Reja: XIX asrning so‘nggi choragida Polsha taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari
Download 10.71 Kb.
|
10-seminar
Polsha XVII asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshida Reja:
XIX asrning so‘nggi choragida Polsha taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari. Polshada ijtimoiy-siyosiy harakatlar. Ishchilar harakati. XX asr boshlarida Polsha. Birinchi jahon urushida ishtirok etishi XIX asrning so‘nggi choragida Polsha taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari XIX asrning 60-yillarida Polshada kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi. Sanoat taraqqiyoti aholining shaharlarga ko‘chib kelishini tezlashtirdi.XIX asrning ikkinchi yarmida shahar aholisining salmog‘i 16%dan 33% ga qadar o‘sdi. YUqori Sileziyada esa, bu ko‘rsatgich 50%ga etgandi. Ammo sanoat korxonalari ishchilarni barchasini ish bilan ta’minlay olmasdi. Hatto, YUqori Sileziyada ham ishchilarning bir qismi Reyn-Vestfaliyaga mavsumiy ishlash uchun ketardi. XIX asr oxirida Polshada aholining emigratsiyaga ketishi ham avj oldi. Agar, 1870-1914 yillarda Polshada mavsumiy ishchilar soni yiliga 0,5 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, emigratsiyaga ketuvchilarning umumiy soni shu yillarda 3,3 mln kishini tashkil etdi. 60-80 yillarda Rossiya imperiyasi tarkibidagi Polsha qirolligida sanoat to‘ntarishi sodir bo‘lib, ayniqsa tekstil sanoati rivojlandi. Tekstil sanoati markazi Lodz shahri edi. 20 yil ichida sanoatning bu tarmog‘i 4 marotaba ortdi. Polsha qirolligida og‘ir sanoat bir qadar sekin rivojlandi. Bu tarmoqning markazi Dombrovskiy ko‘mir hududi edi. Mashinasozlik sanoatining markazi sifatida Varshava shahri rivojlandi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash Polsha qirolligida muhim sanoat tarmog‘i edi. Ayniqsa shakar etishtirish katta daromad keltirar va shakar sanoatining rivojiga Rossiya imperiyasi bilan umumiy bozorga ega ekanlik muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Prusiya qo‘l ostida bo‘lgan Polsha erlari YUqori Sileziyadan tashqari erlardan XIX asrning ikkinchi yarmida ko‘mir qazib olish 1,3 mln tonnadan 24,8 mln tonnaga qadar ko‘paydi. Temir ishlab chiqarish esa, 60 ming tonnadan 750 ming tonnaga qadar ko‘paydi. Prusiya qo‘l ostidag erlarda sanoat taraqqiyoti sun’iy ravishda to‘sqinlik qilinardi. SHunday bo‘lsada, YUqori sileziya Polsha erlarining eng sanoatlashgan hududi edi. Galitsiyada esa, sanoat asosan hunarmandchilik xarakteriga ega edi. XIX asrning 60 yillari (1869 y)da Galitsiyadagi polyak pomeshchiklari Avstriya hukumati bilan qisman muxtoriyat masalasida klishuvga erisha olgandi. Siyosiy harakatlarga etakchilik qilgan stanchiklar partiyasi polyak tilida ta’lim berish, sud, davlat ishlarini yuritishda polyak tilidan foydalanish huquqini oldi. XIX asrning so‘nggida Galitsiyada ishchilar harakati va ukrain dehqonlarining chiqishlari kuchaydi. XX asr boshlarida Galitsiya o‘z imtiyozlaridan mahrum bo‘ladi. Birinchi jahon urushi arafasida avtonomiya bekor qilinadi. Rossiya tarkibidagi polsha hududlarida 1863 yilda ko‘tarilgan qo‘zg‘olondan keyin 1868 yilda qirollik huquqlari cheklab qo‘yiladi. Germaniya tarkibidagi polyaklar esa, “Kulturkampf” niqobi ostida nemislashtirila boshlanadi. 1886 yilda germaniyada kolonizatsion komissiya tuzilib, polyak erlariga nemislarni imtiyozli ko‘chirish siyosati boshlandi. 1894 yilda “Gakata” tashkiloti tuzilib, u asosan polyaklar orasida Pangermanizm tashviqoti bilan shug‘ullanardi. Polshada ijtimoiy-siyosiy harakatlar. Ishchilar harakati. 60-70 yillarda polshada “Varshava pozitivizimi” deb ataluvchi burjuaziya ideologiyasi maktabi vujudga keldi. Ular “Mehnatni cheklash” dasturini targ‘ib qilib, “shlyaxta xurofotini” va klerikalizmni keskin tanqid qiladilar. Pozitivistlarning qarashlari keng xalq ommasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. SHuningdek, adabiyot namoyondalari orasida keskin tanqid ostiga olindi. Jumladan, B.prus, E.Ojejko va boshqalar. Konservativ ruhdagi shlyaxta guruhlari orasida esa, podsho Rossiyasiga sadoqatni isbotlash maqsadida “kelishuvchilik” dasturini ilgari surdi. Ishchilar harakatida esa, 70-yillarda ilk bora ishchilar harakati va dastlabki matbuot organlari (Galisiya) vujudga keldi. Dastlabki sotsialistik tashkilotlarni tuzishda L.Varinskiy katta rol o‘ynadi. 1882 yilda birinchi Polsha ishchilar partiyasi “Proletariat” tuziladi. Tez orada ushbu partiya etakchilarini repressiya qilish boshlandi va partiya o‘z faoliyatini tugatishga majbur bo‘ladi. Repressiyaga uchramagan partiyaning qolgan a’zolari 1889 yilda Polsha ishchilar itifoqini tuzadi. Uning rahbari M.Kosashak bo‘ladi. XIX asrning so‘nggida ishchilar harakati avj oldi. 1892 yilda Lodz shahrida bo‘lgan ish tashlashlar 1893 yilda Polsha sotsialistik partiyasining tuzilishi bilan yakunlandi. SHu yili, ya’ni 1893 yilda Polsha qirolligi sotsial-demokratik partiyasi tuziladi. 1900 yilga kelib bu partiya Polsha va Litva qirolligi sotsial-demokratik partiyasi nomini oladi. 1897 yilda tuzilgan Milliy demokratik partiya esa, antisotsial va ishchilar harakatiga qarshi ruhdagi Polsha burjua partiyalaridan biri edi. Ishchilar harakatining Polsha uchun xarakterli xususiyati mamlakatning uch imperialistik davlat tomonidan bo‘lib olinganligida bo‘lib, progresiv ruhdagi ishchilar harakati Polsha milliy birligi va mustaqilligi, 8 soatlik ish kuni va ijtimoiy talablar bilan chiqishlari XX asr boshlarida tobora avj olib bordi. XX asr boshlarida Polsha. Birinchi jahon urushida ishtirok etishi. XX asr boshlarida Polsha erlari taraqqiyoti bi xilda emasdi. Polsha qirolligi va Galitsiyada feodal tartiblar bir qadar saqlanib qolingan bo‘lsa, Sileziya sanoat taraqqiy etgan hududi edi. Polsha qirolligi va Sileziya hududlari Rossiya va Germaniya imperiyalarining taraqqiy etgan qismlari bo‘lsa, Galitsiya Avstro-Vengriyaning qoloq hududi edi. 1900-03 yillardagi iqtisodiy inqiroz Galitsiyada ishlab chiqarish konsentratsiyasini tezlashtirdi. Polsha qirolligida 1900-1908 yilda sim-mix sindikati, 1903-06 yillardi domna pechlari sindikati vujudga keldi. 1903 yilda esa, Rus-Polsha sement sindikati shakllangandi. XX asr boshlarida bank-moliya sindikatlari ham shakllangan bo‘lib, ulardan eng qudratlilari “Prodomet”, “Truboprodaja”, “Gvozd” kabilar edi. Galisiyada polyak feodallari Avstriya monopolistlarining kichik hamkorlari sifatida faoliyat yuritardilar. SHuningdek, Galitsiyaga fransuz, Germaniya kapitali ham kirib kela boshlagandi. “Galitsiya tog‘ sanoati”, “Bjishe” monopoliyalari avstriya kapitali asosida tashkil topgan bo‘lsa, “Galisen” monopoliyasi fransuz kapitali asosida ish olib borgan. Germaniya kapitali asosida Galisiyaning 58% ko‘miri qazib olinardi. Neft qazib chiqarishda Galisiya polyak kapitalistlari bor-yo‘g‘i 0,5% ulushga egalik qilardi. Neftni qayta ishlash zavodlari kapitali avstritslar qo‘lida bo‘lsa, temir va qo‘rg‘oshin ishlab chiqarishni avstrits va german kapitali nazorat ostiga olgandi. G‘arbiy Polshada barcha yirik ishlab chiqarish korxonalari nemislarning qo‘lida edi. Graflar Balleshterm, Xenkel, fon Donnersmarklar, knyazlar Gogenloe-Ertngenlar konlar, zavod va fabrikalarning asosiy qismiga egalik qilardilar. YUqori Sileziyadagi asosiy manafakturalarga “YUqori Sileziya ko‘mir sindikati”(1898 y), “YUqori Sileziya qora metallurgiya jamiyati” (1872 y), “Sileziya rux konlari va zavodlari jamiyati”(1898 y), “Quyi Sileziya ko‘mir kombinati” (1903 y) kabilarni keltirib o‘tish mumkin. XX asr boshlarida Polsha erlarida ishchilar harakati o‘sib bordi. 1905 yilda F.Djerjinskiy boshchiligidagi ishchilar harakati Rossiya politsiyasi tomonidash o‘qqa tutildi. Varshava, Lodz, Dembrovda ish tashlashlar va politsiya bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Galisiyada bo‘lib o‘tgan chiqishlar 1907 yilda Avstriya hukumatining liberal islohotlar boshlashiga majbur qiladi. SHu yili Germaniyaning “Gakata” tashkilotidan norozilik va ish tashlashlar qo‘zg‘olonga va uni Germaniya armiyasi tomonidan qonga botirilishiga sabab bo‘ldi. Birinchi jahon urushi arafasida YU.Pilsudskiy boshchiligida millatchilar harakati avj oladi. Urush boshlangan vaqtda ular Avstro-Vengriya va Germaniya tomonidan urushga kiradi. 1915 yilda Polsha qirolligi erlari uchlar ittifoqi tomonidan bosib olina boshlangan paytda Rossiya polyaklarni bir qismini Rossiyaning ichki gubernalariga ko‘chiradi. Bu esa noroziliklarga sabab bo‘ladi. Uchlar ittifoqining mustaqil Polsha davlatini va’da qilishi ham polyaklar orasida ular tomoniga o‘tishni kuchayishiga sabab bo‘ladi. Download 10.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling