Reja: Tutash avlodlar iqtisodiy o*sish modelida jamg‘arishning mohiyati va omillari Uy


Download 315.85 Kb.
bet4/10
Sana23.04.2023
Hajmi315.85 Kb.
#1387935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu Tutash-avlodlar iqtisodiy o`sish modeli

3d. Raqobatbardoshlik kategoriyasining mohiyati
va metodologik asoslari
Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari raqobatbardoshligini oshi- rishda zaxiralarning ichki va tashqi imkoniyatlaridan samarali
foydalanish ko‘p jihatdan bilimlarga asoslangan iqtisodiyotning shakllanishi bilan bog‘liq. Shuningdek, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lam1i islohotlarning tub mazmun-mohiyati milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlashning shart-sharoitlari va asosiy yo‘na1ishlarini shakllantirishga qaratilinganligi bilan alohida ahamiyatga egadir.
Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar davomiyligi va samaradorligini ta’min1ash, raqobatbar- doshlik kategoriyasining mohiyati va metodologik asoslarini hozirgi zamon iqtisodiyoti nuqta’i nazaridan talqin etishni taqazo etadi. Tahlil natijalari jahon iqtisodiyotining globallashuvi, integratsion jarayon- larning kuchayishi, innovatsiyalaming jadal rivojlanishini shakllan- tirish hisobiga milliy iqtisodiyotning xalqaro raqobatbardoshlikka erishishi va jahon bozorida mustahkam mavqega ega bo‘lishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Raqobatbardoshlik o‘z navbatida raqobat kategoriyasi bilan o‘zaro uzviy aloqadorlikda bo‘ladi.
Korxonalar baholardan tashqari raqobatda tovarning quyidagi jihatlariga e’tibor beradilar va evaziga firmaning bir tekis rivojlanishiga erishadilar:

  • tovarning texnik jihatdan yangiligi, uning avtomatlashtirilishi;

  • tovarlarning yangidan-yangi ehtiyojlarni qondirish imko- niyatlari;

  • o‘xshash tovarlarga nisbatan ishlab chiqarilayotgan tovarning chidamli, ishonchliligi, sifatining yuqorilik darajasi;

  • tovarlami sotib olgan xaridorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning xilma-xilligi;

  • tovarlarning tejamliligi, ixchamligi, energo resurslarni kamroq xarajati;

  • atrof-muhit uchun ekologik toza bo‘lishi va hokazolar.

Raqobatning noformal, jamiyat tomonidan qoralanadigan turi hann mavjud. Bu o‘rinda “g‘irrom raqobat” to‘g‘risida hann so‘z yuritishimiz kerak. Raqobat firmalar uchun hayot-mamot masalasi bo‘lgani uchun, ular ayrim hollarda raqobat kurashida g‘ayriqonuniy usullardan hann foydalanadilar. Bunda ular davlat tomonidan raqobat

86
kurashini tartibga soluvchi turli qonun va qoidalarga xilof ravishda ish ko‘radi1ar. G‘ayriqonuniy usullarga quyidagilami kiritish mumkin:



    • baholar bo‘yicha bir nechta fırmalaming o‘zaro kelishib olishlari;

    • boshqa firmalar tovarlarining nomlari, tashqi ko‘rinishi, tovar nishonasini o‘zboshimchalik qilib ruxsatsiz foydalanish;

    • raqobatchilar to‘g‘risida noto‘g‘ri axborot yoki to‘g‘ri bo‘lsa ham ularning obro‘siga ziyon beradigan ma’lumotlar tarqatish;

    • reklamada tovarlari nojo‘ya solishtirish, axborot berish;

    • raqobatchilarga nisbatan reket, shantaj va hokazolar yordamida zo‘ravonlik qilish;

    • raqobatchining tijorat sirlarini pinhona bilib olish;

    • konfedensial va maxfiy ma’lumotlami ovoza qilish;

    • tovarning sifati, xususiyatlari kabi masalada xaridorlami aldash, noto‘g‘ri axborot berish va reklama qilish.

M.Porterning fikricha, raqobatning asosiy maydoni —bu tarmoqdir, ya’ni bir xil yoki o‘xshash tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi va o‘zaro raqobat qiluvchi bir tarmoqdagi raqobatchilar guruhi hisoblanadi.
Tarmoqdagi raqobatga beshta omil ta’sir qiladi:

  • yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishi;

  • o‘rinbosar tovar va xizmatlarning paydo bo‘lishi;

  • yetkazib beruvchilaming savdolashish qobiliyati;

  • xaridorlaming savdolashish qobiliyati;

  • mavjud bo‘lgan raqobatchilarning o‘zaro raqobati.

Yuqoridagi besh omil tarmoqning daromadliligini belgilaydi. Chunki, ular bahoga, xarajatga, kapital qo‘yilmalarga va boshqalarga ta’sir qiladi.
Firmaning tarmoqdagi o‘rni, avvalo, raqobat ustunligi bilan aniqlanadi. Agar firma barqaror raqobat ustunligiga ega bo‘lsa, u o‘z raqiblarini ortda qoldiradi:

  • fırmaning raqobatchilariga nisbatan kam xarajatlar bilan tovarlarni ishlab chiqara olish va sota bilish qobiliyati haqida dalolat beruvchi, juda past xarajatlar;

  • tovarlar differensiyasi, ya’ni firmaning iste’molchi ehtiyojini qondira olish qobiliyati.

Firmaning tarinoqda tutgan o‘rniga ta’sir qiluvchi boshqa bir muhim omil — bu firmaning o‘z tarmog‘i doirasida mo‘lja1ga oluvchi raqobat muhitini, firina maqsadining kengligi hisoblanadi. Firma o‘zi uchun necha turdagi tovarlami ishlab chiqarishini, qanday sotish kanallaridan foydalanishini, qanday xaridorlarga xizmat ko‘rsatishini, qaysi joylarda o‘z mahsulotini sotishini va qaysi milliy tarmoqlarda raqobatlashishini ha1 qilib olishi kerak.
Xalqaro raqobatning xususiyatlari. Raqobat va raqobat strategiyasi haqida yuqorida ta’kidlanganlarning barchasi ichki bozor bilan bir qatorda tashqi bozorga ham taalluqlidir. Lekin shu bilan birga xalqaro raqobat ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega.
M.Porter mavjud raqobatning o‘ziga xosligiga ko‘ra ikki turdagi tarmoqlami ajratadi:

  1. Ko‘p milliy tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar uchun alohida mamlakatlarda raqobatning turlicha kechishi xosdir. Bunday tarmoqlarda yagona strategiyani qo‘llash mumkin emas. Misol uchun, jamg‘arma banklari.

  2. Global tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar dunyo bo‘yicha yagona raqobat maydoniga ega bo‘ladilar. Aynan shunday tarmoqlarda oddiy raqobat ustunligini emas, balki global raqobat ustunligini yaratish kerak bo‘ladi. M.Porter global strategiya sharoitida raqobat ustunligiga erishishning va undan foydalanishning ikki usulini ajratadi: 21

  1. faoliyatni tartibga solish (konfiguratsiya), ya’ni o‘ziga xos xususiyatlaridan foydalanish maqsadida turli mamlakatlarda faoliyat- ning turli ko‘rinishlarini joylashtirish.

Faoliyat turlarini davlat quyidagi mezonlardan kelib chiqib joylashtiradi:

  • omillarning minimal qiymati;

  • ITTKI22 ni o‘tkazish uchun zarur sharoitlarning mavjudligi;

- maxsus birikmalarning mavjudligi;

  • mijozlar bilan munosabatlarning rivojlanganlik darajasi va boshqalar.

  1. filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bu o‘z ichiga

  • axborot almashinuvini;


" Hoprep M. Koiixypeunias crpawrrir: Meronnxa ariann3a orpacneñ ii xoiixypeirroa, M: «Arruina IIa6niimep» 201 I, - C-318


“ ITTKl — ilmiy tadqiqot texnologik-konstruktorlík ishlari

  • javobgarlikni taqsimlashni;

  • xatti - harakatlarni kelishishni qamrab oladi.

Makrodarajadagi raqobatbardoshlikni baholash. Mamlakatning raqobatbardoshligi erkin va halol raqobat sharoitida mamlakatning jahon bozori talablarini qondiruvchi tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish qobiliyati sifatida ta’riflash mumkin.
Mamlakatning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi, birinchi galda mamlakatning jahon bozoridagi mavqyeini tavsiflovchi, shuningdek, toxar va tovar ishlab chiqaruvchining hamda tarmoqning raqobat- bardoshligini birlashtiruvchi umumiy ko‘rsatkich hisoblanadi.
Mezodarajadagi raqobatbardoshlikni baholash. Firmaning raqobatbardoshligini baxolash. Iqtisodiyotni globallashtirish va baynalmilallashtirish davrida uning samaradorligi va ishlab chiqari- layotgan maxsulot talabgirligining yagona mezoni bo‘lib raqobatbardoshlik hisoblanadi. Hozirgi vaqtda “raqobatbardoshlik” tushunchasining yagona ta’rifi mavjud emas. Ushbu tushuncha talqinlarining ko‘p bo‘lislii ehtimolini belgilab beruvchi asosiy omillar
—bu iqtisodchilamiig turli xil boshlang‘ich pozitsiyalari hamda ishlab chiqaruvchi sifatida faqat alohida korxona, tarmoq yoki butun iqtisodiyotning ko‘rib chiqilishidir. Raqobatbardoshlik — nisbiy tushuncha, chunki bir turdagi bozorlarda muvaffaqiyatli raqobatla- shuvchi tovar boshqa bozorlarda umuinan raqobatbardosh bo‘lmaydi. Bu ho1 tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshlikni chegaralash zaruratini keltirib chiqaradi.
Shunday qilib, raqobatbardoshlik sohasida umumiy konsepsiyani shakllantirish uchun mazkur holatning barcha tomonlarini hisobga olish lozim. Biroq qator mamlakatlar tajribasiga ko‘ra ichki bozordagi raqobat xalqaro raqobatning asosi hisoblanadi.
Raqobat munosabatlarining barcha xili uchta boskichda amalga oshiriladi:

  • mahsulot, ishlab chiqarish va korxonaning muayyan mikro turlari;

  • mezotarmoqlar, korxonalarning tarmoq korporativ birlashmalari va gorizontal integratsiyalashgan firmalar;

  • tarmoqlararo integratsiyalashgan makroiqtisodiy majmualar.

Har qanday sanoat firmasi, har qanday tovar ishlab chiqaruvchi u tashkil etilgan vaqtdan boshlab va butun faoliyati davomida o‘zi uchun
zarur bo‘lgan raqobatbardoshlik muammolarini hal etishiga to‘g‘ri keladi. Jahonning ko‘p1ab mamlakatlari iqtisodiyoti jahon xo‘jaligi aloqalariga jalb etilgan, milliy bozor va uning talablari esa jahon bozori va xalqaro raqobatbardoshlikning faol ta’siri ostida shakllanadi. O‘zi uchun yangi hisoblangan bozorga kirib borish, ishlab chiqarishni kengaytirish yoki uni qisqartirish, texnologik jixozlami modernizatsiya qilish, yoxud ishlab chiqariladigan mahsulotni yangilash maqsadida investitsiyalarni amalga oshirishda, albatta, ishlab chiqaıuvchi yoki korxonaning raqobatbardoshligini baholash
talab etiladi.
Korxona strategiyasi, ya’ni oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘llarini belgilab beruvchi asosiy omillarni aks ettirishdan iborat:

  1. Qo‘llaniladigan ilmiy yondashuvlar va boshqaruv usullarining soni va chuqurligi nuqtai nazaridan boshqaruv tizimining kuzatuvi sifatini tahlil qilish:

    • o‘z fan-texnika taraqqiyoti tizimi;

    • ITTKIning moddiy-texnika bazasi;

    • mutaxassislarning ijodiy salohiyati;

    • yangiliklarni joriy etishga undash;

    • raqobat va kooperatsiya motivlari;

    • o‘zgartirishlar kirituvchi yangiliklar;

    • o‘zgartirish kiritmaydigan yangiliklar;

    • bozor talablariga moslashish;

    • mahsulot tizimini rivojlantirish;

    • texnologiyani rivojlantirish:

    • binolar va inshootlarni loyihalashtirish.

  1. Tizimning chiqish komponentlarini, ya’ni tashkilot strategiyasining sifatini tahlil qilish, uning ichki zaif va kuchli tomonlari, tashqi tahdidlar va imkoniyatlardan kelib chiqib madsadni aniqlashtirishdan iborat (”SWOT-tahlil”).

  2. Tashkilot chiqishidagi asosiy raqobatchilar faoliyat ko‘rsa- tishining raqobatbardoshligi, samaradorligi va baTqarorligi, tashqi tahdidlar va imkoniyatlar, raqobatchilaming ichki kuchli va zaif tomonlari.

  3. Tarmoqda raqobat qonuni, monopoliyaga qarshi qonun xuijatlari amal qilishi mexanizmi, tarmoqda raqobat shakli va kuchining tahlili.

  4. Tashkilotga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mamlakat makro muhiti omillari.

  5. Tizimga kirishda raqobat qonuni, monopoliyaga qarshi qonun xujjatlari amal qilish mexanizmi, tashkilot yetkazib beruvchilari o‘rtasida raqobat kuchining tahlili.

  6. Boshqaruv tizimining boshqariladigan kichik tizimi sifatini tovarlar sifati va resurs talab qilishi, ularga servisning sifati, bozor infratuzilmasi, faoliyatning ushbu yo‘nalishlari samaradorligi tahlilini tashkil qilish.

  7. Tashkilotni boshqarish tizimining boshqaruvchi kichik tizimlarini strategik va taktik boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha xodimlarni boshqarish nuqtai nazaridan tahlil qilish.

  8. Strategik marketing, innovatsion va ishlab chiqarish menejmenti, taktik marketing tizimida aloqalar tarkibi, mazmuni va sifatini tahlil qilish, uning zaif va kuchli tomonlarini aniqlash.

  9. Ishlab chiqariladigan tovarlar, yangiliklar va bajariladigan xizmatlar, xodimlar va texnologiyalar, umuman, tashkilotning raqobatbardoshligini tahlil qilish.

  10. Resurslardan foydalanish samaradorligi va ishlab chiqarish rentabelligini tahlil qilish.

  11. Tashkilot faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini tahlil qilish.

  12. Tovarlar raqobatbardoshligi, ular asosida tashkilot strategiyasini ishlab chiqish uchun uning faoliyat ko‘rsatishi samaradorligi va barqarorligining strategik va taktik omillarini belgilash.

Mintaqaning raqobat jihatdan ustunliklari quyidagilar bilan aniqlanadi:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling