Reja: Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining umumiy qoidalari
Download 100 Kb.
|
Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligi xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sog ` lig ` ining holati
Voyaga yetmagan shaxsning tarbiyasi va yashash sharoiti- bu 18 yoshga to`lmagan shaxslarga nisbatan belgilangan, uning yashashi, uni tarbiyalashda qo`llanilayotgan usul va vositalar kabi holatlardir. Sud bunda voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi, vasiylar va homiylar hamda oiladagi boshqa shaxslarning holatini e`tiborga olishi lozim.
Sog`lig`ining holati –bu nafaqat voyaga yetmaganning kasalmasligi yoki jismoniy nuqsonlari yo`qligini belgilovchi, shuningdek,, uning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holatining ko`rsatkichidir. Voyaga yetmaganlarga ta`sir qiluvchi va sud tomonidan hisobga olinishi lozim bo`lgan holatlarga quyidagilar kiradi: voyaga yetmagan shaxsning yoshi, jinoyatni sodir etganligiga chin ko`ngildan pushaymonligi, aybini bo`yniga olganligi, jinoyatni ochishga yordam berganligi, jinoyatni og`ir oilaviy ва shaxsiy ahvolidan kelib chiqib sodir etganligi kabilar. Bu holatlarning barchasi sud hukmida ko`rsatilishi kerak. Bundan tashqari qonun chiqaruvchi tamoyiliga asoslanib, bolalikdagi sho`xlik tufayli birovga ozor yetkazishi bilan jinoyat o`rtasidagi aniq chegarani bilmasligi, u yoki bu axloqiy estetik chegaralarni aniq tasavvur qila olmaydigan yoshda ekanligini e`tiborga oladi. Voyaga yetmaganlar javobgarligini individuallashtirishda jinoyat to`gri kvalifikatsiya qilingach, sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga mos bo`lgan ta`sir chorasini: 1) qo`llanadagan jazo chorasining turi, muddati yoki miqdori; 2) tarbiyaviy xususiyatga ega bo`lgan jazo chorasini qo`llab 3) jazodan ozod qilishni qo`llash lozimligini hal qiladi. Voyaga yetmaganlarning javobgarligini individuallashtirishda sud ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazo chorasini qo`llashga katta e`tibor berishi lozim. Agar yengilroq jazo chorasi javobgarlikka tortishdan belgilangan maqsadga erishishni ta`minlamasagina og`irrog`i tayinlanadi. Jazo tayinlashda sud jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini va xususiyatlarini, motivini, yetkazilgan zarar miqdorini va xususiyatini, ayblanuvchining shaxsini, jazoni og`irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olishi kerak. Jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati birinchi navbatda jinoyatning obyektiga bog`liq bo`ladi, ammo voyaga yetmaganlar har doim ham qonun bilan qo`riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarning elementlarini va ko`p tomonlamaligini to`g`ri va to`liq anglab yetmaydi. Sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligini, jinoyatni sodir qilishdagi barcha holatlarni (aybning shaklini, motivi, usuli, qilmish ishtirokchilikda jinoyat sodir etilganida ishtirokchilik darajasini) hisobga olish lozim. Voyaga yetmaganlar tomonidan uncha og`ir bo`lmagan jinoyat sodir etilganida, uni jazo tayinlamasdan tarbiyalovchi xususiyatga ega bo`lgan majburlov choralarini qo`llash orqali ta`sir etish mumkinmi? degan savolga javob topish lozim bo`ladi. Ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarga jinoiy jazo tayinlanishiga yo`l qo`yilmasligi kerak. Aybning turli shakllaridan kelib chiqib, aybdorning o`z harakatini anglashi, qasdning paydo bo`lish vaqti (to`gri yoki egri qasd, oldindandan o`ylangan yoki to`satdan paydo bo`lgan va boshqalar), ro`y bergan oqibatga ko`ra hatto qasddan sodir etilgan jinoyatlar ham bir-biridan farqlanadi. Voyaga yetmaganlar tomonidan qasddan sodir etilgan jinoyatlarda ko`pchilik hollarda voyaga yetganlardagidek qasd kuchli bo`lmaydi. Voyaga yetmaganlar tomonidan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlarni huquqiy jihatdan baholash bir muncha qiyinroq. Jinoyat sodir qilgan voyaga yetmagan shaxs o`z qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatlarni keltirib chiqarishi, ijtimoiy xavfliligini anglashi qiyin bo`ladi, agar uni bilsa ham, o`z-o`ziga ishonish orqali ijtimoiy xavfli oqibatni oldindani olish mumkin deb o`ylaydi, ammo uni bartaraf eta olmaydi9[160] Voyaga yetmagan shaxs tomonidan ehtiyotsizlik orqasidan jinoyat sodir etilganda jinoyat tarkibi subyektiv tomoni belgilari, shaxsning individual mezonlari (intelektual jihatdan to`liq rivojlanmaganlik, ruxiyatining o`ziga xosligi, hayotiy tajribaga ega emasligi) ijtimoiy xavfli oqibatni anglab yetishiga imkon bermaydi. Voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini belgilashda jinoyatning maqsad va motivi katta ahamiyatga ega. Voyaga yetmagan shaxsning his-hayajonga tez beriluvchanligi yuzaga kelgan o`zgarishlar, birinchi navbatda, ularning hodisani anglashi va faoliyatida o`z aksini topadi. V.A.Ribalskayaning fikricha voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga davlatdagi ijtimoiy, iqtisodiy o`zgarishlar ham ta`sir etadi. Bu holat boshqacha yashash sharoitining vujudga kelishi, mehnat qilishdagi, ta`lim olishdagi o`zgarishlar bilan bog`liq bo`ladi10[161] Voyaga yetmaganlar javobgarligini individuallashtirishda ularning shaxsiy belgilariga ham e`tibor berish lozim. Voyaga yetmaganlarning shaxsiy belgilari deganda: turmush tarzi, ma`lumoti, oilaviy ahvoli, ruhiy belgilari, qiziqishi, huquq normalariga bo`lgan munosabati va x.h. e`tiborga olinadi. Bundan tashqari Jinoyat kodeksining 55-moddasi 1-qismi «j» bandiga muvofiq shaxsning voyaga yetmaganligining o`zi jazoni yengillashtiruvchi holat hisoblanadi. Jazoni og`irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlar aybdorga tayinlanadigan jazoning tarbiyaviy va jazolov funksiyalarining nisbatini to`g`ri tanlashga yordam berib, uni imkoni boricha qayta tarbiyalashga hamda boshqa jinoyatlar sodir etishining oldindani olishga yordam beradi. Jazoni yengillashtiruvchi holatlarni quyidagi uchta asosiy guruhga: 1) jinoyat subyektining shaxsini ifodalovchi holatlar 2) jinoyatning motivi va uning shakllanishi bilan bog`liq holatlar 3) subyektning sodir qilgan jinoyatiga nisbatan munosabatini ifodalovchi holatlarga ajratish mumkin. Yuqoridagi holatlar voyaga yetmaganlarning jinoyat ishlaridagi o`ziga xos xusususiyatlarini e`tiborga olib tadbiq etilishi lozim. Ammo bu xususiyatlar masalasiga kamroq e`tibor beriladi. Bitta muayyan holatning katta yoshdagilar va voyaga yetmaganlarning jinoyat ishlarida ahamiyati turlicha bo`lib, sud jarayonida sudlanuvchilarga jazo tayinlashga turlicha ta`sir qiladi. Shuni ham aytib o`tish kerakki, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 55-56-moddalarida ko`rsatilgan holatlarning ayrimlari voyaga yetmaganlarga umuman taalluqli emas yoki taalluqli bo`lsa ham qator zaruriy cheklashlarga ega. Bunday cheklashlar, xususan, voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashning umumiy asoslariga tayangan holda ham belgilanishi mumkin. Voyaga yetmaganlarga bir qancha jinoyatlar uchun jazo tayinlashda kattalarga jazo tayinlashdan farqli ravishda javobgarlikka tortilayotgan shaxsning yoshi (13 yoshdan 16 yoshgacha, 16 yoshdan 18 yoshgacha), shuningdek,, voyaga yetmaganlarga tayinlanishi mumkin bo`lgan jazoning yuqori chegarasi hisobga olinadi. Voyaga yetmaganlarga jinoyatlar majmui bo`yicha jazo tayinlashda sud Jinoyat kodeksining 59- moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilish lozim. Ammo jinoyat uchun oxirgi jazo chorasi Jinoyat kodeksi 86-moddasiga muvofiq tayinlanadi. O`n uch yoshdan o`n olti yoshgacha bo`lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qilishning eng ko`p muddati o`n yilgacha, agar sodir etgan jinoyatlarning bittasi o`ta og`ir jinoyat bo`lsa, o`n ikki yilgacha tayinlanadi. O`n olti yoshdan o`n sakkiz yoshgacha bo`lgan vaqt ichida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi – o`n ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarning bittasi o`ta og`ir jinoyat bo`lsa, o`n besh yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin. Jinoyat sodir etish vaqtida o`n uch yoshdan o`n sakkiz yoshgacha bo`lgan shaxslarga nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddati o`n besh yildan oshmasligi kerak. Agar Jinoyat kodeksi 72-moddasida belgilangan shartlar va asoslar mavjud bo`lsa, sud voyaga yetmagan shaxsga nisbatan shartli jazo belgilashi mumkin. Mavzu yuzasidan foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: Download 100 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling