Reja: Ummaviylar xalifaligi


Download 47 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi47 Kb.
#1473598

Ummaviylar va Abbosiylar davrida arab xalifaligi

Reja:


  1. Ummaviylar xalifaligi.

  2. Abbosiylar xalifaligi.

  3. Xalifalikdagi halq qo`zg`olonlari va xalifalikning parchalanib ketishi.

Buning asoschisi yirik savdogar va qurayshiylar zodagoni Abu Sufyonning o`g`li Muoviyadir. Suriya hokimi etib tayinlangan Muoviya arab istilosi natijasida egalari tashlab ketgan yerlarni Sosoniy podshohlari va Rum (Vizantiya) imperiyasi molmulklarini qo`lga kiritgan. Hijozdagi otasidan qolgan mulkni harbiy asirlardan qariyb 400 kishi kuchi bilan obod qilgan. Joylarda boshqarish ishlarini mahalliy amaldorlar ixtiyorida qoldirgan. Shuning uchun mahalliy xalq va ulardan tuzilgan qo`shinlar Muoviyani qo`llab quvvatlaganlar. Ancha kuch to`plab olgan Muoviya Ali xalifaligini tan olmay, Damashqda o`zini xalifa deb e`lon qilgan. 658 yili ular o`rtasida urush boshlanadi. Furot daryosining o`ng qirg`og`idagi Siffin vohasida uch oy davom etgan jang natijasiz tugaydi. Ali vafotidan keyin (661 y.) arab zodagonlari va harbiy boshliqlar yordamida Muoviya yagona hukmron-xalifa bo`lib qoladi. Xalifalik poytaxti Madinadan Damashqqa ko`chirildi. Umaviylarning hukmronlik davri Damashq xalifaligi deb ham ataladi. Shunday qilib, xalifalik poytaxti Arab yarimorolidan chiqib ketdi. Yangi davlat Muoviya buvasining dadasi, Makkaning o`z vaqtidagi boy a`yonlaridan Umayya nomi bilan umaviylar deb ataldi.


Umaviylar davrida qator ma`muriy harbiy o`zgarishlar amalga oshirildi: xalifalik lavozimi nasliy merosga aylantiriddi, davlat xazinasi va davlat arxivi tashkil etildi, arab tili davlat tili deb e`lon qilindi, yangi oltin, kumush va mis pullari chiqarildi, harbiy-dengiz floti tashkil etildi.
Xalifalik davrida butun Eron, Tabariston, Jurjon ishg`ol etildi. 664 yrshi Kobul bosib olindi.
Xalifalik nasorolikning yirik saltanati Vizantiya bilan doimiy jang qildi. Misr g`arbiy chegaralaridan hujum qilish tufayli 647 yili Kirenaika bosib olindi, 649 yili Kipr ishg`ol etildi, 654 yili asosan Misr kemalaridan iborat bo`lgan Islom floti Kichik Osiyo qirg`oqlarida Vizantiya flotini tor-mor qildi. 667 yili arablar Xalkedan shahrini ishg`ol etib, Vizantiyani xavf ostida qoldirdilar va Sitsiliyani vayron qildilar. 698 yili vizantiyaliklar Karfagendan tamoman haydab chiqarildi.
711 yili Janubiy Ispaniyaga hujum boshlanib, bir necha yil davomida butun mamlakatning beshdan to`rt qismi bosib olindi. 712 yili Muhammad ibn Qosim as-Saqafiy tomonidan Sind viloyati (hozirgi Pokistonning janubi) bosib olindi. Daybun (Qora chi) porti va Kiyrun (Haydarobod) shahri Muhammad ibn Qosim qo`liga o`tdi.
Markaziy Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi VII asrning 70-yillaridan boshlandi
Xalifa Muoviya (660—680) buyrug`i bilan Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligidagi arab qo`shinlari 674 y. Poykent va Buxoroga hujum qiladilar. Bu shaharlarni talab, bir ming dirham pul, to`rt ming asir va ko`p miqdorda qimmatbaho o`ljalar olib qaytadilar. 704 y. Qutayba ibn Muslim Xuroson amiri etib tayinlanadi. Unga O`rta Osiyoda arab xalifachigi hukmronligini o`rnatish vazifasi topshiriladi. 706 yili Qutayba Omul (Chorjo`y), Zamma (Karki) va Buxoro shaharlarini egallab, Poykentni qamal qiladi va uni oladi, 709 y. Qutayba Zarafshon vodiysining quyi qismidaga eng kuchli Vardanza (Shopirkon) hukmdori Vardanxudot ustiga yurish qiladi, Vardanza va Buxoro ustidan g`alaba qozondi. 710 yili Qutayba Kesh (Shahrisabz) va Nasaf (Qarshi) shaharlarini bosib oladi. 711 yili Xorazmda boshlangan ichki g`alayonlardan foydalanib, 712 yili u Xorazmga yurish qiladi va u yerda arab hukmronligani o`rnatadi. Shu yili Qutayba Xorazm va Buxoroda harbiy kuch to`plab, Samarqandga yurish qiladi. Shosh (Toshkent), Farg`ona va turklarning yordamiga qaramay Samarqand taslim bo`ladi. Qutayba bilan Samarqand hokimi Gurek o`rtasida bitim tuzilib, Samarqand hukumati arab xalifaligi uchun har yili ikki mln. 200 ming dirham boj to`lash majburiyatini oladi. 713—715, yillari Qutayba Toshkent va Farg`ona viloyatlarini bo`ysundirib, Qashqargacha bo`lgan yerlarni ishg`ol etdi. Arab istilosi tufayli O`rta Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati yo`q qilib yuborildi. Xorazm yozuvini bilganlar o`ldirildi, ularning asarlari va tarixiy xujjatlar yoqib yuborildi.
Bosib olingan yerlarda aholi arab istilochilariga qarshi qo`zg`alonlar ko`tardilar. 736—737 yillar Markaziy Osiyoda Horis ibn Surayj, 739—740 yillarda Marokashda barbarlar qo`zg`aloni, 742 yilda Mag`ribdagi xorijiylar qo`zg`aloni kabilar. Bu qo`zg`alonlar mag`lubiyatga uchragan bo`lsa ham, umaviylar davlati inqirozini tezlashtirdi. 747—750 yillari Abu Muslim rahbarligidagi qo`zg`alon oxirgi umaviylar xalifasi Marvonni taxtidan tushirdi, hokimiyat abbosiylar qo`liga o`tdi. Umaviylar avlodlari qirib tashlandi. Ulardan faqat Abdurahmon tirik qolib, Ispaniyaga qochib ketdi va u yerda Qo`rtuba (Kordova) amirligiga asos soldi. Umaviylar xalifaligi Islom an`anasida zo`ravonlik bilan davlatni qo`lga olgan. Xalifalar, Umar II dan boshqasi, Islomning to`g`ri yo`lini buzib hukm yuritgan shaxslar deb qoralanadi va abbosiylarning taxtga chiqishi islomiy hokimiyatning qayta tiklanishi deb ta`riflanadi.
Besh yuz yil hukm surgan arab xalifalari sulolasi. Bu sulolaga Muhammad (s.a.v) amakisi avlodlaridan Abulabbos as-Saffoh asos solgan (hukmdorlik davri 749—754). Bularning hukmronligi davrida arablar davlatni boshqarishda ikkinchi o`ringa suriladilar, ularning xalifalikdagi irqiy va harbiy ustunligaga barham berildi. Davlatni boshqarishda ularning soni ham kamayib boradi. Xalifa al-Mansur davrida (754—773) abbosiylar xalifaligi ancha mustahkamlandi, poytaxt Damashqdan Bag`dodga ko`chirildi. Bag`dod bu davrda yirik savdo-sotiq va madaniyat markazi bo`lib, G`arb bilan Sharq o`rtasida vositachilik rolini o`ynagan, xalifalikda savdo aloqalari va iqtisodiy mu-nosabatlarni rivojlantirishga, madaniy hayotning yuksalishiga ta`sir ko`rsatgan. Shuning uchun abbosiylar hukmronligi davri Bag`dod xalifaligi deb ham yuritiladi.
As-Saffoxdan keyingi xalifalar al-Maxdiy (775— 785), Horun ar-Rashid (786-809), al-Amin (809-813), al-Ma`mun (813—833), Mutasim (833—841) va boshqalar davrida arab xalifaligi markazlashgan qudratli davlatga aylandi, unda feodal munosabatlar rivojlandi. Abbosiy xalifaligi juda katta hududga ega bo`lib, unga Yaqin va O`rta Sharq, Shimoliy Afrika davlatlari kirgan. Xalifalikda feodal zulm kuchayishi tufayli bir necha bor xalq qo`zg`alonlari ham bo`lgan (mas.: Bobak, Muqanno, Sumbod, Mug` rahbarligadagi qo`zg`alonlar, zinniylar qo`zg`aloni kabilar).
IX asr ikkinchi yarmidan boshlab abbosiylar xalifaligining markazlashgan hokimiyati zaiflasha bo rib, uning tarkibida bir necha mustaqil davlatlar vujudga kela boshladi. Mas.: Afrikada ag`labiylar davlati, Xuroson va Movarounnahrda somoniylar davlati, 945 yili Erondagi buvayhiylar Bag`dodni egallab, abbosiylarni siyosiy hokimiyatdan chetlatdilar, fors tilida so`zlashuvchi aholidan iborat katta hudud mustaqillikka erishdi.
Bu vaqtda Shimoliy Afrika va keyinchalik Misrda fotimiylar xalifaligi hukm surdi (909—1171). Bular o`zlarini Muhammadning (s.a.v) qizi Fotima avlodlaridan deb hisoblaydilar. Fotima musulmonlar, ayniqsa, shiy`alar tomonidan muqaddas ayol sifatida sanalib, unga sig`inadilar. Shunday qilib, qudratli abbosiylar xalifaligi parchalanib keta boshladi. Eng so`nggi xalifa Mu`tasim mo`g`ullar xoni Xulogu tomonidan 1258 yili qatl etildi. Mana shunday qilib abbosiylar xalifaligi besh asr va umuman Muhammad (s.a.v.) payg`ambardan keyin tashkil topgan arab xalifaligi 626 yil hukm surdi. Arab xalifaligi Arabiston yarimoroli, Yaqin va O`rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o`z ichiga olgan yirik feodal davlat edi.
Abbosiylar xalifaligi tugatilishi Islom dini taraqqiyotiga ta`sir etmadi. Bu din dunyodagi yirik din sifatida tobora o`z doirasini kengaytirib bordi. Islom joriy qilingan hududlarda tashkil bo`lgan davlat boshliqlari shu din qonun-qoidalariga rioya qilib, uning ta`limotlaridan chetga chiqmadilar. Lekin din bayrog`i ostida o`z yovuz niyatlarini amalga oshirgan, bosqinchilik urushlari olib borgan hukmdorlar ham kam bo`lmagan.
Abbosiylar davrida arab davlati juda ham taraqqiy topdi. Bog`dod xalifaligi VIII-IX asrlarda ayniqsa kuchli edi. Bu vaqtda bog`dodni barpo etgan Mansur (754-775) Karl Buyukga zamondosh bo`lib u bilan do`stona aloqalar qilgan Xorun al Rashid (786-809) arab ilm faniga zo`r berib homiylik qilgan al-Ma`mun (813-833) kabi qudratli xalifalar idora qildi. Abbosiylarning “oltin davri” Mutadid (892-902) zamonida tugadi. Xalifalik ana shu vaqtdan boshlab tushkunlikka yuz tutdi. Abbosiylar davlatida Eronning ta`siri kuchli edi. Bk ta`sir vazirlik (buyuk vazir xalifaning birinchi ministri) unvonining joriy qilinishda ham soliq solishda eron usullarining o`zlashtirilishi ham (yer kadastlarining eronlardagiga o`xshab tuzilishida), xalifalik ma`muriy jixatdan viloyatlarga bo`linib, ularga gubernator – amirlar boshliq qilib qo`yilishida ham namoyon bo`ldi. Eronning feodallashgan zadogonlari xalifalikni idora qilishda aktiv qatnashdi. Buyuk vazirlik lavozimiga odatda eroniylardan tayinlanar edi va bu lavozim nasldan-naslga o`tar edi. Xalifaning juda ko`p 9160000) doimiy qo`shni bo`lib, bu qo`shinning ko`pchiligi turli var-var otryadlaridan iborat edi, IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab esa asosan otryadlaridan iborat bo`ldi. Xalifaning gvardiyasi katta siyosiy ahamiyatga ega edi, bu gvardiya harbiy ishga yoshligidan boshlab o`rgatilgan qullardan tuzilgan edi. Xalifalik xo`jalik ishlarining turli sohalariga ham katta e`tibor berdi, bu borada ham qisman eron, qisman Mesopotamiya traditsiyalaridan foydalandi. Chunonchi, maxsus pochta mahkama bo`lib bu mahkama pochta ishlari, katta yo`llarni tartibga solish bilan shug`ullandi, bu yo`llar tekislandi, suv bilan ta`min qilindi, unda har bir muayyan masofada maxsus musofirxona, karvonsaroylar takil qilindi. Abbosiylar zamonida dalalarni diniy sug`orish sistemasi g`oyat avj oldi. Buning uchun turli katta kichiklikdagi yer osti va yer usti kanallari qurildi. Irrigatsiya qurilishlari to`xtovsiz davom etdi va bu ish bilan xukumatning maxsus mahkamasi shug`ullandi. Abbosiylar poytaxti – Bog`dod juda katta bir shahar bo`lib und xalifaga va unng yaqin odamlariga qarashli juda ko`p saroy va bog`lar bor edi. Shahar doira shaklida bo`lib, uning atrofi ikki qator devor bilan o`ralgan edi. Bu shahar zadogonlar shhri, xalifaning qarorgohi bo`lish bilan birga juda katta savdo markazi ham edi. Bog`dod bozorlariga uzoq-uzoq mamlakatlardan savdogorlar kelar edi. Bu yerda Vizantiyaliklar, Xitoylar, Xindlar, Malayyaliklr, Shimoliy, G`arbiy va hatto Markaziy Afrikalik kishilarni ham uchratish mumkin edi. Abbosiylar davrida old va O`rta Osiyoning shuningdek Shimoliy Afrikaning juda keng territoriyasida ma`lum vaqtgacha tinchlik qaror topishi natijasida xalifalik iqtisodiy jihatdan g`oyat taraqqiy topdi. Markaziy hukumat irregatsiya sistemasiga muttasil e`tibor berish natijasida, bu davrda dehqonchilik sohasida katta yutuhlarga erishildi. Sholi, paxta va shafron keng tarqalgan qishloq xo`jalik ekinlari edi. Bog`dorchilik va gulchilik sanoat axamiyatiga ega bo`ldi. Juda keng atirgul plantatsiyalari parfyumeriya uchun maxsus essensiya berar edi. Arablar qimmatbaho nasildor ot va qo`ylar urchitar edilar. Arablarning xunarmandlik buyumlari ham katta shuxrat qozondi. Bu yerda yung, ipak va ip gazlamalar, yaxshi navli po`lat va qurol, shisha va oynadan yasalgan buyumlar, zargarlik va attorlik buyumlari ishlab chiqarilardi.
IX-X asrlarda xalifalikning ekopolikasida keng ko`lam olgan ichki savdo va ayniqsa tashqi xalqaro savdo juda katta o`rin tutar edi. Arab savdogarlari yiroq shimolgacha – yuqori Volgagacha va hatto Baltika dengizi qirg`oqlarigacha borib savdo qilardilar. Uzoq sharqda Xitoy, Hindiston va Indoneziyada doimiy suratda savdo qilardilar. Arablar Yaqin sharqda Levantda, ayniqsa, qizg`in savdo olib bordilar. Suriya, Misr, Kichik Osiyo arablar savdosining asosiy rayonlari bo`lib, arablar bu yerlarda Vizantiya savdogarlari bilan raqobat qilardilar va tavarlarni shu yerlardan G`arbiy Yevropaga yubordilar. Arablar savdosida qul savdosi katta o`rin tutardi, bu qullar asosan Osiyolik, Afrikalik va bir qismi Yevropaliklardan iborat edi. Bog`dod xalifaligi davrida arablarda feodal munosabatlar uzul-kesil qaror topdi. Xalifalikga qarashli mamlakatlarda ekspluatatsiya qilinuvchi asosiy sinf jamoachi dehqonlar edi. Biroq arablardagi feodalizmning o`ziga xos xususiyatlari bor edi. Jamoachi dehqonlarning ko`pchiligi xalifaning yerlarida yashab, feodal rentani bevosita davlatning o`ziga to`lar edi. Arab qonunlariga muvofio` butun yer xalifaga qarashli bo`lib xalifa bu yerning biror qismini o`z xizmatkorlariga vaqtinchagina berar edi.
Shu tufayli xalifalikda katta yer egaligining nasldan-naslga o`tishi o`rta asr Yevropasidagi kabi qat`iy emas edi. Biror ayon o`lgandan keyin uning mol-mulki odatda xalifa xazinasiga o`tar edi. Bu mol-mulkni o`lganning vorisiga berish-bermaslik xalifaning ixtiyoriga bog`liq edi. Ikkinchi tomondan odatda xalifada ham, uning zadogonlarida ham feodal Yevropasida bo`lgani kabi barshchinali, ya`ni ishlab beradigan rentali pomes`telari yo`q edi. Bunda zadogon xo`jaligidagi ish kuchini odatda qullar tashkil etar edi. Qaram dehqonlar esa barshchinada ishlamas, faqat mahsulot bilan pul bilan renta to`lar edilar, xolos. Shunga qaramasdan Bog`dod xalifaligi zomonida feodal mulkchiligi sezilarli darajada rivojlanib bordi. Iqta-xarbiy xizmat o`taganligi uchun beriladigan chek yer bo`lib, G`arbiy yevropa benifetsiyalariga o`xshab ketadi. Mulk – in`om qilingan va asta sekin nasldan naslga meros bo`lib o`tadigan yer mulklar, xissa va boshqa imtiyozli yerlar g`aznaga soliq to`lashdan ozod qilingan bo`lib, bular o`sib kelayotgan feodal xususiy yer egaligining formalari edi. Yerlarning ma`lum qismi – voqif yerlar – machitlarga berilar edi. Xalifaning dalat feodal mulkchiligini qisqartirish hisobidan yirik va o`rta darajadagi xusuiy yer egaligining xarakterli feodalizmli rivojlanishning xarakterli xodisalaridan biri bo`lib, bu xol turli xil mamlakat va o`lkalardagi yerli feodallarning ajralib chiqish va aparatistik kayfiyatlarining toboro avj olishida ancha katta rol o`ynaydi. Arab feodalizmining yana bir xususiyati qulchilik elementlarining ancha saqlanib qolganligi edi.
Arablarda Bog`dod xalifaligi davrida ham qullar juda ko`p edi. Qullar eng og`ir ishlarda: irrigatsiya inshoatlari qurishda, tosh va ruda konlarida, paxta dalalari va shunga o`xshash ishlarda juda ko`plab ishlashar edi. Afrikadan keltirilgan qora tanli qullar ayniqsa ko`p edi. Qora tanli qullarni arablar zanjilar deb atardilar, zanji degan so`z Zanzibar orolining nomidan olingandi. Oq tanli qullardan esa juda ko`plab uy xizmatkorlari kanizaklari, raqqos va raqqosa, ashulachi, akrobat va shunga o`xshashlar sifatida foydalanilar edi. Xalifalarning saroy gvardiyasi ham shu oq tanli qullardan tashkil etilardi.
Arablar hukmronligining ilk davrida ancha yengil tortgan xalifalik mehnatkash aholisining ahvoli keyinchalik og`irlasha bordi. Dehqonlar qisman natura shaklida va qisman pul shaklida katta-katta soliqlar to`lardi, bu esa mayda ishlab chiqaruvchi dehqon yoki hunarmandning deyarli hamma qo`shimcha maxsulotlarini yamlab ketar edi-da, natijada ularning o`zlari juda achinarli kun kechirar edi. Amaldorlarning o`zboshimchaligi va jabr zulmi, dehqonlarning huquqsizligi va himoyasizligi, ularni yarim qul xoliga solib qo`ygan edi. Xalifalikda qullarning aqvoli esa nihoyatda og`ir edi. Ularni xaddan tashqari vaxshiyona suratda ekspluatatsiya qilardilar. Mehnatkashlar ommasining dehqonlar shahar kambag`allari va qullarning qattiq ekspluatatsiya qilinishiga javoban feodallarga va ularning manfaatini ximoya qiluvchi xalifaga qarshi bir necha marta qo`zg`olon ko`tarildi.
Bog`dod xalifaligi davrida xalq qo`zg`olonlari kishini xayratda qoldiradigan darajada katta qo`zg`olonlar bo`lib, ba`zan butun-butun okruglarni a hatto viloyatlarni o`z ichiga olardi. Bu qo`zg`olonlar odatdan tashqari uzoq davom etardi va qattiq bo`lardi. Chunonchi Mansur xalifa o`lgandan keyin, oradan ko`p vaqt o`tmay O`rta Osiyoda dehqonlarning katta qo`zg`oloni ko`tarildi. U 776 yilda boshlanib, 783 yilda tamom bo`ldi. Bu qo`zg`olonga Marv shahri atrofidan chiqqan Muqanna laqabli Hoshim ibn Hakim degan bir kishi boshchilik qildi. Bu qo`zg`olonda mazdakiylar mazhabning ta`siri aks etdi, mazdakiylar mol-mulkining o`rtada bo`linishi va hayotning noz-ne`matlaridan foydalanishda hamma teng bo`lishni talab qilar edi. IX asrning boshida Ozarbayjonda ham dehqonlarning ikkinchi bir katta qo`zg`oloni ko`tarildi. U keyin Eronga va Zakavkazyening boshqa joylariga ham tarqaldi. Bu qo`zg`olong Babek degan bir kishi bosh bo`lib, u ham erkin jamoa tartiblarining tiklanishini talab qildi. Bu qo`zg`olon 20-yildan ortiqroq davom etdi. (815-837).
IX asrning oxiri X asrning boshlarida xalifalikning janubda dehqonlar harakati ko`tarildi, bu harakatda Karmat degan kishi bosh bo`lib, u o`zini payg`ambar deb e`lon qildi. Uning atrofiga juda ko`plab qochoq dehqon va qullar kelib to`plandi. Qo`zg`olonchilar katta qal`a qurdilar. Oxir natijada Karmatchilar Fors qo`ltig`i qirg`oqlarida o`ziga xos bir dehqonlar respublikasini tuzishga muvaffaq bo`ldi, bu respublika X asrning oxirigacha umr ko`rdi.
Karmatchilar xarakati bilan bir vaqtda Basra atrofida qul zanjilarning juda katta qo`zg`oloni bo`lib, bu qo`zg`olon 14 yil (869-883) davom etdi. Zanjilarga isha Ali ibn Muhammad bosh bo`lib, u qzini xalifa deb e`lon qildi. Zanjilar qo`zg`olonini bostirish uchun hukumat ularga qarshi juda katta qo`shin yuborishga majbur bo`ldi. Keng ko`lam olgan xalq xarakatlari xalifalikni larzaga keltirib ko`p vaqtgacha uning birligini buzib qo`ydi.
Biroq xalifalikni parchalanishiga boshqa sabablar ham bor edi. Xalifalik turli mamlakatlarni o`z ichiga olgan bo`lib, turli tuman xalqlarning murakkab bir konglomeratidan iborat ediki, bulardan ba`zilari o`tmishda o`zining yorqin tarixiga ega edi; shuning uchun ham bu xalqlar o`z mustaqilligini tiklashga intilar edilar; ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi natijasida maxalliy aloqalar mustahkamlanib borgan sari bu intilish kuchayib borardi. Shu bilan birga xalifalik hokimiyati tobora zaiflashib bormoqda edi. Feodallashuv protsessi sharqda o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lishiga qaramasdan feodalizm taraqqiyotining ilk davrida g`arbda qanday natijalarga olib kelgan bo`lsa, bu yerda ham xuddi shunday natijalarga olib keldi. Mahalliy yerdor zadogonlar markaziy hukumat zarariga kuchayib bordi va ajralishga intildi. Amirlar, ya`ni viloyatlarning gubernatorlari mahalliy feodal yer egalariga suyanib turib o`zlarining mahalliy dinastiyalarini yarata boshladilar. Xalifalik amaldorlari tomonidan markazlashtirilgan yer rentasi solig`ining to`lanishiga qarshi ko`tarilgan dehqon qo`zg`olonlaridan mahalliy zadogonlar o`zlarining separatistik maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalanar edilar. Xalifalik haqiqatda VIII asrdayoq parchalana boshlgan edi. 756-yilda Qurdoba amirligi ajralib chiqqandan keyin VIII asrning oxiri IX asrda boshlarida Marakash bilan Tunis ajralib chiqdi, IX asrning o`rtalarida Misr mustaqil bo`lib oldi (bu rda avvaliga tumanlar, keyinchalik X asrda Alining avlodlari – Fotimiylar idora qila boshlab, ular 969-yildan etiboran Misrni mustaqil Qohira xalifaligiga aylantirdi). IX va X asrlarda Eron ajralib chiqdi, avval Sharqiy Eron (Xuroson) keyin esa G`arbiy Eron ham ajralib chiqdi. Amudaryoning bu tomonidagi Movaraunnahr degan joyda Somoniylar davlati tuzildi, uning markazi Buxoro bo`ldi, bu davlat X asrning boshidan qariyib oxirigacha yashadi.
Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling