Reja: Xirurgik bemorlarni tekshirish usullari Kasallik anamnezi Bemor vaziyati. Xirurgik bemorlarni tekshirish usullari


Download 36.87 Kb.
bet3/5
Sana03.02.2023
Hajmi36.87 Kb.
#1156517
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xirurgik bemorlarni tekshirish usullari

Kasallik anamnezi
Hozirgi kasallik anamnezini aniqlash (anamnezis morbi), bemor shikoyatlarini o’rganish bilan bog’liq. Bunda quyidagilarga ahamiyat berish kerak.
Kasallikni boshlanish vaqti. Qachondan beri o’zini kasal hisoblaydi: vrach bemor yordamida kasallikning birinchi belgilari paydo bo’lishidan boshlab, hozirgi vaqtgacha bo’lgan o’zgarishlarni kuzatishi kerak. Zo’rayish vaqtlari va uning tezligi.
Bemor fikri bo’yicha kasallik yoki uning zo’rayishining sabablari. Ilgari o’tkazilgan tekshiruvlar va muolajalar: invalidligi va h.k.
Hayot anamnezi (anamnezis vitae) umumiy harakterga ega: tug’ilgan joyi, ma’lumoti, turmush tarzi, oilaviy sharoiti, boshdan kechirgan kasalliklar (dorilarga allergiyasi, sil kasalligi, sariq (gepatit, teri-tanosil kasalliklari). Irsiy kasalliklarni so’rash alohida o’rinni egallaydi: Ota-onasini nima kasallikdan o’lganigi, masalan: qandli diabet, arterial gipertenziya, ateroskleroz, alkogolizm, ruhiy kasalliklar, xavfli o’smalar va h.k.
Kasbiy anamnezida chang, bug’ bilan hafas olish, vibrasiya, nurlanish kabi omillarga ahamiyat berish kerak.
Anamnez yig’ishda zararli odatlari ham muhim o’rin tutadi, ayniqsa alkolizm, tamaki chekish va hozirgi kunda narkotiklarni qabul qilish ko’payib bormoqda.
Yuqorida keltirilgan narsalarni miqdorini aniqlash ham muhim. Masalan: bir kunda nechta dona sigaret chekadi, yoki qancha spirtli ichimlik ichadi. Jinsiy anamnezida ayollarda oy ko’rishni muntazamligini, og’riqligini, homiladorlikni kechishini, nechta tuqqanligini, necha marta bola oldirganligini, qanday kontraseptiv vositalar qo'llaganligini aniqlash kerak..
Bemorni turmush sharoitini ham so’rash lozim. Uyining sovuqligi, namligi, ovqatlanish, jismoniy faolligi, oilaviy munosabati va h.k. bundan tashqari bemorning ruhiy holatini ham hisobga olish kerak.
Bemorni obyektiv tekshirish usullari.
Bu usullar orqali vrach o’zining sezgi a’zolari bilan kasallik diagnostikasi, uning prognozi haqida zarur malumotlarni olishi mumkin. Ob’ektiv tekshirish usullariga ko’zdan kechirish , paypaslash (palpasio), tukillatish (perkussio), eshitish (auskultasio), hamda qo’shimcha laborator-asbob uskunali aniqlashlar kiradi.Umumiy ko’zdan kechirish odatda tana qismlarini ko’rish bilan birga olib boriladi. Ko’zdan kechirish bemorni birinchi ob’ektiv tekshirish usuli bo’lib hisoblanadi. Bemorni ko’zdan kechirganda sinchkovlik ziyraklik va vrachning shahsiy tajribasi katta rol o’ynaydi. Ko’rish uchun yana bir muhim sharoitlar-dan biri bemor uchun qulay vaziyat yaratish, honalar iliq bo’lishi, u uzoq vaqt yechingan holatda bo’lmasligi, noqulay vaziyatda bo’lmasligi va h.k. Ko’zdan kechirish odatda tabiiy yorug’likda o’tkaziladi, chunki ayrim vaqtlarda sun’iy elektr chirog’ida ko’rilsa teri rangini o’zgarishini aniqlay olmay qolishimiz mumkin, bu esa diagnoz qo’yishda hatolikka olib keladi. Umumiy ko’zdan kechirishda quyidagilarni aniqlash mumkin: bemorning umumiy holati, es-hushi, vaziyati, tana tuzilishi ( konstitusiya ), yuz ifodasi, mijozini (ruhiy hususiyatlari), haroratini va antropometrik ma’lumotlarini.
Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli, o’rtacha og’irlikda, og’ir, o’ta og’ir va agonal bo’lishi mumkin. Es-hush markaziy nerv sistemasida bo’ladigan o’zgarishlarga bog’liq. Bu o’zgarish bosh miya kasalliklarida yoki ichki a’zolar kasalliklarining asoratlaridan kelib chiqishi mumkin. Es-hushi pasayishi mumkin yoki o’zgarishi kuzatiladi. Es-hushning pasayishi-ruhiy, intelliktual, harakat faolliklarining sekinlashishi bilan kechadi.
Es-hushi pasayishi turlari:

  • Es – hushning qorong’ulashishi (karaxtlik): es-hushi qisqa muddatda kirar-chiqar bo’lib qoladi.

  • Sopor es-hushi qorong’ulashining chuqur darajasi, bu vaqtda faqat og’riq reflekslari saqlanib qoladi, qolgan ta’surotlarga javob bo’lmaydi.

  • Stupor – serrayib qotib qolish, bemor bu holatdan chiqqanda, savollarga fikirlamay, ytarlicha o’ylamay javob beradi..

  • Koma – MNS fapliyatini chuqur pasayib ketishi – bu vaqtda bemor tashqi tasirotlarga javob bermaydi, hamma reflekslar yoqoladi.

  • Komatoz holatda ichki a]zolarning og’iz shikastlanishlari olib keladi. Eng ko’p uchraydigan komatoz holatlarga quyidagilar kiradi: uremik, jigar komasi, diabetik ( ketoasidotik, gipoglikemik), bosh suyagi va miya shikastlanishidagi hamda olkogolli komalar. Bemor koma holatida uchratilsa uni komadan chiqarish uchun tez chora tadbirlar ko’rilishi kerak. Qisqa vaqtli es-hushni yo’qotish hurujlari sinkope deyiladi. Bu holat qisqa vaqt bo’ladigan bosh miya gipoksiyasidan kelib chiqadi. Bularga vazo-vazal, ortostatik, kardiogen behushliklarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

Umumiy ko’zdan kechirish tartib bilan olib boriladi.
1. bemorning vaziyati (faol, passiv, majburiy)
2.tana tuzilishi (konstitiusiyasi) – normastinod, astenik, gipestenik.
3.Yuz ifodasi – har hil kasalliklarda hilma-hil yuz ko’rinishini ko’rishimiz mumkin. “jabrlangan yuz “, “Korvizar yuzi”, “mitral yuz”, “nefritdagi yuz”, “hippokrat yuzi”, “oysimon yuz”, “bazedov yuzi”, “maskasimon”, mimikasiz yuz, asimmetrik yuz va hokazo.
4.Boshni ko’zdan kechirganda – uning o’lchamlari, beixtiyor harakati, sochlarni to’kilishiga ahamiyat beriladi.
5.Yuzi-chakka tomirlarining qing’ir-qiyshiq bo’lib qattiq urishi, ko’z atrofini, qovoqlarni qorayishi, qovoqlardagi ksantomalar h.k.
6.Ko’zi – g’ilaylik, ko’zini titrashi, yorug’likga reaksiyasi, qoracho’g’ni kengayishi, torayishi, ekzoftalm, qovoqlar ptozi.
7.Burun – kattalashishi, qalinlashishi, qiyshayishi, egarsimon burun.
8.Og’iz – shilliq qavatining holati, milk holati, tilni kattalashishi, so’rg’ichlarni kattalashishi.
9.Bo’yin – uyqu arteriyasining pulsasiyasi, bo’yinturuq venasining bo’rtib chiqishi va pulsasiyasi, limfa tugunlarining kattalashishi, qalqonsimon bezning kattalashishi.

Download 36.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling