Reja: Valuta bozori, uning turlari va ishtirokchilari
-chizma. Valuta bozorining turlari
Download 221.55 Kb.
|
3 valyuta-operatsiyalari-va-uning-turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-jadval Valuta bozorlari ishtirokchilari va ular o’rtasida tuziladigan bitimlar
2-chizma. Valuta bozorining turlari
Valuta bozori valuta munosabatlarining subyektlari va unda ishlatiladigan valutalarning soniga ko’ra, milliy, hududiy va jahon valuta bozorlariga bo’linadi. Milliy valuta bozorlari muayyan davlat hududida rezidentlar va xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi valuta munosabatlarini o’z ichiga oladi. Bu bozorlar milliy valuta konvertatsiya qilinmaydigan va qattiq valuta cheklovlari mavjud bo’lgan paytda davlat tomonidan milliy pul va valuta tizimini shakllantirish bosqichida shakllanadi. Bunday mamlakatlarda faqat vakolatli («devizli» yoki «valutali») banklar jahon valuta bozoriga chiqa oladi. Jahon valuta bozorining konyunktura mexanizmi deganda, odatda, ushbu bozorda valutalarga bo’lgan talab va taklifning shakllanish mexanizmi tushuniladi. Bozorning konyunktura mexanizmi murakkab bo’lib, uni o’rganish moliyaviy vositachilar uchun nihoyatda muhimdir. Chunki bozorda, operatsiyalar o’tkazish jarayonida qaror qabul qilish uchun moliyaviy vositachilar ma’lum bir tahliliy ma’lumotlarga asoslanishi kerak. 2-jadval Valuta bozorlari ishtirokchilari va ular o’rtasida tuziladigan bitimlar
Valuta bozorlarining ishtirokchilari ko’p bo’lib, ularni quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.Barcha ishtirokchilarni ikki asosiy guruhga ajratish mumkin, bular: Passiv ishtirokchilar. Ular vaqti-vaqti bilan valutaoperatsiyalarini amalga oshirish ehtiyoji yuzaga keluvchi subyektlar bo’lib, ko’pincha yirik bitimlarga murojaat qilishadi. Banklarda o’rnatilgan narx bo’yicha hisob-kitobni amalga oshiradilar. Aktiv ishtirokchilar. Ular «Market Makers» deb hamataladi. Asosan yirik va kam sonli bitimlarda ishtirok etib, o’z bo’limlariga va juda katta dilerlik shtatlariga egadirlar. Aynan ular bozorni shakllantiruvchilari hisoblanadi va passiv ishtirokchilar aynan ularga murojaat etadilar. Passiv ishtirokchilarga o’z narxlarini o’rnatadilar. Download 221.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling