Reja: Uzatish tizimlarining tuzilish prinsipi


Download 0.73 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1573388
Bog'liq
Umidullo


Uzatish liniyalarini moslashtirish. Yuklamalar
Reja:
Uzatish tizimlarining tuzilish prinsipi
Birlamchi signallar va ularni fizik tasniflar.
Uzatish tizimlari arxitekturasi va axborot taqsimoti.
Uzatish kanallari va ularning tavsifi
Yuklamalar
Elektr aloqaning birlamchi signali deb m a ’lum ot o‘zgartirgichining chiqishidan olinadigan elektr signaliga aytiladi. Birlamchi signal «x(t)» parametri kattaligining o ‘zgarishi uzatilayotgan m a’lumotni bir xil tarzda aks ettiradi. Ushbu birlamchi signal parametri taqdim etiluvchi parametr yoki axborot parametri deyiladi. Garmonik elektr signalning amplitudasi, chastotasi yoki fazasi; impulslar davriy ketma-ketligining amplitudasi, davomiyligi yoki fazasi; kod kombinatsiyalarining tuzilishi, razryadi va boshqa bunday parametrlarga misol bo‘la oladi.
Uzatish tizimlarining tuzilish prinsipi
Telekom m unikatsiya tizim lari va tarm oqlari (TKTT) tuzilishidagi birlamchi signal eltish obyekti hisoblanadi, shuning uchun u uzatkichdan qabul qilgichga kanal orqali uzatilishi kerak. Telekommunikatsiya tizimlari signalni bir joydan boshqa joyga eltib qo‘yish texnikasini, telekommunikatsiya tarmoqlari esa o‘ziga xos eltish tarmog‘ini (transport tarmog‘ini) ifodalaydi. Signalning Ts davomiyligi birlamchi parametr hisoblanadi, u signalning mavjud bo‘lish vaqti oralig‘ini belgilaydi. Birlamchi signalning o ‘rtacha quvvati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi
Analog (uzluksiz) signal. Taqdim etiluvchi (axborot) parametrlar kattaligi uzluksiz juda ko‘p holatlarni qabul qilishi mumkin bo‘lgan elektr aloqa signalini analog (uzluksiz) signal deyiladi. Agar impulsli signalning parametrlaridan (amplitudasi, davomiyligi, takrorlanish chastotasi, fazasi) biri cheksiz juda ko‘p holatlarni qabul qilsa, u analog signalga aylanadi.
Diskret (uzlukli) signal. Taqdim etiluvchi parametrlardan birining kattaligi kvantlansa, ya’ni sanaladigan juda ko‘p holatlarga ega bo‘lsa, elektr aloqa signalini diskret (uzlukli) signal deyiladi.
Birlamchi signallar va ularning fizik tavsiflari
Telefon (so‘zlashuv) signallari Ovoz boylamlari tovush yorig‘ini goh siqib, goh ochib havoni impuls-impuls tarzida o‘tkazadi, ularning takrorlanish chastotasi asosiy ton deyiladi. Asosiy tonning chastotasi 50 ... 80 Hz (eng past ovoz — bas)dan 200... 250 Hz (ayol va bolalar ovozi)gacha chegarada yotadi.
Tovushli eshittirish signallari Yuqori sifatli mikrofonlar tovushli eshittirish birlamchi signallarining manbalari hisoblanadi. Bu signallar turli xildagi signallarning almashinishi: nutq (diktor nutqini alohida ajratish kerak), badiiy o‘qish (so‘zlar va musiqa birikmalari), yakka ijrodan simfonik orkestrlarda ijro etiladigan musiqiy vokal va cholg‘u asboblari asarlarining almashinishini ifodalaydi.
Televizion signallar Birlamchi televizion signal elektron yoyilish usuli bilan optik tasvirni videosignal yoki yorug‘lik signaliga o‘zgartirib beradigan uzatuvchi televizion trubkaning yoyuvchi nuri yordamida hosil qilinadi.
Uzatish tizimlari arxitekturasi va axborot taqsimoti
Telegraf va ma’lumotlarni uzatishning birlamchi signallari telegraf apparatlari yoki ma’lumotlarni uzatish apparaturalarining chiqishidan olinadi hamda ular o‘zgarmas amplituda va davomiylikka ega bir qutbli (2.9-rasm, a) yoki ikki qutbli (2.9-rasm, b) to‘g‘ri burchakli impulslar ketma-ketligini ifodalaydi. Bunda musbat impuls, odatda, uzatilayotgan «1» simvolga, oraliq yoki manfiy impuls «0» simvolga mos bo‘ladi. Bunday signallarni ikkilik signallari deyish qabul qilingan.
Uzatish kanallari va ularning tavsifi
Ko‘p kanalli uzatish tizim (KKUT)larining kanallari bo‘yicha uzatiluvchi signallar liniyadan o‘tganda ayrim sabablarga ko‘ra buziladi va unga yana shovqin ta’sir qiladi. Kanalning sifati nuqtayi nazaridan buzilishlar belgilangan miqdordan oshib ketmasligi uchun kanalning elektrik xarakteristikalarini me’yorlashtirish zarur. TCH kanalning xarakteristikalarini me’yorlashtirishda kanalning uzunligi, tranzit ulanishlar, bundan tashqari, tovush chastotali kanallardan boshqa turdagi axborotlarni uzatishda foydalanish mumkinligini ham hisobga olish zarur. TCH kanalning eng asosiy xarakteristikalaridan biri qoldiq so‘nish hisoblanadi.
Yuklama — yordamchi soʻzlarning bir turi; ayrim gap boʻlagiga yoki gapga qoʻshimcha maʼno berish uchun qoʻllanadi. Yuklama tuzilishiga koʻra 2 xil boʻladi: Yuklamaqoʻshimcha (qoʻshimcha holiga kelib qolgan Yuklama: mi, chi, da, a, ya) va Yuklamasoʻz (ayrim soʻz holidagi Yuklama: faqat, xuddi, naq, ham). Hoz. oʻzbek adabiy tilida gapga yoki ayrim soʻzlarga qoʻshilganda anglatadigan maʼnolariga koʻra Yuklamaning quyidagi turlari farqlanadi: soʻroq va taajjub Yuklamalari (mi, chi, a, ya), asosan, gapni soʻroq gapga aylantiradi: Bu kitobni oʻqidingizmi?; kuchaytiruv va taʼkid Yuklamalari (ku, ham, u, yu, da, oq, ki) gapga tasviriylik berib, soʻz maʼnosini kuchaytirish, shuningdek, taʼkid maʼnosini qoʻshish uchun ishlatiladi. Masalan: Necha marta uchrashay dedimku, vaqtim boʻlmadi; ayiruv va chegaralov Yuklamalari (gina, faqat) turli soʻzlar bilan kelib, ularni ajratib, chegaralab koʻrsatish uchun qoʻllanadi. Mas: U faqat oʻsha voqea haqida soʻzlardi; aniqlov Yuklamalari (xuddi, naq, qoq) oʻzi aloqador boʻlgan gap boʻlagi maʼnosini aniqlash uchun xizmat qiladi. Masalan: Oʻgʻli otasining xuddi oʻzi. Yuklamalar, shuningdek, tasdiq, inkor, qistov kabi maʼnolarni ifodalash uchun ham ishlatiladi. Va yordamchi vazifasida keladi.
Etiboringiz uchun raxmat
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling