Reja: Umumiy qoidalar Ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlari
-modda. Ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash
Download 113.5 Kb.
|
EKSTRIRIZM
12-modda. Ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash
O‘zbekiston Respublikasi hududida ekstremizmni moliyalashtirish taqiqlanadi. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar ekstremizmni moliyalashtirishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar nazoratini, ichki nazoratni amalga oshiradi hamda tegishli tarzda tekshirish choralarini ko‘radi. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar zudlik bilan va oldindan xabardor qilmagan holda ekstremistik faoliyatga aloqador shaxslarning operatsiyasini, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisob raqamiga kelib tushgan pul mablag‘larini o‘tkazishga doir operatsiyalar mustasno, to‘xtatib turishi va (yoki) pul mablag‘larini yoxud boshqa mol-mulkini muzlatib qo‘yishi shart. Ekstremistik faoliyatga aloqador shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini muzlatib qo‘yish, shaxslarning operatsiyalarini tiklash, muzlatib qo‘yilgan pul mablag‘laridan yoki boshqa mol-mulkidan foydalanish huquqini taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishgan holda belgilanadi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-iyundagi PF-6252-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish” Strategiyasi. LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyun “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi o‘zbekiston respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi 402-son qarori LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari (ro‘yxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) Download 113.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling