Reja: Word matn muharririning oynasi. Word matn muharririning menyular satri Word matn muharririning standart va formatlash instrumentlar paneli Word matn muharririda murakkab matnlar va jadvallar tayyorlash Tayanch iboralar


Окно menyusi komandalarining mazmuni


Download 293.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana03.12.2023
Hajmi293.79 Kb.
#1799534
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Окно menyusi komandalarining mazmuni: 
1. Новое - Dokumentni ikkita oynada ko’rsatilishini taminlash. 
2. Упорядочить все - Hamma ochik fayllar oynalarini ekranda ko’rinishini taminlash. 
3. Разделить - Dokument oynasini ikkiga bo’lib unda ishlash. 


25 
Yuqoridagi buyruklarni ko’p qismini biz yordamchi yoki tezkor tugmalar 
yordamida bajarishimiz mumkin. Shuning uchun vaqtni tejash Maqsadida ko’p 
kompyuter foydalanuvchilari menyu xizmatlaridan kam foydalanishadi. 
Nazorat savollari: 
1.
Word dasturning Format menyu bo’limining buyruglari haqida nima bilasiz? 
2.
Word dasturning Servis menyu bo’limining buyruglari haqida nima bilasiz? 
3.
Word dasturning Tablitsa menyu bo’limining buyruglari haqida nima bilasiz? 
4.
Word dasturning Okno menyu bo’limining buyruglari haqida nima bilasiz? 
5.
Word dasturning oynasi va oyna elementlari haqida nima bilasiz? 
6.
Word dasturning yordamchi tugmalarining Sandartne guruhi haqida nima bilasiz? 
7.
Word dasturning yordamchi tugmalarining Formatirovanie guruhi haqida nima 
bilasiz? 
8.
Word dasturning yordamchi tugmalarining Risovanie guruhi haqida nima bilasiz? 
9.
Word dasturning yordamchi tugmalarining Tablits i granitsi guruhi haqida nima 
bilasiz? 
10.
Word dasturning Fayl menyu bo’limining buyruglari haqida nima bilasiz? 
11.
Word dasturning Pravka menyu bo’limining buyruglari haqida nima bilasiz? 
12.
Word dasturning Vid menyu bo’limining buyruglari haqida nima bilasiz? 
13.
Word dasturning Vstavka menyu bo’limining buyruglari haqida nima bilasiz? 


26 
Word 2007 dasturi ishga tushganda tasvirdagi Word titul 
sahifasi hosil bo‘ladi va Word 2007 dasturi ishga 
tushadi. Dastur ishga tushgach quyidagicha ko‘rnishdagi 
oyna hosil bo‘ladi: 
Word 97-2007 dasturlaridan farqli 
ravishda Word 2007 dasturida menyu 
va qo‘zg‘almas uskunalar panellaridan 
voz kechilgan bo‘lib, bu erda 
boshqacha yo‘l tutilgandir. Dastur 
oynasi quyidagi qismlardan iborat: 
4) ―Soxranenie‖ bo‘limida
Word 
2007 dasturida yozilgan hujjatni saqlash parametrlari boshqariladi. Bu oynadagi 
―Soxranyat fayli v sleduyushem formate‖: maydonidagi ochiladigan ro‘yxatdan 
saqlanadigan hujjatni saqlash kerak bo‘lgan formati tanlanadi. (Eslatma: Agarda siz 
ko‘pincha Word 97-2003 formatidagi Word dasturi o‘rnatilgan Kompyuterda 
ishlaydigan bo‘lsangiz, bu formatlardan Word 97-2003 formatini tanlashingiz kerak 
bo‘ladi. Shunda siz tayyorlagan hujjatlaringizni boshqa kompyuterlarda ham ochish 
imkoniga ega bo‘lasiz). ―Avtosoxranenie kajdie‖ matni oldiga belgi qo‘yilganda 
Word dasturi bir xil vaqt oraliqlarda (bu vaqt shu sohadagi minut maydonida 
ko‘rsatiladi) avtomatik tarzda saqlash ishlarini bajarib boradi va bu siz tayyorlagan 
hujjatning elektr toki o‘chganda yoki boshqa sabablarga ko‘ra kompyuter ishi to‘xtab 
qolganda o‘chib ketishining oldini oladi. ―Katalog dannix dlya avtovosstanovleniya‖ 
bandidagi ―Obzor …‖ tugmasini bosganda hosil bo‘ladigan oynadan avtomatik tiklash 
ishlari uchun boshlang‘ich papka ko‘rsatiladi. ―Raspolojenie faylov po umolchaniyu‖: 
bandidagi ―Obzor‖ nugmasini bosilganda hosil bo‘ladigan oynada esa tayyorlangan 


27 
hujjatlarni saqlash uchun Word matn muharriri odatda taklif etadigan papka 
ko‘rsatiladi. 
5)―Dopolnitelno‖ bandida belgilangan qismni kiritilayotgani bilan almashtirish, 
so‘zlarni avtomatik belgilash, matnlarni o‘tkazishni boshqarish, giperjo‘natmani Ctrl 
tugmasi bilan sichqoncha chap tugmasini bosganda aktivlashtirish, abzastlarni 
avtomatik belgilash, Insert tugmasini surib yozish va almashtirib yozish holatlarini 
almashtirish uchun ishlatilishi, ekran bandidagi ―Chislo dokumentov v spiske 
poslednix faylov‖ maydonidagi sonni oshirish yoki kamaytirish orqali Wordda 
ochilgan oxirgi fayllar sonini oshirish yoki kamaytirish kabi ko‘plab parametrlarni 
boshqarish mumkin. 
6)―Nadstroyki‖ bandida Word 2007 dasturining ulanish parametrlarini (Outlock 
express orqali) boshqarish mumkin. 
7)―Цentr upravleniya bezopasnostyu‖ bandida Word 2007 dasturida ma‘lumotlar 
xavfsizligi parametrlarini boshqarish va o‘rnatish mumkin. 
8)―Resursi‖ bandida Microsoft firmasiga murojaat qilish, Web-sahifalarni qidirish, 
Microsoft Office dasturlarining ishonchliligini ta‘minlashga oid turli xususiyatlarni 
o‘rnatish va boshqarish mumkin. Bu oynada ―Poluchit obnovleniya‖-Microsoft 
Office dasturlari uchun eng so‘nggi yaratilgan yangiliklarni olish, ―Цentr diagnostiki 
Microsoft Office‖-Microsoft Office dasturlarini tekshirish va xatoliklarni sozlash 
markazi(dasturi), ―Svyajites s nami‖-Microsoft 
firmasi bilan aloqa qilishning turli yo‘llari, 
―Aktivirovat Microsoft Office‖- Microsoft Officedan 
foydalanishni davom ettirish uchun uni 
faollashtirish kerak bo‘ladi(trial va demo 
versiyalar uchun). ―Pereyti na veb-uzel 
Microsoft Office Online‖- Microsoft Office 
Online web-sahifasiga o‘tish va bepul 
yangilanishlarni 
olish, 
―O 
programme 
Microsoft Office Word 2007‖- Microsoft Office 
Word 
2007 
dasturi 
haqidagi 
qisqacha 
ma‘lumotlarni olish kabi buyruqlar joylashgan. 
Sarlavha satrining eng chap qismida Microsoft Office dasturlar paketining emblemasi 
shaklidagi tugma joylashgan bo‘lib, bu tugma dastur bosh menyusi hisoblanadi va bu 
erda turlicha ko‘p ishlatiladigan buyruqlar joylashgan. Bu menyuni ochish uchun shu 
tugma ustida sichqoncha chap tugmasini bosish yoki klaviaturadan Alt+f 
kombinastiyasini bosish kerak bo‘ladi. Natijada quyidagicha ko‘rinishdagi oyna hosil 
bo‘ladi: 


28 
Yana shuni ham aytib o‘tish kerakki, Microsoft Office 2007 mualliflari oldingi 
Office versiyalari bilan ishlab kelganlarga qulayliklar yaratish maqsadida Alt tugmasi 
yordamida Word yuqori qismidagi boshqaruv ob‘ektlarini faollashtirish imkoniyatini 
ham qoldirganlar, ya‘ni alt tugmasini bosilganda ekranning yuqori qismi faollashadi 
(turli qismlarda turli kirill alifbosi harflari ko‘rinib qoladi). Bu holatda siz o‘zingizga 
kerakli kirill alifbosi harfini bosib, shu harf aks etgan menyu yoki bo‘lim bandini 
ochishingiz, ko‘rishingiz yoki bajartirishingiz mumkin (Bunda tizim lotin yoki kirill 
alifbosida turganligining farqi yo‘q). Kerakli harfni klaviaturadan bosish orqali shu 
harf ko‘rsatilgan bo‘lim yoki uskunalar paneli aktivlashtiriladi va uskunalar paneli 
tanlanganda uning ichki buyruqlarida ham turli harflar hosil bo‘ladi va shu buyruqlarni 
bajartirish uchun shu ko‘rsatilgan harflarni bosish etarli. 
Lekin bu ro‘yxat biz bajaradigan ishlarga bog‘liq holda o‘zgarib turishi ham mumkin. 
Masalan biror bir grafik ob‘ektni tanlaganimizda panellar satrida yangi 
25 
Format paneli qo‘shiladi va bu panelda grafik ob‘ektni boshqarish buyruqlari 
joylashgan bo‘ladi. Panellar satrining ixtiyoriy joyida sichqoncha o‘ng tugmasini 
bosganda quyida ko‘rsatilgan ko‘rinishdagi oyna hosil bo‘ladi va bu oynada Nastroyka 
paneli bistrogo dostupa buyrug‘i sarlavha satridagi tezkor tugmalar qatorini 
boshqaruvchi oynaning hosil bo‘lishiga olib keladi. ―Razmestit panel bistrogo 
dostupa pod lentoy‖ buyrug‘i tezkor tugmalarni uskunalar panelining pastki qismida 
joylashuvini ta‘minlaydi. ―Svernut lentu‖ buyrug‘i tanlanganda uskunalar 
panellarining nomlari (panellar satri)gina qolib, uskunalar panellarining o‘zi esa 
ko‘zdan yashirinadi va bu Word ishchi maydonining sezilarli oshishiga olib keladi. 
Glavnaya uskunalar paneli 
Bu uskunalar panelida oldingi Word versiyalarida ―Standartnaya‖ va 
―Formatirovanie‖ uskunalar panellarida joylashgan eng ko‘p ishlatiladigan tugmalar 
joylashgan bo‘lib, bular quyidagilardir: 
Bufer obmena – almashinish buferi bo‘lib, uning asosiy vazifasi dasturda va 
dasturlararo ma‘lumotlar almashinuvini ta‘minlashdan iborat va Word 2007 dasturida 
bu ishlarni bajarish uchun buferga olinadigan qismni belgilab 
ko‘rsatish kerak. Belgilashning quyidagicha usullari mavjud: 
Belgilanadigan matnning boshiga sichqoncha ko‘rsatkichini 
keltirib, chap tugmani bosib turgan holda matn oxirigacha 
ko‘rsatkichni olib borish. 


29 
Belgilanishi kerak bo‘lgan so‘z ustida sichqoncha chap tugmasini 
ikki marta tez bosish. Sichqoncha chap tugmasini uch marta tez bosish esa ko‘rsatkich 
turgan abzastning to‘liq belgilanishiga olib keladi. 
Klaviatura orqali belgilashda kursor kerakli pozitsiyaga olib kelinadi va Shift 
tugmasini bosib turgan holda yo‘nalish tugmachalari yordamida harakatlantiriladi. 
Bunda kursor bosib o‘tgan yo‘ldagi matn belgilanadi. Bu usulda kursorni tezroq 
harakatlantirish uchun quyidagi jadvaldan foydalanish mumkin: 
Vazifa 
Bajarish usuli 
Bir so‘z chapga o‘tish 
Ctrl+<- 
Bir so‘z o‘ngga o‘tish 
Ctrl+-> 
Satr oxiriga o‘tish 
End 
Satr boshiga o‘tish 
Home 
Bir sahifa yuqoriga o‘tish 
Page Up 
Bir sahifa pastga o‘tish 
Page Down 
Hujjat boshiga o‘tish 
Ctrl+Home 
Hujjat oxiriga o‘tish 
Ctrl+End 
Abzast boshiga o‘tish 
Ctrl+yuqori yo‘nalish tugmasi 
Abzast oxiriga o‘tish 
Ctrl+pastki yo‘nalish tugmasi 
Butun hujjatni belgilash uchun Ctrl+A kombinastiyasi bosiladi. 
Butun hujjatni belgilash uchunCtrl+A kombinastiyasi bosiladi. 
Matnlarni belgilab olgach, ularni buferga nusxalash, qirqib olish va kerakli joyga olib 
borib, joylashtirish mumkin, buning uchun quyidagilarni bilish kerak: 
Buferga belgilangan ma‘lumotni nusxalash. Bunda belgilangan ma‘lumot 
bilan hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Faqatgina shu ma‘lumotni 
kompyuter vaqtincha eslab qoladi. Ma‘lumotni belgilab bo‘lgach, uning 
ustida sichqoncha o‘ng tugmasini bosganda kontekst menyu hosil bo‘ladi 
va bu menyuni hosil qilish uchun klaviaturadagi o‘ng tomondagi Ctrl va 
Pusk menyusi tugmalari o‘rtasida joylashgan kontekst menyu tugmasi orqali ham 
hosil 
qilish 
mumkin. 
Kontekst 
menyuni 
hosil 
qilgach, 
undagi 
―Kopirovat‖(nusxalash)buyrug‘ini tanlash, shu belgilangan matn yoki ob‘ektning 
buferga olinishiga olib keladi. Belgilangan ma‘lumotni buferga nusxalash uchun 
bundan tashqari tugmalar kombinastiyalaridan ham foydalanish mumkin: Ctrl+C, 
Ctrl+Insert. 
Umuman olganda bir hujjat doirasida biror bir matn qismini bir joydan boshqa joyga 
nusxalab o‘tkazish zarurati tug‘ilganda uni albatta buferga nusxalab olib o‘tish shart 
emas. Agar boshlang‘ich va so‘nggi manzil orasi yaqin bo‘lsa, bu ishni 
Drag&Drop(ushlab ol va o‘tkaz)usulidan foydalanib ham bajarish mumkin. Buning 
uchun kerakli matn qismini belgilab olamiz va Ctrl tugmasini bosib turgan holda shu 
matn qismini kerakli joyga sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda olib 


30 
o‘tamiz. 
Buferga belgilangan ma‘lumotni qirqib olish. Bunda belgilangan ma‘lumot 
yo‘qoladi va joylashtirilishi kerak bo‘lgan joyga kursorni olib borib 
joylashtirilmasa yo‘qotilishi mumkin. Bu buyruqni berishning yana bir 
usulibelgilangan matnning kontekst menyusini hosil qilib, shu hosil 
bo‘lgan menyudan ―Virezat‖(Qirqib olish)buyrug‘initanlash kerak. Bu 
ishni klaviatura orqali bajarish uchun qirqib olinadigan qismni belgilab, Ctrl+X 
kombinastiyasini bosiladi. Umuman olganda buferga biror-bir qismni qirqib olib, uni 
boshqa joyga joylashtirish uchun Drag&Dropusuli qo‘l keladi. Bunda ko‘chiriladigan 
qism belgilab olinadi va uning ustida sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda
kerakli joyga olib borib qo‘yib yuboriladi. Bunda shu belgilangan qism oldingi turgan 
joyidan yo‘qoladi va yangi joyga ko‘chadi. 
Bu tugma formatlarni nusxalash tugmasi bo‘lib, undan biror-bir matnning formatini tezlik 
bilan boshqa bir matnning formati ko‘rinishiga o‘tkazish uchun foydalaniladi. Buning 
uchun formati kochirilayotgan matn belgilanib(ko‘rsatilib), so‘ng shu tugma ustida 
sichqoncha chap tugmasi bosiladi. So‘ngra sichqoncha ko‘rsatkichi shu tugma shaklini 
olgach formatlanihi kerak bo‘lgan matn ustiga olib borilib, sichqoncha chap tugmasini 
bosiladi. Natijada shu matn ko‘rinishi dastlabki ko‘rsatilgan matn formati ko‘rinishiga 
o‘tadi. Biror bir matnning formatini bir necha marta bir nechta joylarda qo‘llash kerak 
bo‘lganda shu tugma ustida sichqoncha chap tugmasi ikki marta bosiladi va kerakli 
joylarda chap tugmani bosish shu joylarning formati dastlabki matn korinishini olishiga 
olib keladi. 
Bu holatdan chiqish uchun esa klaviaturadagi esctugmasini bosish etarli. 
Bu tugma buferga nusxalab yoki qirqib olingan ma‘lumotni kursor turgan 
joyga o‘rnatish tugmasi bo‘lib, uni bajartirishning yana bir usuli 
– kursorni kerakli joyga keltirib, klaviaturadan kontekst menyu 
tugmasini bosish yoki shu joyda sichqoncha o‘ng 
tugmasini bosib, kontekst menyuni hosil qilish va hosil 
bo‘lgan menyudan ―Vstavit‖buyrug‘ini tanlashdir. Bundan tashqari 
bu buyruqni klaviatura orqali Ctrl+V, Shift+Insert kombinastiyalari 
orqali ham bajarish mumkin. 
Bu tugmaning pastki qismida joylashgan ―Vstavit‖ 
tugmaini bosganda quyida ko‘rsatilgan ko‘rinishdagi 
ro‘yxat hosil bo‘ladi va bu ro‘yxatda quyidagicha 
buyruqlar bor: ―Vstavit‖ – Oddiy o‘rnatish 
―Spestialnaya vstavka…‖ - Maxsus o‘rnatish oynasini 
chqarish. Bunda o‘rnatilayotgan ob‘ektning qanday xususiyatlar bilan va qanday 
ko‘rinishda 
o‘rnatilishini 
foydalanuvchi o‘zi belgilab 
beradi. 
―Vstavit kak giperssilku‖ – 


31 
o‘rnatilayotgan 
ob‘ektni 
giperjo‘natma 
tarzida 
o‘rnatish. 
Bunda 
o‘rnatilgan matn o‘zining 
nusxalab 
yoki 
ko‘chirib 
olingan 
joyiga o‘tish 
tugmasi (giperjo‘natmasi) bo‘lib qoladi(Giperjo‘natma Word matn muharririda 
sichqoncha chap tugmasini Ctrl tugmasi bilan birga bosilishi orqali bajariladi). Agar 
bu giperjo‘natma manzilini o‘zgartirish kerak bo‘lsa uning ustida sichqoncha o‘ng 
tugmasini bosib, kontekst menyudan ―izmenit giperssilku‖ – giperjo‘natmani 
o‘zgartirish buyrug‘i tanlanadi va hosil bo‘lgan oynada giperjo‘natma xususiyatlarini 
o‘zgartirish ishlarini boshqarish mumkin bo‘ladi. Bu oynada giperjo‘natmani shu 


32 
hujjat miqyosida, boshqa biror hujjat, fayl yoki web-sahifa miqyosida o‘tish ishlarini 
tashkillashtirish mumkin bo‘ladi. 
Bu tugma matn shrift turini o‘zgartirish tugmasi bo‘lib, matnning 
shriftini o‘zgartirish uchun shu matnni tanlab, bu tugmaning o‘ng 
tomonidagi uchburchakli shakldagi tugmada sichqoncha chap 
tugmasi bosiladi va ochilgan ro‘yxatdan kerakli 
shrift turi ustida sichqoncha chap tugmasi bosiladi. Word 2007 dasturidagi 
yangiliklardan biri shuki – unda siz shriftni tanlamasdan turib, faqatgina sichqoncha 
ko‘rsatkichini shu shrift nomi ostiga keltirgan holda belgilangan matn qanday 
ko‘rinishga kelishini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Bu tugma ro‘yxatidagi shriftlardan 
birini qo‘llash uchun klaviaturadan Ctrl+Shift+F tugmalar kombinastiyasini bosish 
―Shrift‖oynasining ochilishiga olib keladi va bu oynaning shu nomli maydonidan 
kerakli shriftni tanlab, OK tugmasini bosish orqali belgilangan matnga shu shriftni 
qo‘llash mumkin. 
Bu tugma belgilangan matnni oldin belgilangan formatlashning barcha 
ko‘rinishlaridan tozalash tugmasidir; 
Bu tugma belgilangan matnni qalinlashtirib yozish tugmasi bo‘lib, uning 
ustida sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish shu tugmaning ochiq 
rangga o‘tishiga va matnning qalinlashuviga olib kelsa, uni qayta bosish 
tugma xiralashuviga va matnning asl holiga qaytishiga olib keladi va bu 
tugmaning vazifasini klaviatura orqali Ctrl+B(Bold-qalin, semiz) 
kombinastiyasi orqali ham bajarish mumkin. Bundan tashqari bu vazifani 
Ctrl+Shift+P(F) kombinastiyalaridan birini bosib hosil qilinuvchi 
―Shrift‖oynasining ―Nachertanie‖maydonidagi―Polujirniy‖ buyrug‘ini 
tanlash orqali ham amalga oshirish mumkin. 
Bu tugma belgilangan matnni egrilashtirib yozish tugmasi bo‘lib, uning ustida 
sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish shu tugmaning ochiq rangga o‘tishiga va 
matnning egrilashuviga olib kelsa, uni qayta bosish tugma xiralashuviga va matnning asl 
holiga qaytishiga olib keladi va bu tugmaning vazifasini klaviatura orqali Ctrl+I(Italic) 
kombinastiyasi orqali ham bajarish mumkin. Bundan tashqari bu vazifani Ctrl+Shift+P(F) 
kombinastiyalaridan 
birini 
bosib 
hosil 
qilinuvchi 
―Shrift‖oynasining 
―Nachertanie‖maydonidagi―Kursiv‖buyrug‘ini tanlash orqali ham 
amalga oshirish mumkin. 
Bu tugma belgilangan matnning tagiga chizib yozish tugmasi bo‘lib, uning 
ustida sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish shu tugmaning ochiq rangga 
o‘tishiga va matnning tagiga chizilishiga olib kelsa, uni qayta bosish 
tugma xiralashuviga va matnning asl holiga qaytishiga olib keladi va bu tugmaning 
vazifasini klaviatura orqali Ctrl+U(Underline-pastda chiziqli) kombinastiyasi orqali 
ham bajarish mumkin. Bundan tashqari bu vazifani Ctrl+Shift+P(F) 
29 


33 
kombinastiyalaridan birini bosib hosil qilinuvchi ―Shrift‖ oynasining 
―Podcherkivanie‖ maydonidagiro‘yxatniochib, bu ro‘yxatdan kerakli chiziq turlaridan 
birini tanlash orqali ham bajarish mumkin. Bu tugmaning o‘ng tomonidagi 
uchburchakli tugmani bosib, hosil bo‘lgan oynadan kerakli chiziq turi, chiziq rangi va 
boshqa xususiyatlarini ham tanlash mumkin. 
Bu tugma bosilganda belgilangan matnning o‘rtasidan o‘tadigan chiziq hosil 
bo‘ladi va bu vazifani Ctrl+Shift+P(F) kombinastiyalaridan birini bosib hosil 
qilinuvchi 
―Shrift‖ 
oynasining 
―Vidoizmenenie‖ 
maydonidagi 
―Zacherknutiy‖ sohasiga belgi qo‘yish orqali ham bajarish mumkin. 
Bu tugma belgilangan matnni pastki indeksga yozish tugmasi bo‘lib, bu 
vazifani ―Shrift‖ oynasining 
―Vidoizmenenie‖ maydonidagi 
―Podstrochniy‖ sohasiga belgi qo‘yish 
orqali ham bajarish mumkin. 
Bu tugma belgilangan matnni ngyshksh 
indeksga yozish tugmasi bo‘lib, bu vazifani 
―Shrift‖ oynasining ―Vidoizmenenie‖ 
maydonidagi
―Nadstrochniy‖ sohasiga belgi qo‘yish orqali 
ham bajarish mumkin. 
Bu tugma belgilangan matn registrini o‘zgartirish 
tugmasi bo‘lib, uning ustida sichqoncha chap 
tugmaining bosilishi quyidagi oynaning hosil 
bo‘lishiga olib keladi va bu oynadan kerakli buyruqlarda biri 
tanlanadi. 1-buyruq – Birinchi harfni katta yozish, 2-buyruq – barcha harflarni kichik 
yozish, 3-buyruq – BARChA HARFLARNI KATTA YoZISh, 4-buyruq – 
So‘Zlarni Katta Harflardan Boshlash, 5-buyruq – rEGISTRNI 
TESKARISIGA ALMAShTIRISh buyruqlari joylashgan. 
Bu tugma matnni belgilab ko‘rsatish tugmasi bo‘lib, uni tanlanganda 
sichqoncha ko‘rsatkichi qalam ko‘rinishiga o‘tib qoladi va kerakli matnning 
ustida sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda harakatlanishi shu matnning 
berilgan rangli fonga o‘tishiga olib keladi. Bu rangni o‘zgartirish uchun esa, shu 
tugmaning o‘ng tomonidagi uchburchak shaklidagi tugma bosiladi va kerakli 
ranglardan birini tanlanadi. 
Bu tugma belgilangan matn uchun matn rangini o‘zgartirish tugmasi bo‘lib, 
matnni undagi aks etib turgan rangga bo‘yash uchun shu tugma ustida chap 
tugma bosilishi etarli. Boshqa rangga bo‘yash uchun esa, shu 
tugmaning o‘ng tomonidagi uchburchak shaklidagi tugma 
tanlanadi va hosil
bo‘lgan 
30 


34 
oynadan kerakli rang tanlanadi. Bunda kerakli rangning ustiga sichqoncha 
ko‘rsatkichini olib kelish natijani ko‘rishga imkon beradi. Agar bu ranglar bizni 
qoniqtirmasa, ―Drugie stveta‖ buyrug‘ini tanlab, hosil bo‘lgan kengaytirilgan palitra 
oynasidan oddiy shaklda yoki spektrni berish orqali boshqa 
ranglardan birini tanlashimiz mumkin. 
Bu tugma biror-bir ro‘yxatni yozayotganda ishlatiladigan 
belgilangan markerli ro‘yxat tuzishni boshlash tugmasi bo‘lib, enter 
tugmasi bilan tushish keying qator deb qabul qilinadi va marker 
qo‘yib boriladi. Bu tugmaning o‘ng tomonidagi uchburchakli 
tugmada sichqoncha chap tugmasini bosganda quyidagicha ro‘yxat 
ochiladi va bur o‘yxatdan kerakli marker belgisini tanlash mumkin 
bo‘ladi. Bu oynadagi ―Izmenit uroven spiska‖ buyrug‘i yordamida 
markerlangan ro‘yxat darajasini 
o‘zgartirish mumkin. ―Opredelit noviy marker‖ buyrug‘i bosilganda esa keying 
bosqich oynasi hosil bo‘ladi va bu oynada kerakli biror-bir belgi yoki rasmdan 
markerli ro‘yxatning markeri sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi. 
Bu tugmaning vazifasi hujjat ichiga tartiblangan ro‘yxat joylashtirishdan 
iborat bo‘lib, uning o‘ng tomonidagi uchburchakli tugmani tanlash 
quyida ko‘rsatilgan ko‘rinishdagi oynaning hosil bo‘lishiga olib keladi. 
Bu oynada kerakli ko‘rinishdagi tartiblangan ro‘yxatlardan biri tanlanadi. 
―Izmenit uroven spiska‖ buyrug‘i tanlanganda tartiblangan ro‘yxat 
darajasini o‘zgartirish, ―Opredelit noviy format nomera…‖ buyrug‘i 
berilganda esa, tartiblangan ro‘yxatning formatini o‘zgartirish oynasi 
hosil bo‘ladi. Bu tugmaning vazifasi ko‘p darajali tertiblangan 
ro‘yxat o‘rnatish bo‘lib, uning ham barcha parametrlari oldingi 
ikkita tugma kabi bo‘lganligi uchun bu tugma xususiyatlari 
borasida alohidato‘xtalib o‘tmaymiz. 
Bu tugmaning vazifasi abzast chekinishini kamaytirish bo‘lib, u 
asosan jadvallar ichida tartiblangan yoki markerlangan ro‘yxat ishlatilganda bu 
ro‘yxatlar jadval katakchasi chegarasidan o‘tib ketganda qo‘llaniladi. 
Bu tugmaning vazifasi abzast chekinishini ko‘paytirish bo‘lib, u asosan 
jadvallar ichida tartiblangan yoki markerlangan ro‘yxat ishlatilganda bu 
ro‘yxatlar jadval katakchasi chegarasidan o‘tib ketganda 
qo‘llaniladi. 
Bu tugmaning vazifasi matnning belgilangan qismidagi 
ro‘yxatlarni alifbo tartibida yoki raqamlarni o‘sib boorish tartibida 
joylashtirishdan iboratdir. 
Bu tugmaning vazifasi odatiy holda ko‘rinmaydigan tabulyatsiya 
belgilarini ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan holatlarini 
31 


35 
almashtirishdan iboratdir. 
Bu tugmaning vazifasi belgilangan matn qismini yoki kursor turgan 
abzastni hujjat sahifasining chap chegarasi bo‘ylab tekislashdan iboratdir. 
Xuddi shu vazifani klaviaturadagi Ctrl+L (Left) tugmalar kombinastiyasi 
orqali ham bajarish mumkin. 
Bu tugmaning vazifasi belgilangan matn qismini yoki kursor turgan 
abzastni hujjat sahifasining markaz bo‘ylab tekislashdan iboratdir. Xuddi 
shu vazifani klaviaturadagi Ctrl+Etugmalar kombinastiyasi orqali ham 
bajarish mumkin. 
Bu tugmaning vazifasi belgilangan matn qismini yoki kursor turgan abzastni 
hujjat sahifasining o‘ng chegara bo‘ylab tekislashdan iboratdir. Xuddi shu 
vazifani klaviaturadagi Ctrl+R(Right) tugmalar kombinastiyasi orqali ham 
bajarish mumkin. 
Bu tugmaning vazifasi belgilangan matn qismini yoki
kursor turgan abzastni hujjat sahifasining ikki tomondagi
chegara bo‘ylab tekislashdan iboratdir. Xuddi shu vazifani
klaviaturadagi Ctrl+J(Justify) tugmalar 
kombinastiyasi orqali ham bajarish mumkin. 
Bu tugmaning vazifasi hujjat matnidagi satrlar orasidagi intervalni 
boshqarish bo‘lib, uning o‘ng tomonidagi tugmani bosganda, satrlar 
orasidagi interval kattaliklari ko‘rsatilgan ro‘yxat hosil bo‘ladi va bu 
ro‘yxatdan keraklisini chap tugmani bosish orqali tanlanadi. Bundan tashqari bu 
ro‘yxatning eng pastki qismida joylashgan buyruqlar yordamida abzastdan oldin va 
keyin qoldirilgan masofani qoshish va mavjud intervalni olib tashlash mumkin. 

Download 293.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling