Reja: Umumiy ma’lumotlar 2-Cho’ktirish usulida boyitish Og’ir muhitlarda boyitish


Download 247.5 Kb.
bet2/5
Sana16.03.2023
Hajmi247.5 Kb.
#1272989
1   2   3   4   5
Og’ir muhitlarda boyitish
Og’ir muhitlarda boyitish mineral zarralarning zichligiga qarab ajralishiga asoslangan. Agar boyitilayotgan mahsulotni zichligi ajraladigan minerallar zichligining orasidagi muhitga (suyuqlikka) solinsa, zichligi muhitning zichligidan kichik minerallar suyuqlik yuzasiga qalqib chiqadi, zichligi muhitning zichligidan katta minerallar pastga cho’kadi.
Og’ir muhit sifatida organik suyuqliklar, tuzlarning eritmalari va suspenziyalar ishlatiladi.
Organik og’ir suyuqliklar trixloretan, zichligi 1460 kg/m3, dibrometan zichligi 2810 kg/m3 va tuzlarning eritmalari zaharliligi, narxining balandligi, boyitish mahsulotlari bilan ko’p miqdorda yo’qolishi va regeneratsiyasiga sarf-xarajatning yuqoriligi tufayli sanoat maqsadlari uchun deyarli ishlatilmaydi. Ular, asosan, laboratoriya tajribalari uchun ishlatiladi. Amalda og’ir suspenziyalarda boyitish keng qo’llaniladi.
Suspenziya yuqori zichlikdagi mayin zarralarning suv bilan mexanik aralashmasidir. Suvdagi muallaq zarralar og’irlashtirgich yoki suspenzoid deyiladi. Og’irlashtirgich sifatida pirit, pirrotin, barit, magnetit, galenit kabi minerallar yoki temirning kremniy bilan qotishmasi - ferrosilitsiy ishlatiladi. Ularning orasidan ko’proq ishlatiladigani ferosilitsiy, magnetit va galenitdir. Suspenziya 0,15 mm yiriklikda yanchiladi.
5200 kg/m3zichlikka ega magnetitdan 2600 kg/m3gacha zichlikka ega bo’lgan suspenziya tayyorlash mumkin. Agar suspenziya tayyoriash uchun yanchilgan ferrosilitsiy (zichligi 6900 kg/m3) ishlatiladigan bo’lsa, suspenziyaning zichligi 3200 kg/m3ga yetishi mumkin; agar granulalangan ferrosilitsiy ishlatilsa, suspenziyaning zichligi 3800 kg/m3.
Suspenziyaning eng asosiy xossalari uning zichligi, qovushqoqligi va barqarorligidir.
Suspenziyaning zichligi (kg/m3) unda mineral zarra aralashmalarining ajralish imkoniyatlarini belgilaydi va quyidagi formuladan hisoblanadi:
  (33)
bunda:   - suyuq fazaning zichligi, kg/m3;
  - og’irlashtirgichning zichligi, kg/m3;
s - 1 m3 suspenziyadagi og’irlashtirgichning miqdori, kg.
Suv uchun:
  = 1000 + (  1000) . (34)
Bundan
s =   (  1000) / (  1000). (35)
Rudani og’ir suyuqliklarda samarali boyitish uchun suspenziyaning qovushqoqligi kichik bo’lishi kerak. Suspenziyada katta miqdorda shlamlarning yig’ilishiga yo’l qo’ymaslik kerak,shuning uchun dumaloq shakldagi zarrali og’irlashtirgichning og’irlik ulushi 80 % ni tashkil qilishi mumkin bo’lgan holda, hajmiy ulushi 25 % dan ortmasligi kerak.
Suspenziyaning barqarorligi og’irlashtirgich konsentratsiyasining turli balandlikdagi qatlamlarda doimiylik darajasi bilan xarakterlanadi.
Mayin zarrali suspenziyalar yuqori qovushqoqlikka ega bo’lsa ham barqarordir.
Boyitish amaliyotida suspenziyani barqarorlashtirish uchun turli usullar qo’llaniladi: yuqoriga ko’tariluvchi suyuqlik oqimini hosil qihsh, mexanik aralashtirish, gorizontal aralashtirish tezligini oshirish, suspenziyaga loy qo’shish va hokazo.
Suspenziyada mayin shlam va loyning miqdori qancha ko’p bo’lsa, suspenziya shuncha barqaror bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda uning qovushqoqligi ham ortadi, bu esa mayda zarrali mahsulotning ajralishini keskin yomonlashtiradi.
Og’ir suspenziyalarda 3-300 mm yiriklikdagi rudani boyitish mumkin. Agar boyituvchi apparat sifatida gidrosiklon ishlatilsa, rudaning yirikhgini 0,5 mm gacha pasaytirish mumkin.
Rudani og’ir suspenziyada boyitishning eng tipik sxemasi quyidagi sxema hisoblanadi. Maydalangan ruda mayin tuyulgan zarra va shlamlarni ajratib olish uchun elakka tushadi. Og’ir suspenziyada boyitishga elak usti mahsuloti tushadi va suspenziyada bu mahsulot yengil va og’ir fraksiyalarga ajraladi. Keyin ikkala fraksiya ham ruda bo’laklaridan og’irlashtirgichni yuvib tushirish uchun elaklarga beriladi. Yuvib tushirilgan og’irlashtirgichning xossalari qayta tiklanib (regeneratsiya), yana suspenziya tayyorlashga jo’natiladi.
Og’irlashtiigichning xossalariga qarab, qayta tiklashning turli usullari qo’llaniladi. Masalan, ferrosilitsiy yoki magnetitni qayta tiklash uchun magnit separatsiyasi, galenitni qayta tiklash uchun esa flotatsiya usuli muvaffaqqiyatli qo’llanilmoqda.
Og’ir suyuqliklarda boyitish uchun suspenzion separatorlarning quyidagi turlari ishlatiladi: elevatorli bo’shatiluvchi ichki spiralli barabanli separator; og’ir fraksiyani tashqi aerolift orqali bo’shatuvchi ichki aralashtirgichli konusli separator.

Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling