Reja: Xalqaro kreditning mohiyati va tamoyillari


Xalqaro kreditning xususiyatlari va imkoniyatlari


Download 37.75 Kb.
bet3/6
Sana04.11.2023
Hajmi37.75 Kb.
#1746379
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xalqaro kredit

3. Xalqaro kreditning xususiyatlari va imkoniyatlari


Rivojlanayotgan mamlakatlarga kelib tushadigan moliyaviy oqimlarning quyidagi xususiyatlari mavjud:
Birinchidan, bu mamlakatlar tashqi resurslarning asosiy qismini hukumatlararo bitimlar hamda xalqaro moliyaviy institutlarning imtiyozli kreditlari va subsidiyalari shaklida tashkil qiladilar («Rivojlanishni rasmiy moliyalashtirish» – RRM). Imtiyozli resurslarga nomzod mamlakatlarning tanlovi iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab amalga oshiriladi. Lekin siyosiy va harbiy-strategik omillar ham inobatga olinadi. RRM bo’yicha mablag’larni iqtisodiy inqirozni kechirayotgan mamlakatlar ham olishlari mumkin.
Ikkinchidan, har bir mamlakat uchun uning iqtisodiy rivojlanish darajasi, iqtisodiy vaziyati, ichki moliyaviy bozorining holati, xalqaro iqtisodiyotda tutgan o’rni hamda olib borayotgan siyosatiga qarab o’zining maxsus xalqaro kreditlash va moliyalashtirish mexanizmi mavjud bo’ladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar ikki toifaga bo’linadi. Birinchilar (past rivojlanganlar) – tashqi resurslarni asosan rasmiy manbalardan oladilar. O’z resurslari qiyin sharoitlar tufayli yetarli emas. Bunday mamlakatlar xususiy investitsiyalar uchun noqulaydir.
Ikkinchilar (nisbatan rivojlangan) – xususiy resurslarni jalb qiladilar. Bular rivojlanayotgan moliyaviy bozorlarga ega bo’lgan mamlakatlardir. Bu mamlakatlarning moliyaviy bozorlari muayyan rivojlangan va ularning integratsiyasi xalqaro tizimga mos kelgan bo’ladi.
Uchinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarning kreditlanishi va moliyalashtirilishi asosan markaz hamda xalqaro xo’jaliklar o’rtasidagi munosabatlarga to’g’ri keladi.
Faqatgina kredit va subsidiyalarning uncha ko’p bo’lmagan qismi rivojlanayotgan mamlakatlarning o’zaro hamkorlik doirasida beriladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy rivojida tashqi resurslarning ahamiyati birlamchi hisoblanmaydi.
Chunki ko’p mamlakatlar iqtisodiy yutuqlarga erishish yo’lida ichki jamg’armalarga tayangan bo’lsalar ham, tashqi resurslarni aktiv ravishda jalb qiladilar. Lekin ba’zi mamlakatlar yirik tashqi ta’sirga qaramay, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’lida unchalik siljiy olmaganlar.
Tashqi resurslarni ishlatish samarasi asosan kreditor va kredit oluvchi (davlat institutlari hamda xo’jalik subyektlar) olib boradigan faoliyatiga bog’liq bo’ladi.
Xalqaro kredit quyidagilarga imkon tug’diradi:

  1. Ishlab chiqarish va ayirboshlashning baynalmilallashuvi;

  2. Jahon bozori va xalqaro savdoni tashkil qilish;

  3. Rivojlangan mamlakatlar tovarlarning raqobatbardoshlikdarajasini oshirish;

  4. Urushlarni moliyalashtirish shakllarining turli xillarinitashkil qilish;

  5. Iqtisodiy qoloq bo’lgan mamlakatlarning iqtisodiyotinikuchaytirish.

Xalqaro kreditning ahamiyati u bajaradigan funksiyalari orqali namoyon bo’ladi. Xalqaro kreditning funksiyalarini quyidagilarcha tasniflash mumkin:

  1. Tovar va xizmatlarning eksportini rag’batlantiradi.

  2. Xorijiy xususiy investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratadi.

  3. Qarzdor mamlakatlardan foiz ko’rinishidagi daromadlarnichiqarib olish instrumenti bo’lib xizmat qiladi.

  4. Qarzdor mamlakatlarda xorijiy monopoliyalar uchun qulay va foydali bo’lgan iqtisodiy hamda siyosiy rejimlarni o’rnatishga imkon beradi.

Ishlab chiqarish va ayirboshlash baynalmilallashuvining darajasi o’sishi bilan bir qatorda xalqaro kreditning ahamiyati ham oshib bormoqda. Buni quyidagicha tasniflash mumkin:

  1. Rivojlangan mamlakatlar o’rtasidagi kredit munosabatlarikengayib bormoqda.

  2. Kredit munosabatlari jahondagi iqtisodiy chegara uchunbo’lgan kurashni olib borishga transmilliy korporatsiyalarga yordam beradi.

  3. Jahondagi hukmron mamlakatlarning kredit ekspansiyasinioshiradi, chunki kreditlar rivojlanayotgan mamlakatlarga bo’lgan iqtisodiy va siyosiy qaramlikni oshirish sharti bilangina beriladi;

  4. Xalqaro savdoni moliyalashtirish, To’lov balansini tartibgasolish va asosiy rivojlangan mamlakatlarning valyutasini qo’llabquvvatlashga beriladigan kreditlar summasi sezilarli darajada oshib bormoqda.

O’zbekiston Respublikasi xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorligi quyidagi asosiy yo’nalishlarda amalga oshirilmoqda:

  • makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda ko’maklashish;– milliy valyutani mustahkamlash;

  • mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishjarayonlarini chuqurlashtirish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;– raqobat muhitini shakllantirish; – kadrlarni tayyorlash.

Bu choralar esa chuqur tuzilmaviy o’zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni dunyo bozorlariga chiqishini ta’minlovchi yangi darajaga olib chiqish uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi.

Download 37.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling