4. Magnit oqimi o‘zgarmas bo‘lganda mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatelning mexanik tavsiflari
Yakor reaksiyasini amalga oshirish maqsadida dvigatel qo‘shimcha qutblarga ega, deb hisoblaymiz. Yakor zanjirining qarshiligi R, u yerdan oqayotgan tokning qiymatiga bog‘liq bo‘lmagan holda cho‘tkalardagi kuchlanish tushishi hisobga olinadi. U holda qo‘zg‘atish chulg‘amidan oqayotgan tok o‘zgarmas va buning natijasi o‘laroq magnit oqimi ham o‘zgarmas bo‘lganligi uchun dvigatel mexanik tavsifining tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
(20)
bu yerda: KE = CEФ; KM = CMФ; w0 — ideal salt yurish tezligi, Ф = Фnom bu (20) tenglamadan dvigatelning elektromexanik tavsifi tenglamasini olish mumkin:
w = w0-(R/KE)•I. (21)
Bu (20) va (21) ifodalar K = R/(KEKM)-1 va w0 o‘zgarmas qiymatlarida to‘g‘ri chiziq tenglamasiga aylanadi, ya’ni:
w = w0-KM yoki w = w0 - K1I, (22)
2- rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelining kuchlanish o‘zgarmas bo‘lgandagi va yakor zanjiridagi qarshiliklar o‘zgargandagi (a), kuchlanish nol bo‘lgandagi (b) mexanik tavsiflari
bu yerda: K va K1 — mexanik va elektromexanik tavsiflari qiyaligi burchagining tangensiga teng.
Bu parametrlarning mexanik tavsif qiyaligi koeffitsiyentlari bilan bog‘liqligini aniqlash mumkin
K = bwnom/Mnom; K1 = KMwnom b/Mnom.
(20) tenglamaga muvofiq dvigatel sun’iy mexanik tavsiflarining ikki turini (tarmoq kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lib, yakor zanjiri qarshiligi R ning qiymatini o‘zgartirganda, R ning qiymati o‘zgarmas bo‘lib, yakorga berilayotgan kuchlanishni o‘zgartirganda) kuzatish mumkin.
Tavsiflarning birinchi turi ko‘p nurli yulduzdan iborat bo‘lib, barcha nurlar koeffitsiyenti w0 va M = 0 nuqtada kesishadi. Har bir nurning qiyaligi yakor qarshiligi Rya va yakorga ulangan qo‘shimcha qarshilik Rq larning yig‘indisi bo‘lgan R qarshilikning qiymatiga bog‘liq.
Agar Rq = 0 ga teng bo‘lsa, tabiiy mexanik tavsifni, Rq№0 da esa turli qiyaliklarga ega bo‘lgan sun’iy tavsiflarni olamiz (2-rasm, a).
Xususiy holda, ya’ni U = 0 bo‘lganda mexanik tavsiflar koordinata boshida kesishib, (w0 = 0, M = 0) ko‘p nurli yulduz ko‘rinishida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |