Reja: Xarajatlarni to’la taqsimlash
Download 47.7 Kb.
|
1 2
Bog'liqhnT9zTp-8058U-EjSEEe2PG5QNAxOBTd
Talab qilinadi:1. Abzorpshen-kostingni qo’llanib, har yilgi foyda va zararlar to’g’risida hisobot tayyorlang 2. Direkt-kostingni qo’llanib, har yilgi foyda va zararlar to’g’risida hisobot tayyorlang 3. Yuqorida aytilgan usullardan foydalanish natijasida har yilgi olinadigan operatsion foydadagi farqni tushuntiring. 8-2. Mavis kompaniyasi standart xarajatlarga asoslangan abzorpshen-kosting usulidan foydalanadi. O’zgaruvchi ishlab chiqarish sarflari, materiallar sarflari qo’shilgan holda mahsulot birligi 3 sh.b. ni tashkil qildi; ishlab chiqarishning standart me’yori – bir soatda 10 birlik. Byudjet va haqiqiy doimiy ishlab chiqarish ustama sarflarining umumiy miqdori 420 000 sh.b.ni tashkil qiladi. Doimiy ishlab chiqarish ustama sarflari soatiga 7 sh.b. stavkasi bo’yicha taqsimlandi. (420 000/60,000 soat baza hajmi). Har bir birlik narxi 5 sh.b. Tovarning sotilgan birliklari hisobiga o’tkazilgan o’zgaruvchi tijorat sarflari va ma’muriy sarflar mahsulot birligiga 1 shartli birlikka teng bo’ldi. Doimiy tijorat va ma’muriy sarflar 120 000 sh.b.ni tashkil etdi. 2-yil davri boshida TMZ 30 000 birlikni, davr oxirida – 40 000 birlikni tashkil qildi. 2 – yilda sotilgan mahsulot hajmi540 000 birlik. Mahsulot birligiga standart sarflar 1-yilda ham, 2-yilda ham o’zgarmadi. Sodda bo’lishi uchun narxda og’ishlar, xarajatlar bo’yicha og’ishlar yoki ishlab chiqarish unumida o’zgarishlar bo’lmadi, deb tasavvur qiling. Talab qilinadi:1. Barcha taqsimlangan va taqsimlanmagan ustama sarflar yil oxirida sotiladigan mahsulot tannarxi bo’yicha tuzatish sifatida hisobdan chiqarilishini nazarda tutib, 2-yil uchun foyda va zararlar to’g’risida hisobot tayyorlang. 2. Kompaniya prezidenti direkt-kosting usuli mavjudligini eshitdi. U sizdan direkt-kostingdan foydalanilsa, 2-yil hisoboti qanday ko’rinishda bo’lishini ko’rsatishni so’radi. 3. 1- va 2-yil foydasidagi tafovutni izohlang. 4. Ishlab chiqarish doimiy ustama sarflari abzorpshen-kostingda qanday hisobga olinishini ko’rsatadigan jadval tayyorlang. Ya’ni jadvalda ikki liniya bo’ladi, biri- byudjet doimiy ustama sarflari (ular haqiqatan qilingan sarf hisoblanadi), ikkinchisi taqsimlash koeffitsienti uchun. Taqsimlangan va to’la taqsimlanmagan doimiy ustama sarflar jadvalda qanday ko’rsatilishi mumkinligini ko’rsating. 8-3. 2-vazifa shartlaridan foydalanilsin. Talab qilinadi:1. Direkt-kostingda mahsulot birliklarida zarar bo’lmaydigan nuqtani aniqlang. 2. Abzorpshen-kostingda mahsulot birliklarida zarar bo’lmaydigan nuqtani ko’rsating. Tushuntiring. 3. Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bazaviy xajmga teng deb tasavvur qiling, lekin mahsulot sira sotilmagan. Doimiy sarflar o’zgarishsiz qolgan. Biroq tijorat sarflari va ma’muriy sarflar bo’lmagan deb tasavvur qiling. a) direkt-kostingdan va b) abzorpshen-kostingdan foydalanib operatsiya foydasi miqdorini hisoblang. Javobdagi farqlarni izohlab bering. 8-4. Qattiq iqtisodiy tanazzul davri. Kompaniya filialining menedjeri nima qilishni bilmay qolgan. Uni bo’limi boshqaruv xarajatlariga xomiylik qilayotgan nazoratchi tashvishlantirmoqda, bu xarajatlar har qachongidan ko’p. Shu bilan bir vaqtda menejer ahvoldan chiqish uchun narxni kamaytirishga majbur bo’lmoqda. [1]Management Accounting for Business Decisions,2ndEdition, by Colin Drury, 2012 р.643 Download 47.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling