Bilimdonlik, do`stlikka sadoqatlilik, rostgo`ylik, adolatparvarlik - ma`naviy fazilat.
3. Iymon, diyonat, adolat, mehr-shafqat, e`tiqod poklik, halollik va vafodorlik ota - onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat va g`amxo`rlik-shaxsning oliyjanob fazilatlari.
Xulosa shuki, poklik va halollik iymonli bo`lishning asosiy shartidir. Insondagi yaxshi yoki yomon illatlarning uning iymoniga, ya`ni pokligi va halolligiga bog`liq. Inson iymonining pokligiga doimo shayton rahna solib, uni yo`ldan adashtirmoqchi, noshar`iy yo`llarga solmoqchi, halollik, poklik yo`lidan urmoqchi bo`lib qalbida g`ulg`ula uyg`otishga harakat qiladi. Shuni yaxshi esda saqlashimiz kerakki, poklik va halollik yonida doimo uni shu yo`ldan ozdirmoqchi bo`lgan shaytoniy vasvasa hamroh bo`lib yuradi. Ozgina iymon yo`lidan toyilishga moyillik bo`lsa, o`sha yerda darrov shaytoniy hissiyot bosh ko`taradi. Shuning uchun doimo iymon, poklik va halollik yo`lida xushyor turishimiz kerak. Bu ayniqsa, bozor munosabatlariga o`tish davrida nihoyatda zarur. Kamtarlik-inson ichki ma`naviy dunyosining namoyon bo`lishidir. Agar insonning qonida, qalbida yumshoqlik, saxovat, odob-andisha, sharm-hayo, or-nomus, oriyat bo`lmasa ming harakat qilmasin, baribir, odamlarga ko`ziga kamtar bo`lib ko`rina olmaydi. Xullas, har birimizni iymon, poklik va halollik, or-nomus, shar-hayo, kamtarlik, ko`yingki insonni bezovchi go`zal xulq-odob, axloq tark etmasin.
E'TIBORINGIZ UCHUN
RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |