Reja: Viza tushunchasi
Download 134.2 Kb.
|
Visa brendi va uning boshqaruv faoliyati
Qanday kartalar mavjud?
To’lov tizimlarida sezilarli farq yo’q. Visa va MasterCard dunyodagi yirik to’lov tizimlaridir. Ularning kartalari dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qabul qilinadi. UnionPay qamrovi yildan-yilga kengayib bormoqda, kartadan dunyoning 174 mamlakati va hududlarida foydalanish mumkin. Spot tomonidan so’ralgan banklarning ta’kidlashicha, Yevropaga sayohat qilishda MasterCard’ni, AQShga esa Visa’ni olib borish tavsiya etiladi. Xalqaro kartalardan bankomat orqali naqd pul yechib olish, tovarlar va xizmatlar haqini to’lash va internetda xaridlarni amalga oshirish uchun foydalanish mumkin. Kartalar ma’lum bir to’lov tizimiga qarashliligidan qat’i nazar, turlariga ko’ra farqlanadi — virtual, elektron, oddiy va premium. Virtual karta elektron ravishda ochiladi, shu sababli uni terminallarda yoki bankomatlarda ishlatish mumkin emas. Asosiy afzallik — rasmiylashtirishning osonligi va past tariflardir. Kartani uydan chiqmasdan turib, bankning mobil ilovasi orqali ochish mumkin, va odatda, kuymaydigan depozit 10 $dan oshmaydi. O’zbekistonda bunday kartalarni bir nechta banklarda ochish mumkin, masalan, “O'zmilliybank” va Hamkorbank’da. Birinchisida buni bepul amalga oshirish mumkin, kuymaydigan qoldiq — 5$, Hamkorbankda ro’yxatdan o’tish uchun siz 10 ming so’m to’lashingiz kerak, ammo sug’urta depoziti yo’q. Elektron kartalarga Visa Electron, Maestro kiradi. Bunday kartadagi har qanday operatsiya faqat karta rekvizitlarining elektron tekshiruvidan so’ng amalga oshiriladi, shuningdek hisobda yetarli mablag' bor-yo'qligi tekshiriladi. Shuni yodda tutish kerakki, elektron kartalar hamma joyda ham qabul qilinavermaydi. Agar siz bunday karta bilan sayohat qilishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, bankomat yoki chakana savdo do’koni qabul qilmaslik holatlarini bartaraf etish uchun naqd pul olib yurish kerak bo’ladi. Shunga qaramay, elektron kartalar yordamida bankomatlardan naqd pul yechish, internet orqali va savdo nuqtalarida to’lovlarni amalga oshirish mumkin. Texnik xizmat ko’rsatish oddiylariga qaraganda arzonroqga tushadi. O’zbekiston banklarida bunday kartalar ko’pincha bepul chiqariladi, sug’urta depoziti 5−20 $ni tashkil etadi. Eng keng tarqalgan tur — bu klassik kartalar (Visa Classic, MasterCard Classic). Ular xizmat ko’rsatishning past narxiga va keng funksionallikka ega. Kartalar yordamida mehmonxona xonasini bron qilish, aviachiptalarni xarid qilish kabilarni amalga oshirish mumkin. Premium karta egalari (Gold, Platinum) to’lov tizimlari hamkorlaridan chegirmalar, shuningdek, bir qator qo’shimcha xizmatlarga ega bo’lishadi — masalan, chet elga sayohatda bepul sug’urta, yuridik va tibbiy yordam. O’zbekistonda milliy valyutani chet el valyutasiga konversiyalash cheklanganligi sababli, konversion kartalar ham mavjud. Ba’zi banklarda ular alohida turga bo’linadi, bu holda karta nomiga Exchange qo’shimchasi qo’shiladi, boshqalarida esa — so’mni oddiy valyuta kartasiga o’zgartirish mumkin. Download 134.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling