Reja: Valuta bozori, uning turlari va ishtirokchilari
Download 253.81 Kb.
|
VOLYUTA KONVERTATSIYASI
Fyuchers operatsiyalari. Muddatli valuta operatsiyalaridan yana biri bo’lgan moliyaviy fyuchers bitimlari 1970-yilda xalqaro valuta bozorida birinchi bor qo’llanilishining o’zidayoq keng tarqaldi. Bu operatsiya aktivlarni bitim imzolanayotgan paytdagi narxlar bo’yicha biror vaqt o’tishi bilan sotib olishni yoki sotishni ifodalaydi.
Bu oldi-sotdi operatsiyasi fyuchers shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Unda operatsiyaga muddati, mijozlarning hisob raqami, qatnashchilari, kontragentlar, oldi-sotdi obyekti, mol yetkazib berish muddati, mol miqdori va narxlari ko’rsatiladi. Valuta fyuchersi esa kelgusi valuta oldi-sotdisiga tuzilgan shartnoma bo’lib, u bo’yicha sotuvchi ko’rsatilgan muddatda o’rnatilgan kurs bo’yicha aniq bir valuta miqdorini sotish, xaridor esa mazkur valutani shu shartlarda sotib olish majburiyatlarini oladi. Fyuchers shartnomasi uning bajarilish muddati yetib kelgunga qadar xaridor tomonidan sotilib, keyingi xaridorlarga ham qayta sotilishi mumkin. Shuning uchun fyucherslar savdosida: Valuta bo’yicha kelajakda valuta kursi o’zgarishini ko’rabilish; Fyuchers amal qilish muddatida doimo kurs o’zgarishlarinikuzatib borish va noxush holat ko’rina boshlanganda undan o’z vaqtida xalos bo’lish muhim ahamiyat kasb etadi. Fyuchers shartnomalari ikki vazifani amalga oshiradi: investorlarga bozorda valuta kursining noxush o’zgarishlari bilan bog’liq bo’lgan riskni xeirlashga imkon beradi; birjadagi chayqovchilarga bundan foyda olishga imkon be- radi. Fyuchers operatsiyalaridan olinadigan foyda marja deb ham yuritiladi. Fyuchers bitimlari forvard bitimlaridan farq qilgan holda: juda oddiy bekor qilinadi; valutaning qat’iy belgilangan summasida tuziladi; rasmiy birjalarda sotiladi va bunda faqat og’zaki oldi-sotdi qilish tan olingan; Fyuchers sotuvchilari fyuchers majburiyatlarining bajarilishini kafolatlash uchun birja dilerlariga pullik marjali to’lashni ko’zda tutishlari kerak. Opsionlar bilan bitimlar. Muddatli valuta operatsiyalarining yana bir turi – bu valuta opsionlaridir. Opsion – lotincha so’z «optio»dan olingan bo’lib, «tanlov» ma’nosini beradi. Opsion – bu ma’lum bir aktivni shartnomada qayd etilgan bahoda, oldindan kelishilgan sanada yoki kelishilgan ma’lum bir davr ichida sotib olish yoki sotish huquqini (sotib oluvchi opsioni uchun) boshqa shaxsga berilishi haqidagi ikki taraflama shartnomadir. Adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992-yil 8 dekabr. «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»giQonun. – T.: «O‘zbekiston». 1995-yil. O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyatito‘g‘risida»gi Qonuni. 1996-yil 25-aprel. O‘zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyatto‘g‘risida»gi Qonuni. 2000-yil. O‘zbekiston Respublikasining bank tizimida valutanitartibga solishga oid qonunchilik hujjatlari to‘plami. – T.: «O‘zbekiston», 2004. O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirishbo‘yicha qonunchilik hujjatlari to‘plami. – T.: «O‘zbekiston», 2003-yil. Karimov I.A. O‘zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat,mafkura. – T.: «O‘zbekiston», 1996-yil. Download 253.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling