Reja: Vatanparvarlik insonparvarlik tushunchalari ularning mohiyati


Vatanparvarlikning eng oliy tuyg`u sifatida o`tmish mutafakkirlari alohida qayd etganlar va o`zlari ham unga sodiq qolganlar. Endi ana shu qaydlardan ba`zilarini eslab o`tamiz


Download 12.56 Kb.
bet2/4
Sana04.11.2023
Hajmi12.56 Kb.
#1745990
1   2   3   4
Bog'liq
Toshpo`latova Marjona.1.jpg

Vatanparvarlikning eng oliy tuyg`u sifatida o`tmish mutafakkirlari alohida qayd etganlar va o`zlari ham unga sodiq qolganlar. Endi ana shu qaydlardan ba`zilarini eslab o`tamiz.

Vatanparvarlik deganda esa yana quyidagilarni anglash joiz:

  • -o`z xalqini, tarixini yaxshi bilish va u bilan fahrlanish:
  • -qadimiy obidalar, mislsiz imoratlar, ajdodlar yaratgan moddiy va ma`naviy me`roslarni ko`z qorachig`iday asrash va avlodlarga taqdim etish:
  • -xalqimizning, ajdodlarimizning go`zal va ma`noli urf-odatlar, rasm-rusm va udumlarni qadrlay bilish, ularni davom ettirish:
  • -ajoyib vatandoshlar - ajdodlar nomi bilan, ularni ulug` ishlari, ijodlari bilan fahrlanish, ularni ishlarini davom ettirish, ularga munosib voris bo`lish:
  • -shunday ajoyib xalqqa, yurtga, uning boy tili va madaniyatiga mansubligi bilan fahrlanish:
  • -turon zaminni himoya qilib, tomirdan ohirgi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan bahodirlarni, ayovsiz janglarda halok bo`lgan qahramonlarni yod etish:
  • -asrimizning 20-50 yillari va nihoyat 80- yillarida xalqimiz, millatimizga qarshi uyushtirilgan qatag`onlarda qamoq va surgin a`zoblarni boshdan kechirgan va halok bo`lgan minglab millatmiz gullarini unutmaslik:
  • -bu aziz va go`zal vatanimizda yuksak e`tiqod bilan yashash unga hamisha sadoqatli bo`lishdir

Vatanparvarlik hammamizning o`z ishimizga mas`uliyat bilan qarash, vatanning boyliklarini ko`z qorachig`iday asrash, boyliklariga boylik qo`shishga o`z ulushimizni qo`shish uni fan cho`qqilari sari intilish va boshqalardir. Vatanparvarlik bir so`z bilan aytganda o`z ijobiy ishlarimiz, bunyodkorlik harakatlarimiz bilan uning kuch-qudratiga, gullab yashnashiga imkon darajasida hissa qo`shish: -ona yurtimizda tinchlik, barqarorlikni va osoyishtalikni saqlashga intilish vatanparvarlikning belgisidir. -vatanparvarlik-xalqaro munosabatlari vatan, millat manfaatlarini birinchi o`ringa qo`yishdir. Vatanparvarlik tushunchasi insonparvarlik tushunchasi bilan uyg`undir. Vatanparvarlik uchun intilish, vatanpavrvarlik uchun kurashning zaminida insonparvarlik yotadi.


Insonparvarlik bu o`zbek xalqi milliy ruhiyatning ajralmas fazilatidir.
U purma`no va sermazmun tushunchadir. Insonparvarlik inson, xalqning ajralmas hislati tarzida ko`zga tashlanadi. Qur`oni Karim insonparvarlik g`oyalari asosiga qurilgan. Muhammad alayhissalom hadislari g`oyalarga boy xikmatlar majmuasidir. Insonparvarlik kishilarning bir-biriga hurmatida, qadr-qimmatida, mehr shafqatida, diyonatda, o`zaro ko`maklashuvida hamdardlikda, boshqalar qayg`usiga sherik bo`lib, quvonchidan va baxtidan sevinishda, xalq baxti va yutuqlaridan fahrlanishda ko`rinadi. O`zbek xalqi doimo u insoniyat dardini kuylab kelgan. Al-Horazmiy, Al-Beruni, Ibn Sino, az-Zamahshariy, Pahlavon Mahmud, A Navoiy, Ogahiy, asarlardagi g`oyalar -insonparvarlik ruhi bilan ajarlib turadi. Xususan, Navoiy ijodida insonparvarlik alohida ahamiyat kasb etadi. Uningcha, vatanga, xalqqa sadoqat eng avval uning taqdiri ustida g`amxo`rlikdan iboratdir. Insonga nisbatan bepavolik, uning taqdiri va baxtu saodati ustidagi g`am yemaslik tarafli inson uchun tamomila yotdir.

Download 12.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling