Reja: Vatan ostanasi – uydan boshlanadi


Download 42.62 Kb.
Sana23.11.2023
Hajmi42.62 Kb.
#1795552
Bog'liq
Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir


Reja:

  1. Vatan ostanasi – uydan boshlanadi

  2. Vatanni asramoq – iymondadandir

  3. Mustaqillik – bizdan tortib olib bo’lmaydigan alloh bergan yagona ne’matdir

Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir
Vatan ostonadan boshlanadi. Inson dunyoga kelishi bilan vatan oldidagi burchi hamda vazifasi u bilan birga buladi. Har bir inson umri davomida "vatan menga nima berdi"-deb emas balki, "men vatanimga nima berdim"-deb yashashi kerak.
Farzand ona qornidaligidayoq tashqi muhitni his etib turar ekan. Mutahasislarni fikricha homlador ayol köproq ovoz chiqarib turli vatan haqida adabiyotlar öqisa foydadan holi emas ekan. Shuningdek tug'ilajak farzandga vatanga bölgan muhabbatni aslida tug'ilmasdan singdirib borishimiz maqsadga muofiqdir.
Vatanni onaga qiyoslashadi. Köplab adabiyotlarda "ona vatan" jumlasini juda köp uchratganmiz. Onamiz biz uchun qanchalar muqaddas zod. "onalar oyog'i ostida jannat" deyishadi. Onalarimiz bizga qanchalar umrini bag'shiyda etganini qarzini tölash uchun umrimiz kamlik qiladi. Ona farzandini dunyoga keltirish uchun nafaqat jismonan balki, ruhan toliqishini hech öylab körganmisiz? Onalar oldida vazifamizni buyuk islom dinimiz ham takidlab ötishgan. Afsuski, hozirgi kunda köpchilik volidasi oldidagi vazifasini unutib bormoqda. Shu örinda sahobalardan biri payg'ambarimiz Muhammad s.a.v ga bergan savoliga bergan javobi tahsinga loyiq deb öylayman.
Kimdir savol berdi aytgil Muhammad.
Yolg'iz sen rasulsan butgul olamga.
Eng avval yaxshilik qilay özing ayt.
Ota-onamgami yohud bolamga?

Rasul javob berdi, tingla birodar.
Sözimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar.
Eng avval onanga yaxsilik qilgil".
Bas, gar shunday ekan. Onamiz oldidagi burchimiz va vazifamiz vatanga bölgan muhabbatimiz bilan uyg'unlashmog'i zarur. Shu vatanda tug'ildik, ösdik imkoniyatimiz boricha vatan ravnaqi yölida kuch g'ayratimizni, bilim salohiyatimizni ayamaylik. Shu jumladan ayollarimizga e'tiborni kuchaytirishimiz kerak. Ularni mavqei 2 chi darajaga tushib qolmasligi zarur. Axir aytishadiyu "ayol bir qöli bilan beshekni, ikkinchisi bilan dunyoni tebratadi". Ayollarni e'zozlagan yurt kam bölmaydi.
"Biz hech kimdan kam bölmaymiz, kam emasmiz" shiorini yodda tutgan holda vatan ravnaqiga öz hissamizni qöshmog'imiz zarur. Axir bu muqaddas vatan bizniki emasmi? Uni sevishimiz köz qorachiday asrash burchimiz deb bilaman. Bu vatan, bu yurt seniki, meniki, uniki, buniki emas barchamiznikidir. Shu jumladan shuni ham yozishim kerak deb öylayman. Zero hozirgi kunda köplab vatandoshlarimiz eskicha boqimandalik kayfiyatida yurgani barchamizga sir emas. Mana shunday vatandoshlarimizga kerakli yordamlarni berib qöllasak nur ustiga a'lo nur bölardi deb öylayman. Zero oqibatli yurtda baraka böladi.
Xulosa örnida shuni alohida aytishim mumkinki, bu aziz va muqaddas vatan sizu bizlarga kecha yoki bugun bunyod etilmagan. Bu muqaddas vatan buyuk ajdodlardan avlodlarga me'rosdir. Shuning uchun vatan taraqqiyoti yölida ozmi, köpmi qöldan kelgancha öz hissamizni qöshish barchamizni burchimiz. Ushbu blokpost orqali vatanim hayotida salgina özgarish kirita olganimda edi. Men uchun bu eng katta baxt bölgan bölar edi.
Vatan – bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargohdir. Vatan – bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib boradigan zamindir. Uni asrab avaylash har birimizning farzandlik burchimizdir.

Bugun dunyoda integratsiyalashuv, globallashuv jarayonlari kechayotgan, insonlar yuksak texnologik taraqqiyotga intilayotgan, uning ijobiy natijalaridan foydalanayotganimiz barobarida kosmopolitizm kabi vatansizlikni targ’ib qiluvchi g’oyalarning tarqalishi kabi bir muncha havotirli jarayonlar ham mavjud. Ayni shu vaqtda biz yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashimiz oldimizda turgan nihoyatda muhim vazifalardandir.


Shuni to’g’ri anglagan holda prezidentimiz, hukumatimiz, mahalliy davlat hokimiyati organlari bunga katta e’tibor bermoqda. Xususan, bizning Andijon viloyatimizda ham bu boradagi ishlar to’g’ri yo’lga qo’yilgan. Andijon viloyati hokimining qaroriga asosan fuqarolarimizda vatanparvarlik ruhini shakllantirish maqsadida bir qancha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Jumladan, viloyatimizda yosh avlod vakillari bilan mehnat faxriylari, olimlar, shoirlar, mashxur sportchilar ishtirokida vatanparvarlikka chorlovchi uchrashuvlar tashkil qilish, vatanni madh etuvchi qo’shiqlar, she’rlar, badiiy adabiyot na’munalari tanlovlari e’lon qilingan. Shuningdek, haftaning xar juma kuni viloyatimizda Harbiy vatanparvarlik kuni deb e’lon qilingan. Andijon davlat universitetida ham yuqorida belgilangan chora tadbirlar doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Talabalar o’rtasida “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” nomli qo’shiq, she’r va insholar tanlovi e’lon qilingan. Bundan tashqari “Mardlar qo’riqlaydi vatanni” nomli sport musobaqalari uyushtirilgan. Bugun ham erta tongdan “Harbiy vatanparvarlik kuni” doirasida universitetimiz rahbariyati, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat universiteti boshlang’ich tashkiloti hamda bevosita talabalar tashabbusi bilan bir guruh harbiy xizmatni o’tab imtiyoz asosida o’qishga qabul qilingan talabalar universitet bo’ylab harbiy saf yurishlarini tashkil qildilar. Tadbirda Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev, prorektorlar, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar. Dastlab harbiy saf vatanni madh etuvchi jangovar saf qo’shiqlarini ijro etib universitet hududini aylanib chiqdi va yig’ilishlar maydoniga yetib keldi. Maydonda O’zbekiston madhiyasi ijro etildi. Tadbirni kirish so’zi bilan ochib bergan universitet rektor A.S.Yuldashev bunday tadbirlar har bir insonning qalbida o’zgacha g’urur, shavq uyg’otib, vatanga bo’lgan pok muhabbat tuyg’ularini vujudga keltirishini ta’kidladi. Ma’ruzachi o'z fikrini davom ettirib, - vatanparvarlik vatanni tanish, anglash, milliy g’urur, o’tmishni bilishdan boshlanadi, vatanni asrab avaylash barchamizning burchimiz, ushbu safda turgan yigitlarning ko’zidagi vatanga muhabbat, jasoratni ko’rib vatan ishonchli qo’llarda ekanini yana bir bor his qildim, – deya so’zlarini yakunladi.


Vatan – bu insonnning kindik qoni to’kilgan muqaddas dargohdir. Vatan — bu ajdodlar yashab o’tgan, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari shakllanib, o’sib, kamol topib boradigan zamindir. Uni asrab avaylash har birimizning farzandlik burchimizdir. Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kechayotgan bir paytda vatansizlikni va manqutlikni targ’ib qiluvchi g’oyalarning tarqalishi kabi birmuncha xavotirli jarayonlar ham mavjud. Ayni paytda biz yosh avlodni vatanga sadoqatli ruhda tarbiyalashimiz oldimizda turgan nihoyatda muhim vazifalardandir.ushbu maqsadda uyushmagan yoshlar bilan va maktab, litseylarda tadbirlar uyushtirib yoshlar qalbida vatanga bo’lgan pok muhabbat tuyg’ularini, vatan himoyasi uchun ularning qalbida o’zgacha g’urur shavq uyg’otib va ularda vatanni tanish, anglash, milliy g’urur, vatan tarixini bilish g’oyalarini shakllantirish zarur.
Vatanni onaga qiyoslashadi ko’plab adabiyotlarda “Ona vatan” jumlasini juda ko’p uchratamiz. Onamiz biz uchun qanchalar muqaddas zot. Hadisi sharifda ham “Jannat onalar oyog’i ostidadir” deyiladi. Onalarimiz biz uchun qanchalar umrini baxshida etganining qarzini ado etish uchun umrimiz kamlik qiladi. Ona o’z farzandini dunyoga keltirish uchun nafaqat jismonan balki, ruhan toliqadi. Muqaddas islom dinimiz ham onalar oldidagi vazifamizni alohida ta’kidlab o’tgan. Onamiz oldidagi burchimiz va vazifamiz Vatanga bo’lgan muhabbatimiz bilan uyg’unlashmog’i zarur. Shu aziz Vatanda tug’ildik, o’sdik imkonimiz boricha Vatan ravnaqi yo’lida kuch g’ayratimizni bilim-salohiyatimizni ayamaylik. Uni sevishimiz, ko’z qorachig’idek asrashni burchimiz deb bilamiz.
Ba’zi mamlakatlarda arzimagan sabablarni ro’kach qilib oilalar buzilishi yuzaga kelmoqda. Bu illat bizning vatanimizni ham chetlab o’tgani yo’q. Natijada go’daklar yetim bo’lib qolishmoqda. Bu esa bolalar kelajagiga jiddiy ta’sir qilmoqda. Tarbiyasiz yetim qolgan bolani ko’ngli kemtik bo’lib, kemtik joyni turli maqsaddagi kishilar to’ldirishga urinishi aniq. Mana shunday kemtiklikni vatanparvarlik ruhida to’diraylik. Bir-birimizga mehr-oqibatli bo’laylik. Zero bolalar oiladagi mehrni ko’rib vataniga o’z muhabbatini baxshida etsin. Xulosa qilib shuni ta’kidlamoqchimizki, shu aziz va muqaddas Vatan sizu-bizlarga buyuk ajdodlardan avlodlarga merosdir. Shuning uchun Vatan taraqqiyoti yo’lida ozmi, ko’pmi qo’ldan kelgancha o’z hissamizni qo’shish, Vatan himoyasi yo’lida kerak bo’lsa jonimizni ham fido qilish barchamizning muqaddas burchimizdir.
Vatan haqida shunchaki yozish anchayin mushkul. Ko‘ngilda Vatan tuyg‘usi shakl­lanmay turib, Vatanni his qilib bo‘lmaydi. Ba’zida o‘zga yurtlarda yumush vajidan yurgan odam Vatan qadrini kengroq biladi deyishadi. Aslida, Vatanning ichida turib ham Vatanda uni chin dildan sevib yashagan odam ham yurt qadr-qimmatini tugal anglay oladi.
Faqat… Vatan haqida yozishning yana bir mushkulligi shundaki, ko‘pincha odam o‘zi dildan suyadiganini alqashga, ta’riflashga munosib so‘z topolmay qoladi. Shu bois, Vatanni sevishni, uni ardoqlashni ovozsiz, sassiz, avvalo amalda, qilinayotgan ezgu ishlarda ko‘rgim keladi…
Axir, biz ota-onamizni biron manfaat kutmay sevamiz-ku! Vatanni ham ana shunday sevishimiz, ardoqlashimiz kerak.
“Musofir bo‘lmaguncha musulmon bo‘lmaysan” — betakror maqol. Ko‘pincha Hazrati Boburning:
O‘z yurtni qo‘yub hind sori yuzlandim,
Yo rab, netay bu ne yuz qarolig‘ bo‘ldi…
Ha, ushbu satrlar yodimga tushadi.
Bobur Hazratlari o‘z tug‘ilib o‘sgan vatanidan o‘zga yurtlarga ketishga majbur bo‘ldi. Shoh va shoirning qalbidagi armon bu. Mana shu ikki satrning o‘zida shoirning qalbini o‘rtagan dard, ya’ni Vatan sog‘inchini ilg‘aymiz. Shoir shohlik libosida o‘zga yurtda yaratuvchanlik va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirsa-da, alal oqibat bari vatanning bir tilim qovuniga arzimas ekanligiga iqror bo‘ladi…
Bolaligim buvimning yonida o‘tdi. Buvim so‘fi azon aytmasidan xamir qorib qo‘yardi. Non yopguncha hovlini supurardi. Ozoda va pazanda ayol edilar. Quyosh olamni yoritganda tandirdan nonlar uzardi. Menga kichkina kulcha berar, men uni ariq suviga botirib rohatlanibyerdim. Hovlidan rayhon isi ufurib turardi. Buvimning uyi — mening vatanim edi.
Vatan degani shu bir siqim tuproq, deya bolalarga xos fikrlardim. Keyinchalik ana shu bir siqim tuproqda hikmat ko‘pligini, buvimning hovlisiga hech narsani almashib bo‘lmasligini angladim…
Bugun ona yurt haqida yoza turib, o‘sha damlarni esga olayapman. Beixtiyor o‘yga tolaman, O‘zbekiston atalmish ota makonim shu — mening vatanim!
Biz, tug‘ilib o‘sgan, bizni ulg‘aytirgan vatanimizga xiyonat qilishga zarracha haqqimiz yo‘q!
Vatan ostonadan boshlanishini men o‘z bolaligim kechgan ajib kunlarda kashf etdim.
Yana o‘ylasam, Vatanni bizga sevishni va ardoqlashni o‘rgatadigan atrofimizdagi mehridaryo odamlar ekan! Inson bolasi bir umr mehrga tashna. Hadeganda ko‘zga ko‘rinmas rishta yaxshi insonlar bilan yonma-yon yashashga, mehnat qilishga, qaynoq va jo‘shqin hayot sari talpinishga chorlayveradi…
Vatan ozodligi — davlat Mustaqilligidir. Istiqlol bizga nasib etgan eng buyuk ne’mat — bu Vatanimiz mustaqilligi. Ana shu buyuk ne’matni qo‘lga kiritish, el-ulusni o‘zyerida erkin yashashini ta’minlash yo‘lida kurashgan ota-bobolarimizning maqsadi ham Vatanni ozod ko‘rish bo‘lgan.
Mustaqillik — bu o‘z oring, shonu shavkating, erking, ona tiling, milliy tarixing, o‘z diningni, o‘zligingning qaytarilishidir! Bu balandparvoz, shunchaki tilda takrorlanadigan so‘zlar emas. Bu shu yurtda tug‘ilib o‘sgan, shu yurtning noniniyeb, suvini ichgan har bir insonning ongu shuurida kechadigan, ham qalban, ham aqlan mushohadaga chorlaydigan bir da’vatdir!
Zotan, Istiqlol — bizning o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilashimiz, bugun va ertaga ulkan ishlar qilishimizga keng yo‘l ochdi. Erkimiz, dinimiz, tariximizni qaytarib berdi. Biz o‘z fikrimizni erkin ayta oladigan ozod insonga aylandik. Ming shukr, so‘nggi 3 yil davomida yurtimizda ro‘yobga chiqarilayotgan ulkan bunyodkorliklar, yangilanishlar har birimizning hayotimizni, o‘y-fikrlarimizni o‘zgartirib yubordi. Biz chinakam kelajagi yuksak, porloq Vatan uchun mehnat qilishni o‘rgandik.
O‘zgarishlar — hamma jab­hada. Har bir viloyat, shahar, tuman va mahallalarda obod­lik uchun kurashmoqda, harakat qilinmoqda. Vatanimizda ulkan bunyodkorliklar ro‘yobga chiqarilmoqda. Bu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. Hech narsa o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi ham. Hech kim kelib bizga yaxshi sharoitni ham yaratib bermaydi. Shu bois, mamlakatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ulug‘, savobli amallarda har bir yurt­doshimiz o‘z hissasini qo‘shishi kerak.
Vatanni sevish, shu xalqqa xizmat qilish, uning yanada obod bo‘lishiga hissa qo‘shmoqlikdadir.
O‘quvchi — yaxshi o‘qisin, talabalar berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, yaxshi inson va munosib kadr bo‘libyetishsin, dehqonu chorvador mehrini o‘z ishida ayamasin, shunda unum va barokat bo‘ladi. Olimu fuzalolarimiz esa ilmu fanda, madaniyat ma’rifatda buyuk bobolarimizdan ulgu olib shu yurt uchun jonfidolik qilsalar, katta-kichik rahbarlar Yurtboshimiz qo‘yayotgan vazifalarni vijdonan ado etsa, bizga kim havas qilmaydi?!
Ehtimol, bu fikr-mulohazalarimda hech bir yangi gap yo‘qdir, ammo mening nazarimda vatanni sevish hamisha shunday oddiy, lekin oson ish emas. Biroq eng ulug‘ saodat shudir.
Download 42.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling