Reja: Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining umumiy qoidalari


Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo`lanadigan jazo tizimi va turlari


Download 100 Kb.
bet4/9
Sana18.03.2023
Hajmi100 Kb.
#1279943
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligi xususiyatlari

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo`lanadigan jazo tizimi va turlari.

“Bola huquqlari to`g`risidagi” Konvensiyada bolalarning jismoniy, aqliy, ijtimoiy rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish jamiyatning voyaga yetmaganlar oldidagi burchi ekanligi belgilab qo`yilgan. Voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishi muayyan ma`noda jamiyat tomonidan yuqoridagi majburiyatlarining bajarilmaganligini ifodalaydi4[155]. Adolatning tiklanishi birinchi navbatda voyaga yetmaganlarning qayta tarbiyalanishida ifodalanadi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo`lanadigan jazo tizimi, jinoyat qonuni bilan belgilangan va sud uchun majburiy hisoblangan jazo choralarning ro`yxati bo`lib, ular o`z navbatida muayyan tartibda joylashtirilgan va qo`llanish tartibi va chegaralari belgilangan ro`yxatdir.
O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarga nisbatan qo`llanadigan jazo tizimining asosiy vazifasi voyaga yetmaganlarni majburlash va tarbiyalash hisoblanadi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashning asosiy maqsadi tarbiyalash bo`lsada, lekin og`ir jinoyat sodir etganlarga nisbatan og`ir jazo tayinlanishini istisno etmaydi. Bunday holatda og`irroq jazo tayinlamaslik, voyaga yetmaganlarda mas`uliyatsizlikni keltirib chiqaradi.
«Bola huquqlari to`g`risidagi» Konvensiyada voyaga yetmaganlarga nisbatan o`lim va umrbod ozodlikdan mahrum qilish kabi jazolar qo`llanilishi mumkin emasligi belgilangan
Voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo tizimi:
1) davlat majburlov chorasining alohida turlaridan tashkil topgan;
2) jazo tizimi elementlari o`zaro bog`liq bo`lib, biri ikkinchisiga bog`lanib va to`ldirib keladi;

  1. 3) davlatning majburlov choralari ro`yxati qat`iy bo`lib, kengaytirib talqin qilinishi mumkin emas. Shuning uchun voyaga yetmaganlarga nisbatan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tegishli moddasi sanksiyasida ko`rsatilgan bo`lsada, lekin 84-modda ko`rsatilmagan jazo choralari qo`llanilmaydi;

  2. 4) belgilangan jazo choralari yengilidan og`iriga qarab joylashtirilgan.

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 81-moddasida ko`rsatilgan jazolar voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanishi mumkin bo`lgan jazo turlarining qat`iy ro`yxatidir. Ushbu moddada jazo tizimi eng yengilidan og`iriga qarab joylashtirilgan, ya`ni:

  1. 1) jarima

  2. 2) axloq tuzatish ishlari

  3. 3) qamoq

  4. 4) ozodlikdan mahrum qilish

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida emas, balki, 82-85 moddalarda belgilangan doirada jazo tayinlanadi. Voyaga yetmganlarga nisbatan qo`shimcha jazo chorasi qo`llanilmaydi.


Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling