Reja: Valuta bozori, uning turlari va ishtirokchilari
Download 221.55 Kb.
|
3 valyuta-operatsiyalari-va-uning-turlari
Fyuchers operatsiyalari. Muddatli valuta operatsiyalaridan yana biri bo’lgan moliyaviy fyuchers bitimlari 1970-yilda xalqaro valuta bozorida birinchi bor qo’llanilishining o’zidayoq keng tarqaldi. Bu operatsiya aktivlarni bitim imzolanayotgan paytdagi narxlar bo’yicha biror vaqt o’tishi bilan sotib olishni yoki sotishni ifodalaydi.
Bu oldi-sotdi operatsiyasi fyuchers shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Unda operatsiyaga muddati, mijozlarning hisob raqami, qatnashchilari, kontragentlar, oldi-sotdi obyekti, mol yetkazib berish muddati, mol miqdori va narxlari ko’rsatiladi. Valuta fyuchersi esa kelgusi valuta oldi-sotdisiga tuzilgan shartnoma bo’lib, u bo’yicha sotuvchi ko’rsatilgan muddatda o’rnatilgan kurs bo’yicha aniq bir valuta miqdorini sotish, xaridor esa mazkur valutani shu shartlarda sotib olish majburiyatlarini oladi. Fyuchers shartnomasi uning bajarilish muddati yetib kelgunga qadar xaridor tomonidan sotilib, keyingi xaridorlarga ham qayta sotilishi mumkin. Shuning uchun fyucherslar savdosida: Valuta bo’yicha kelajakda valuta kursi o’zgarishini ko’rabilish; Fyuchers amal qilish muddatida doimo kurs o’zgarishlarinikuzatib borish va noxush holat ko’rina boshlanganda undan o’z vaqtida xalos bo’lish muhim ahamiyat kasb etadi. Fyuchers shartnomalari ikki vazifani amalga oshiradi: investorlarga bozorda valuta kursining noxush o’zgarishlari bilan bog’liq bo’lgan riskni xeirlashga imkon beradi; birjadagi chayqovchilarga bundan foyda olishga imkon be- radi. Fyuchers operatsiyalaridan olinadigan foyda marja deb ham yuritiladi. Fyuchers bitimlari forvard bitimlaridan farq qilgan holda: juda oddiy bekor qilinadi; valutaning qat’iy belgilangan summasida tuziladi; rasmiy birjalarda sotiladi va bunda faqat og’zaki oldi-sotdi qilish tan olingan; Fyuchers sotuvchilari fyuchers majburiyatlarining bajarilishini kafolatlash uchun birja dilerlariga pullik marjali to’lashni ko’zda tutishlari kerak. Opsionlar bilan bitimlar. Muddatli valuta operatsiyalarining yana bir turi – bu valuta opsionlaridir. Opsion – lotincha so’z «optio»dan olingan bo’lib, «tanlov» ma’nosini beradi. Opsion – bu ma’lum bir aktivni shartnomada qayd etilgan bahoda, oldindan kelishilgan sanada yoki kelishilgan ma’lum bir davr ichida sotib olish yoki sotish huquqini (sotib oluvchi opsioni uchun) boshqa shaxsga berilishi haqidagi ikki taraflama shartnomadir. Mazkur shartnoma bo’yicha bir broker (diler) yozib, opsionni boshqa brokerga beradi, boshqa broker esa uni sotib oladi va opsion shartlari ko’zda tutgan muddat ichida uni («strayk» baho) o’rnatilgan kurs asosida opsionni yozib bergan shaxsdan (sotib oluvchi opsioni) ma’lum bir miqdordagi valutani sotib olish yoki unga bu valutani sotish (sotuvchi opsioni) huquqiga ega bo’ladi. Shunday qilib, opsion sotuvchisi valutani sotishga (yoki sotib olishga) majbur, opsionni sotib oluvchi shaxs esa buni qilishi shart emas. Ya’ni u valutani sotib olishi yoki sotib olmasligi (sotishi yoki sotmasligi) mumkin. Demak, opsion sotib oluvchini almashuv kursini kelishilgan «strayk» bahodan oshiq yoqimsiz o’zgarishidan himoya qiluvchi, valuta risklarini sug’urta qilish shaklidir. Agar almashuv kursi «strayk» bahodan oshib, ijobiy tomonga o’zgarsa, opsion daromad olish imkonini beradi. Opsionning «strayk» bahoga nisbatan almashuv (joriy) kursining o’sishi «apsayd» (inglizcha «upside» – yuqori tomoni) deb ataladi. Uning «strayk» bahoga nisbatan pasayishi esa «daunsayd» (inglizcha «downside» – pastki tomoni) deb ataladi. Opsionning 3 turi mavjud, ya’ni: Sotib olishga opsion («call option») – bu opsionni sotiboluvchi shaxsning, valuta kursining o’sish xavfidan (yoki ma’lum bir sanaga hisob-kitob qilishdan) o’zini himoya qilish maqsadida uning mazkur valutani sotib olish (yoki hisob-kitobni amalga oshirish) huquqidir (majburiyati emas). Sotishga opsion («put option») – bu opsionni sotib olganshaxsning valuta qadrsizlanishidan o’zini himoya qilish maqsadida shu opsionni sotishga (yoki ma’lum sanaga hisob-kitob qilish) huquqini (majburiyatini emas) bildiradi. Opsion stellaj (nemischa «stellage») yoki («put-call option»)– bu opsion egasiga valutani bazis bahosi bo’yicha sotib olish yoki sotish huquqini beradi (bir vaqtning o’zida sotib olish va sotishni emas). Opsionda uning muddati ko’rsatiladi. Opsionning muddati – bu sana yoki ma’lum bir davr bo’lib, sana yoki davr muhlati o’tib ketsa, mazkur opsionni ishlatib bo’lmaydi. Opsionning 2 andozasi mavjud: a) yevropacha va b) amerikacha. Yevropacha andozasi – bunda opsion faqat ma’lum bir belgilangan sanaga ishlatilishi mumkin. Amerikacha andozasi – bunda opsion davrining istalgan paytida opsion ishlatilishi mumkin. Opsion o’z kursiga ega. Opsion kursi – bu strayk bahodir (inglizcha «strike price»). Bu valutani, ya’ni opsion aktivini sotib olish («put») yoki sotish («call») mumkin bo’lgan bahosidir. Opsionga egalik qilish uni sotib olgan shaxsga oldindan bilib bo’lmaydigan kelgusidagi o’zgarishlardan o’zini himoya qilish imkonini beradi. Opsion shartnomasi opsion egasi uchun ijro etilishi majburiy bo’lgan shartnoma emas. Shuning uchun ham, agar opsion amalga oshmasa, egasi uni berib yuborishi yoki ishlatmasdan qoldirishi mumkin. Download 221.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling