Reja: Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining umumiy qoidalari
Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo`lanadigan jazo tizimi va turlari
Download 100 Kb.
|
Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligi xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo`lanadigan jazo tizimi
Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo`lanadigan jazo tizimi va turlari.
“Bola huquqlari to`g`risidagi” Konvensiyada bolalarning jismoniy, aqliy, ijtimoiy rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish jamiyatning voyaga yetmaganlar oldidagi burchi ekanligi belgilab qo`yilgan. Voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishi muayyan ma`noda jamiyat tomonidan yuqoridagi majburiyatlarining bajarilmaganligini ifodalaydi4[155]. Adolatning tiklanishi birinchi navbatda voyaga yetmaganlarning qayta tarbiyalanishida ifodalanadi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo`lanadigan jazo tizimi, jinoyat qonuni bilan belgilangan va sud uchun majburiy hisoblangan jazo choralarning ro`yxati bo`lib, ular o`z navbatida muayyan tartibda joylashtirilgan va qo`llanish tartibi va chegaralari belgilangan ro`yxatdir. O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarga nisbatan qo`llanadigan jazo tizimining asosiy vazifasi voyaga yetmaganlarni majburlash va tarbiyalash hisoblanadi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashning asosiy maqsadi tarbiyalash bo`lsada, lekin og`ir jinoyat sodir etganlarga nisbatan og`ir jazo tayinlanishini istisno etmaydi. Bunday holatda og`irroq jazo tayinlamaslik, voyaga yetmaganlarda mas`uliyatsizlikni keltirib chiqaradi. «Bola huquqlari to`g`risidagi» Konvensiyada voyaga yetmaganlarga nisbatan o`lim va umrbod ozodlikdan mahrum qilish kabi jazolar qo`llanilishi mumkin emasligi belgilangan Voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo tizimi: 1) davlat majburlov chorasining alohida turlaridan tashkil topgan; 2) jazo tizimi elementlari o`zaro bog`liq bo`lib, biri ikkinchisiga bog`lanib va to`ldirib keladi; 3) davlatning majburlov choralari ro`yxati qat`iy bo`lib, kengaytirib talqin qilinishi mumkin emas. Shuning uchun voyaga yetmaganlarga nisbatan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tegishli moddasi sanksiyasida ko`rsatilgan bo`lsada, lekin 84-modda ko`rsatilmagan jazo choralari qo`llanilmaydi; 4) belgilangan jazo choralari yengilidan og`iriga qarab joylashtirilgan. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 81-moddasida ko`rsatilgan jazolar voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanishi mumkin bo`lgan jazo turlarining qat`iy ro`yxatidir. Ushbu moddada jazo tizimi eng yengilidan og`iriga qarab joylashtirilgan, ya`ni: 1) jarima 2) axloq tuzatish ishlari 3) qamoq 4) ozodlikdan mahrum qilish Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida emas, balki, 82-85 moddalarda belgilangan doirada jazo tayinlanadi. Voyaga yetmganlarga nisbatan qo`shimcha jazo chorasi qo`llanilmaydi.
Download 100 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling