tushunchalarning, fikrlarning mazmuniga ko‘ra bir - biriga muvofiqlanishi ham, mantiqning bahs mavzuiga kirishi mumkin. Bunday hollarda mantiqiy tahlil mazmuniy tahlil kabi bo‘ladi. Mazkur zaruriy bog‘lanishlar aksariyat hollarda rasmana mantiq doirasidan chiqib, dialektik mantiq bahs mavzuiga aylanadi. Tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanish mazmunan chin va yolg‘on bo‘lishidan qa’tiy nazar, tasdiq yohud inkor ma’nolarida ifodalanadi. Albatta, tasdiq yoki inkorni ifodalagan fikr amaliyotdan olingan bo‘lishi, natijada, voqelikka muvofiq kelishi zarur Mantiq qonunlar Ayniyat qonunlari Nozidlik qonunlar Uchinchisi istisno qonunlar Yetarli asos qonuni Ba’zan muhokamani tashkil etuvchi tushunchalar haqidagi bilimlar fanda o‘rganilmagan bo‘ladi. Masalan, «Toshmatov abadiy dvigatelning asoschisi» deyilsa, u holda bu muhokama yolg‘ondir. Chunki, Toshmatov ham Eshmatov ham yoki boshqa biror jahonning mashhur tadqiqotchisi ham mazkur kashfiyotni bunyod etmaganligi, qolaversa, uni ixtiro qilib ham bo‘lmasligi tabiiy - ilmiy fanlarning rivojlanishida dalillar asosida isbotlangan. Ammo, «Jinoyatni noma’lum uchuvchi jismlar (NUJ) sodir etdi» deyilsa, bunday muhokamada ifodalangan fikr muammolidir. Chunki, fan hali NUJ larni o‘rganib, ular sodir etadigan jinoyatlarni e’tirof etganicha yo‘q. So‘nggi paytlarda NUJlarning ba’zi hududlarda tez-tez paydo bo‘lishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida xabar berilmoqda, lekin mazkur hodisani tekshirib ko‘rishning iloji yo‘qligidan, ularni haqiqiy isbotlangan hodisalar sirasiga qo‘shib bo‘lmaydi. Demak, hukmda in’ikos etadigan buyumlar to‘g‘risidagi bilimlar fanda aniqlangan bulishi zarur. Shundagina muayyan bilimlardan oldin fan va amaliyotda ma’lum bo‘lmagan xulosalar kelib chiqishi mumkin. Hukm o‘zbek mantiqiy adabiyotida ba’zan muhokama deb ham yuritiladi. Hukm va muhokamani biz ham muqobil tushunchalar kabi qo‘llaymiz. Hukm - tushunchalar orasidagi belgiga, munosabatga, mavjudlikka oid jihatlarning chin yoki yolg‘onligini tasdiq yohud inkor shaklida ifoda etadigan tafakkur shaklidir. Hukm tafakkur shakli bo‘lsa-da, uni so‘z birikmasi orqaligina ifodalash mumkin. Shu bois hukm va gap bir -biri bilan bog‘liqdir. Hukm - grammatik qurilma hisoblangan gapda namoyon bo‘lsa, gap esa mazmuniga ko‘ra muayyan fikrlardan iboratdir. Ma’lumki, gaplar darak, so‘roq, buyruq. va undov gaplarga bo‘linadi. Mazkur gaplarning atigi bittasi - darak gapgina tugal fikrni ifodalab, hukmga muvofiq keladigan fikrni anglatadi. So‘roq buyruq va undov gaplarda mukammal bog‘lanishli tugal fikrlar ifoda etilmaganligi uchun ular hukm ma’nosini namoyon eta olmaydi. Chunonchi, darak gapdagi «O‘zbekiston Respublikasi - kelajagi buyuk davlat» fikri mukkamaldir. Ammo «Kim bor», «Onani seving»! «Kun naqadar sovuq». kabilar so‘roq va undov gaplarda tugal fikrni ifodalamaydi. Ammo barcha tushunchalarda bo‘lganidek, ana shu gaplarda ham muayyan mazmun, fikr bo‘ladi. Lekin, mazkur fikrlar hukm ko‘rinishida bo‘lmaydi. Chunki ulardagi gap atigi bir tushuncha orqali ifodalanadi. Hukm bo‘lishi uchun gapda, hech bo‘lmaganda ikkita bir -biri bilan tasdiq yoki inkor ma’nolarida munosabatda bo‘luvchi tushunchalar mavjud bo‘lishi zarur. Hukm tafakkur shakllari orasida muhim o‘rin tutadi. Hukm narsa va hodisalar, ularning turli belgilari, xususiyati va munosabatlari h,aqidagi bildirilgan tasdiq yoki inkor shaklidagi fikrdir. Hukm ham tafakkurning boshqa shakllari singari ob’ektiv-voqelik in’ikosi natijasidir. Tasdiq yoki inkor shaklda bo‘lishi va bir hukmning xarakterli belgisi. Hukmning asosiy vazifasi narsa va hodisalarning xususiyat va munosabatlarini ko‘rsatish hamda ularga xususiyatning xosligini ta’kidlashdir. Shuning uchun hukm o‘ziga xos bo‘lgan tasdiq o‘rtasidagi ma’lum munosabatlarni ifodalaydi. Shuning uchun ular chin yoki xato bo‘ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan hukm chin bo‘ladi. Chunki, bu hukmda aks ettirilgan sifatlar (belgi va alomatlar) bu narsalarga muvofiq kelmaydi. Masalan, «Atom - moddaning bo‘linmas zarrachasidir» deksak noto‘g‘ri hukmdir E’tiboringiz uchun raxmat!!!Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling