Reja: Vakolat va uning zarurati


-chizma. Boshqaruv ma’suliyatlari


Download 68.5 Kb.
bet2/5
Sana02.10.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1690640
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshqaruv vakolati

23-chizma. Boshqaruv ma’suliyatlari.
Boshqaruv vakolati va ma’suliyati bir-biri bilan hamohang bo’lishi kerak. Aks holda korxona va uning xodimlari uchun kutilmagan noxushliklar paydo bo’lishi hech gap emas. Masalan, topshirilgan vakolatning ma’suliyatdan baland bo’lishi ma’muriy beboshlikka, dabdababozlikka yo’l ochadi. Chunki bunday sharoitda rahbarlarni xatti-harakati jazolanmasdan qolishi mumkin.
Buning teskarisi esa, ya’ni ma’suliyatning vakolatdan baland kelishi holatlari faol harakatni shol(falaj) qilishgacha olib keladi. Chunki bunday sharoitda kishilar o’zlariga noxush holatlarni tug’dirib qo’yishlaridan xavotirda bo’lib, ortiqcha harakat qilishdan o’zlarini tiyadilar.
Shu sababli vakolat bilan ma’suliyatning munosibligi boshqarishning har bir bo’g’inidagi rahbar va xodimlar uchun o’ta zarurdir. Shundagina korxona faoliyati bir moromda taraqqiy etishi mumkin. Bu nisbatlarni quyidagicha tasvirlash mumkin(24-chizma).
Darhaqiqat korxonadagi mavjud va paydo bo’ladigan muammolarning barchasini faqat bitta rahbarning o’zi yechishga qodir emas. Yumushlarning ko’plagi, rahbar vaqtining yetishmasligi, muammolarning turli-tumanligi tufayli ularni bajarish uchun malakali shaxslar qarorlarini zrurligi kabilar lavozimli shaxslarga vakolat berish zaruriyatini tug’diradi (25-chizma).

Vakolat

Ma’suliyat

Ma’muriy o’zboshimchalikka yo’l qo’yiladi

<

Vakolat


Ma’suliyat

Boshqaruv faoliyatini falajlikka olib boradi

>



Vakolat

Boshqaruvni bir maromda borishini ta’minlash

Ma’suliyat


=


2 4-chizma. Vakolat va ma’suliyat nisbatlari.

Ishlab chiqarish miqyosini o’sishi

Boshqaruv vakolatlarini tarkibiy qismlarga ajratish zarurligi

Yakka boshqaruv imkoniyatining yo’qligi



25-chizma. Boshqaruv vakolatlarini berish zarurati.


Vakolat berish bilan rahbar, bir tomondan ikkinchi darajali ishlardan o’zini ozod etsa, ikkinchi tomondan qabul qilinganqarorlar ijrosini ta’minlash joyini yaqinlashtiradi. Boshqarishning u yoki bu bo’g’iniga topshiriladigan vakolat miqyosi yechiladigan muammolarning:

  • murakkabligiga;

  • muhimligiga;

  • turli-tumanligi kabi omillarga bog’liq. Qanchalik shu jihatlar mavjud bo’lsa, shunchalik vakolat miqyosi, ko’lami kengayadi.




Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling