Reja: umumiy holatlar


Mexanik tavsiflarning umumiy xususiyatlari


Download 236 Kb.
bet7/12
Sana07.05.2023
Hajmi236 Kb.
#1439637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Dvigatel tashqi tezlik tavsifini hisoblash usullari va ularning qiyosiy tahlili

Mexanik tavsiflarning umumiy xususiyatlari. Dvigatelning hamma mexanik tavsiflarini to‘g‘ri burchak (dekart) koordinatalar tizimining to‘rtta kvadrantida tasvirlash mumkin. Birinchi kvadrantda yakorning musbat
6- rasm. Dvigatelni ishga tushirish diagrammasi.

yo‘nalishda aylangan dvigatel rejimidagi mexanik tavsif­lari, uchinchi kvadrantda esa reverslashdagi dvigatel rejimi moment va burchak tezligi teskari ishora bilan joylashadi. Oxirgi tavsiflarni quyidagi formula bilan hisoblab chiqish mumkin:




(28)
Energiyani tarmoqqa qaytarib generator (rekupera­tiv) tormozlash, dinamik tormozlash va teskari ulash rejimida tormozlash tavsiflari ikkinchi va to‘rtinchi kvadrantlarda joylashadi.
Energiyani tarmoqqa qaytarib (rekuperativ) tormozlash. Bu rejim dvigatelni dvigatel rejimida ishlayotganda mexanizm harakatga (dvigatel aylanishiga) qarshilik ko‘rsatmaydigan hollarda mavjud bo‘ladi.
Bunda momentlar yig‘indisi ta’siri ostida elektr yuritma tezlanishi ortadi (tezlanadi), natijada dvigatelning EYK ortadi (27) tenglama bilan aniqlanadigan tok qiymati esa kamayadi. Dvigatel burchak tezligi salt yurish tezligi w0 ga yetganda EYK ning qiymati tarmoq kuchlanishi qiymatiga, tok esa nolga teng bo‘ladi:


= (-KEw)/R = 0. (29)

Statik (qarshilik) momenti ta’siri ostida dvigatel tezligi ortib boradi (w > w0), natijada uning EYK tarmoq kuchlanishidan katta bo‘ladi, shuning uchun:




= (U - KEw)/= (U-E)/< 0. (30)

Shunday qilib dvigatel momenti o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi, ya’ni, harakatlantiruvchi emas, balki tormozlovchi bo‘lib qoladi. Tezlikning o‘rnatilgan holatiga statik moment va dvigatelning tormozlash momenti o‘zaro muvozanatda bo‘lganida erishiladi. Bu holda elektr mashina mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirib, tarmoqqa beradigan generatorga aylanadi.


Amalda bunday tormozlash ko‘tarish — transport qurilmalarida qo‘llaniladi. 7- rasmda dvigatelning mexanik tavsiflari tasvirlangan va yukni Mq momenti bilan tushirayotganda uni teskari aylanishi ko‘rsatilgan.
Yukni tushirish jarayonining boshlanishida M ni chegaralash uchun yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik kiritiladi. Shundan so‘ng dvigatel tabiiy mexanik tavsifga o‘tkaziladi. Tezlik Mq ning o‘rnatilgan qiymatidan w0 tezlikdan ozgina kattaroq


7- rasm. Ko‘tarish mexanizmi yuritmasining rekuperativ
tormozlash rejimidagi mexanik tavsiflari.

bo‘ladi. Shuning uchun yukni tushirishdagi bunday tormozlash rejimida tezlik yukni ko‘tarishdagi tezlikdan kattaroq tezlikda amalga oshiriladi.



Download 236 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling