Dissotsiatsiya – muhit molekulalari parchalanib, to‘yintiruvchi aktiv atomlar hosil bo‘lishi: 2SO → SO2 + S; 2NH3 → 3H2 + 2H. Molekulalarning necha protsenti parchalanishi uning dissotsiyalanish darajasi deyiladi.
Absorbsiya: - metall yuzasining to‘yintiruvchi element erkin atomlarini yutishi (eritishi). Harorat ko‘tarilishi bilan metallning absorbsiya qobiliyati oshadi. To‘yintiruvchi element atomlari metall bilan qattiq eritma hosil qiladi.
Diffuziya: - to‘yintiruvchi elementning detal sirtidan ichkariga tomon kirishi. Natijada metall yuzasining kimyoviy tarkibi o‘zgaradi: - diffuziya qatlami hosil bo‘ladi. To‘yintiruvchi element konsentratsiyasi qatlam bo‘yicha xar xil bo‘ladi (gradient). Agar qattiq eritma suqilib kirish hisobiga bo‘lsa, diffuziya oson o‘tadi (S, N), o‘rin almashish hisobiga nisbatan. SHuning uchun diffuziyali metallashtirish yuqori haroratda o‘tkaziladi.
Termik ishlashni 3 tur bor:
Detalning sirtqi qatlami yirik ninasimon martensitdan iborat. Bo‘shatish bilan ichki kuchlanish yo‘qoladi.
Ikki toblab, past temperaturada bo‘shatish.
Sementitlash haroratining o‘zidayoq toblash va past temperaturada bo‘shatish.
Bu usul faakt sirtqi qatlam qattiq bo‘lsa kifoya, kelgan mexanik xossalari baribir detallarga ishlatiladi. Sovitish bilan ishlash qoldiq austenitni ko‘p qismini martensitga aylantiradi – sirt qattiqligini oshiradi.
Sementitlangan detallar qattiqligi Rs = 58-62, o‘zaginikini Rs = 25-35.
Nazorat savollari:
Quyidagi faktorlardan qaysi bir uchtasi kimyoviy-termik ishlashda eng hal qiluvchisi xisoblanadi: kimyoviy-termik ishlash vaqti; temperatura, bosim, yuzadagi aktiv element konsentratsiyasi?
Sementatsiya qilingan tishli g‘ildirak yuzasini shlifovka qilish kerak-mi? YOki yo‘q-mi? Nega?
YUzaning ishqalanib eyilishga qarshigi qaysi usulda kattarok: sementitlash, azotlash.
Termo-mexanik ishlash bilan po‘latning qaysi xossalari o‘zgaradi? Nega?
Do'stlaringiz bilan baham: |