Reja: Xarajatlarni to’la taqsimlash


Download 47.7 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi47.7 Kb.
#1558667
  1   2
Bog'liq
hnT9zTp-8058U-EjSEEe2PG5QNAxOBTd


Denov tadbirkorlik va pedagogika institute
Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti

3-bosqich 8-bh-20 guruh talabasi


Yo’ldoshev Madumar

Fan:Buxgalteriya hisobi



Mavzu:Xarajatlarni to’la taqsimlab va o’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha tannarxni kalkulatsiya qilish usuli
Reja:
1.Xarajatlarni to’la taqsimlash
2.O’zgaruvchan xarajatlar
3.Tannarxni kalkulyatsiyalashni quvvatlovchi dalillar
O’zgaruvchan xarajatlarni hisobga olish tizimi AQShda Buyuk depressiya davrida vujudga keldi va 50-yillarda keng tarqaldi. Buyuk depressiyadan oldin (1928 y) tayyor mahsulotning qoldiqlari to’liq xarajatlar bo’yicha hisoblangan tannarx bo’yicha baholanadigan edi. Depressiya realizatsiya qilinmagan mahsulotning katta zaxiralarini yaratishga olib keldi, to’liq xarajatlar bo’yicha baholash esa, o’sha davr tahlilchilarining fikricha foydani sun’iy buzishga olib kelgan. Ishlab chiqarishning hajmi va foydaning miqdoridan holi bo’lgan doimiy xarajatlarning hisobi daromadning qiymatiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatgan.
O’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha tannarxni kalkulatsiya qilish doimiy xarajatlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir turiga foyda olish uchun qo’yilmalar, mahsulot chiqarishning assortimentiga rioya qilish ustidan nazorat o’rnatishni ta’minlaydi. Bunday kalkulatsiyalar mas’uliyat markazlari tomonidan nazorat qilinmaydigan xarajatlarni, daromadli va daromadsiz muomalalaro’rtasidagi farqni, me’yorlarga nisbatan xarajatlarning hulqini aniqlaydi.
Qaror qabul qilish uchun foydali axborot bilan ta’minlaydi
Xarajatlarni o’zgaruvchi va doimiy xarajatlarga ajratish ishlab chiqarish yoki komponentlarni xarid qilishga doir qarorlar qabul qilish uchun, mahsulot turlarini aniqlash uchun axborot olish imkonini beradi.
• Foydani zahiralar o’zgarishi ta’siridan holi qiladi.
Direkt-kostingdan foydalanilganda foyda mahsulotni sotish hajmiga bog’liq bo’ladi, abzorpshen-kostingdan foydalanilganda foydaga sotilgan mahsulot hajmi ham, ishlab chiqarish hajmi ham ta’sir qiladi. Shu sababli direkt-kosting zahiralar bilan nayrang qilishga yo’l qo’ymaydi va menejerlar ishini baholashga juda mos keladi.
Abzorpshen-kosting:
• Doimiy ishlab chiqarish xarajatlariga etarli e’tibor beradi.
Xalqaro moliyaviy hisobot standarti (XMHS) doimiy ishlab chiqarish xarajatlarini zahiralar qiymatiga qo’shishni talab qiladi. Tashqi maqsadlar uchun abzorpshen-kostingdan foydalanish moliyaviy ko’rsatkichlarni o’z hisobotlarini XMHS bo’yicha tuzadigan boshqa kompaniyalarning ko’rsatkichlari bilan taqqoslashni ta’minlashga imkon beradi.
• Hisobotda xaddan ortiq zararlar va foydani aks ettirishdan qochish imkonini beradi
Mavsumiy biznesda zahiralarni ko’paytirish davrida direkt-kostingdan foydalanilganda doimiy ishlab chiqarish xarajatlari davr xarajatlariga qo’shiladi. Shu sababli zahiralarni ko’paytirish davrida katta zarar qayd etiladi, tovarlarni sotish davrida katta foyda qayd etiladi. Abzorpshen-kostingdan foydalanilganda zararlar va foyda ancha barobarlashadi.[1]
Topshiriq8-1. AX kompaniyasi o’z mahsulotini har bir birligini 2 sh.b. bilan sotadi. Kompaniya tovar-moddiy zahiralar (TMZ)ni hisoblashning FIFO usulidan va haqiqiy kalkulyatsiyalash tizimidan foydalanadi. Ya’ni ishlab chiqarish doimiy ustama sarflarini taqsimlash koeffitsienti ishlab chiqarishning haqiqatan ustama sarflarini haqiqiy ishlab chiqarish xajmiga taqsimlash yo’li bilan hisoblanadi. Quyidagi axborot kompaniya faoliyatining dastlabki ikki yiliga oiddir:


Download 47.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling