Rеja: “Xalqaro siyosat”, “xalqaro munosabatlar” tushunchalarining mazmun mohiyati


Download 324.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana14.05.2023
Hajmi324.98 Kb.
#1461193
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1mavzu Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari



1- mavzu: Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi fanining obyekti, predmeti, maqsadi va 
vazifalari 
Rеja: 
1. “Xalqaro siyosat”, “xalqaro munosabatlar” tushunchalarining mazmun mohiyati
2. Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi fanining obtekti va predmeti 
3. Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi fanining maqsadi va vazifalari 
4. Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi fanining asosiy tushunchalari va 
qonuniyatlari 
 
 
Tayanch tushunchalar: “Xalqaro siyosat”, “xalqaro munosabatlar”, Xalqaro siyosiy 
jarayonlar, ichki siyosat, davlat tizimlari, nodavlat tashkilotlar, ijtimoiy hayot, geosiyosiy 
o‘lchov 
 
“Xalqaro siyosat”, “xalqaro munosabatlar” tushunchalarining mazmun mohiyati:  
Siyosatni yaxlit tarzda to‘liq tahlil qilish uni ham milliy, ham xalqaro darajalarda 
o‘rganishni taqozo etadi. Ichki siyosat uning turli yo‘nalishlarini va ularning davlat ichida 
amalga oshirilishini tahlil qilish, milliy siyosiy jarayonning rivojlanishi orqali o‘rganiladi. 
Xalqaro munosabatlar tizimi — ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro faoliyat, tashqi 
siyosat esa bir millatning, bir davlatning tashqi hatti-harakatlaridir. Davlatning tashqi siyosati 
ichki omillarining ham, tashqi omillarining ham ta’siri ostida shakllanadi. Umuman olganda
ichki ijtimoiy va xalqaro munosabatlar o‘rtasida qalin o‘zaro aloqa va o‘zaro munosabat mavjud. 
Xalqaro munosabatlar xalqlar, davlatlar va ularning tizimi o‘rtasidagi aloqalarni va 
o‘zaro bog‘liqliklarning yig‘indisini tavsiflaydi. Xalqaro munosabatlar deganda odatda jahon 
hamjamiyatining barcha asosiy sub’ektlari o‘rtasidagi siyosiy, xo‘jalik-iqtisodiy, ilmiy-
texnikaviy, valyuta-moliyaviy, ijtimoiy, diplomatik, huquqiy, harbiy, gumanitar va 
kommunikatsiya aloqalari va munosabatlarining tizimli yig‘indisi tushuniladi. Jahon 
hamjamiyatining asosiy sub’ektlari bo‘lib, eng avvalo, davlatlar va xalqaro tashkilotlar 
maydonga chiqadilar. 
Xalqaro munosabatlar dunyomizning qiyofasini va tartibini shakllantiradi. Hozirgi 
zamon dunyo hamjamiyatiga oshib borayotgan birdamligi va kuchayib borayotgan xilma-xilligi 
xos. Dunyodagi o‘zaro aloqa va bog‘liqlik xalqlarning rivojlanishidagi xilma-xil o‘ziga 
xosliklarning saqlanishi bilan 
qo‘shilib ketmoqda. Xalqaro munosabatlar tizimida 
rivojlanayotgan demokratlashuv, insonparvarlik, qurolsizlanish tamoyillari hozircha tizimga ega 
emas, ular qarshilikka duch kelmoqda, ko‘p jihatdan sub’ektiv omillarga bog‘liq bo‘lib 
qolmoqda. Hozirgi dunyo sharoitlarida xalqaro munosabatlar ko‘proq xalqlar va odamlar 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga aylanmoqda. Biz huquqiy davlatlar tizimining, qutblab 
Xalqaro tashkilotlar va uyushmalarning hamkorligini, turli davlatlarning millionlab fuqarolari 
o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kuzatmoqdamiz. Dolzarb xalqaro muammolarni hal etish 
uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beruvchi insoniy munosabatlarning noyob dunyo tarmog‘i 
yuzaga keldi deb aytish mumkin. 

Download 324.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling