Reja Xorazm O’rta Osiyo hududidagi eng qadimiy davlat

Download 21.89 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi21.89 Kb.
#1104024
Bog'liq
Qadimgi xorazm davlatining boshqaruv shakli

Reja

  1. Xorazm O’rta Osiyo hududidagi eng qadimiy davlat

  2. Qadimgi xorazm davlatining boshqaruv shakli

  3. Xorazm o’z mustaqilligini tiklagan

Xorazm O’rta Osiyo hududidagi eng qadimiy davlatlardan biri
bo’lib, aholisi o’troq va ko’chmanchi qabilalardan iborat bo’lgan. Uning hududi Amudaryoning quyi qismidan janubga tomon Murg’ob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha cho’zilgan. U haqdagi ilk ma’lumotlar “Avesto”, birinchi Doroning Bihistun tosh bitiklari, qadimgi yunon mualliflari, arab geograflarining asarlarida uchraydi. “Avesto”ning “Yasht” qismida Xorazm “Ming irmoqli daryo”, “Ko’llar va o’tloqdarga boy o’lka” sifatida madh etiladi. Abu Rayhon Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida shunday yozadi: “Xorazmliklar Xorazmga odamlar joylasha boshlaganidan tarix olar edilar. Bu Iskandardan 980 yil ilgari bo’lgan edi. Undan keyin Siyovush ibn Kaykovusning Xorazmga kelishidan, Kayxusrav va uning naslining Xorazmga podshohlik qilishlaridan tarix oldilar. Shu vaqtda Kayxusrav Xorazmga ko’chib, turk podshohlari (ustidan) hukmronligini yurgizgan edi. Bu voqea Xorazmga odam joylashishidan 92 yil keyin bo’ldi”.
Demak, 3 ming yil oldin ham Xorazmda turkiy qabilalar yashagan va davlat tizimi bo’lgan. Miloddan avvalgi ming yillik boshlariga aloqador “Amirobod madaniyati”, quyi Amudaryo havzasidagi sun’iy sug’orish inshootlari tizimi (Gerodot qadimda Oks (Amu) daryosi bo’ylab 360 dan ziyod sun’iy sug’orish inshootlari barpo etilganligini yozadi) hamda dastlabki shaharsozlik timsoli bo’lgan shahar-qal’alar - Qal’aliqir, Ko’zaliqir, Jonbosqal’a va boshqalar Xorazm vohasidagi qadimiy davlatchilik belgilaridir.
Xorazm tarixini chuqur o’rgangan mashhur rus olimi S.P.Tolstov “Qadimgi Xorazm” kitobida antik Xorazm tarixini to’rt davrga bo’ladi:
1. Uy-joy devorlari bo’lgan shahriston madaniyati (miloddan avvalgi VI-IV asrlar)
2. Qanqa (Qang) madaniyati (miloddan avvalgi IV asr - milodiy I asr)
3. Kushonlar madaniyati (milodiy II – II asrlar)
4. Kushon-Afrig’ o’tish madaniyati (milodiy Sh-V asrlar)
Bu davrlarga oid Amudaryoning o’ng sohilida 250 dan ziyod, so’l sohilida 60 ta qadimiy shahar va qishloqlar o’rni topilgan. Qanqaqal’a, Qo’shqal’a, Tuproqqal’a, Jingilja, Toshxirmon singari qal’a va istehkomlar o’rni bunga misol bo’la oladi.
Xitoyning Tan sulolasi davrida (milodiy VII-X asrlar) Xorazmda asosan turkiy qabilalar yashagan. Tanshu solnomasida shunday deyiladi: “Barcha turk elatlari ichida ho’kiz qo’shilgan arava faqat shu erda (Xorazm) uchraydi. Bu aravalarda savdogarlar turli viloyat va elatlarni aylanib, savdo qilib yuradilar.” Bu o’rinda gap Xorazmning savdo-sotiq bilan kun kechiruvchi o’troq aholisi ustida ketyapti. Shu bilan birga Xorazm vohasiga yaqin cho’l va dashtlarda ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi chorvador turkiy qabilalar yashagan.
Eron Axomaniylari shohi Kayxusrav (Kir, Kurush) (miloddan avvalgi 558-530 y.) Xorazm va unga tutash hududlarni bosib olgan. Xorazm miloddan avvalgi 6-5 asrlarda Axomaniylar davlatining 16-satrapligi (viloyati) tarkibiga kirgan. Lekin ko’chmanchi Sak (Massagetlar) qabilasi ustiga hujum qilganida Kayxusrav malika To’marisdan engilib, halok bo’lgan. Xorazm o’z mustaqilligini tiklagan. Miloddan avvalgi III asrda esa u Qang davlati tarkibida bo’lgan.
Xorazm tarixining to afrig’iylar sulolasi asoschisi Afrig’gacha (305 y.) bo’lgan davri haqida ma’lumotlar kam. Faqat qadimda Kayxusrav (mil.av. 1200-1140 y.), Saksafar (mil.av. 519- 517 y.), Farasman (mil.av. 329-320 y.), Xusrav (mil. av. 320 y.) singari xorazmshohlar bo’lganligi, Farasman miloddan avvalgi 328 yilning bahorida O’rta Osiyoga bostirib kirgan makedoniyali Aleksandr (Iskandar) huzuriga muzokara uchun sovg’a-salomlar bilan kelganligi tarixiy manbalarda yozib qoldirilgan.
Abu Rayhon Beruniy afrig’iylar sulolasiga mansub xorazmshohlardan 22 tasining nomini keltirgan. Xorazm davlatining poytaxti dastlab Tuproqqal’a, 305 yildan keyin esa Kot (Kos) shahri bo’lgan. Miloddan avvalgi 4-3 asrlarda Xorazm iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalib, yirik sug’orish kanallari, yangi shahar va qal’alar barpo etilgan. Hunarmandchilik, san’at, ichki va tashqi savdo keng rivoj topgan. Milodiy IV-VIII asrlarda Xorazm yangi yuksalishni boshdan kechirdi. Burgutqal’a, Uyqal’a, Qumbosganqal’a kabi inshootlar ana shu davrlarda qurilgan.
Xorazmning Etil (Volga) bo’yidan Markaziy Osiyo orqali Mo’g’uliston va Xitoyga hamda Eronga boriladigan savdo yo’llari chorrahasida joylashganligi uning iqtisodiy va ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etgan.
712 yili Xorazmni arablar bosib olgan. Xalifalikning Xurosondagi noibi Qutayba ibn Muslim xorazmliklarning tarixiy adabiyoti va madaniy merosini saqlab kelgan olimlarni qirg’in qilgan va quvib yuborgan. Shu sababli arablar istilosigacha bo’lgan davrdagi yozma tarixiy manbalar deyarli uchramaydi.
huningdek, qadimgi Yunon, Rim va Eron manbalari asosida bu masalani oydinlashtirish, etarli fikrlarni aytish mumkin bo’ladi. Bu o’rinda Yunon, Rim mualliflaridan Geradot, Polibiy, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqalarning asarlari, yodnomalari, Forsiy mixnat yozuvlari, shuningdek, arxeologik izlanishlar olib brogan Ya.G’ulomov, S.Tolstov, V.Masson, A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sa’dullaevlarning ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga molikdir.
Xorazm davlati egallagan hududlar hozirda Xorazm erlari chegaralanib qolmay, balki undan janubga, ya’ni Marv (Turkmaniston), Hirot (Avg’onistonning shimoli) atroflariga qadar ham yoyilgan.
Miloddan avvalgi so’nggi ming yillikning boshlariga tegishli “Amirobod madaniyati”, Quyi Amudaryo havzasida yuzaga kelgan o’ziga xos sun’iy sug’orish inshooti tizimi hamda dastlabki shaharsozlik timsoli bo’lgan shahar – qal’alar- Qal’aliqir, Ko’zaliqir va boshqalar bular Xorazm vohasida davlat tuzumlari mavjudligidan dalolat beradi – Umumelatlar, qavm – qabilalar manfaatlariga xizmat qiladigan muhim o’zgarishlar davlat boshqaruv yo’li bilangina amalga oshirilishi mumkin bo’ladi. Qadimshunos Ya.G’ulomov tomonidan Xorazmda aniqlangan 200 km uzunlikdagi, eni bir necha metrdan iborat bo’lgan kanal o’zagi, obod dehqonchilik madaniyati Xorazm davlati qadimdan insoniyatning yirik madaniy markazlaridan biri sifatida shuhrat topganligidan dalolat beradi. “Avesto” da Xorazm Markaziy Osiyoda rivoj topgan, o’z hududi, chegaralariga ega bo’lgan davlatlardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. Geradot ma’lumotiga qaraganda, qadimgi Oks daryosi bo’yida 360 dan ziyod sun’iy sug’orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho’lni, sahroli hududlarga suv chiqarilib, dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan. Geradot taassurotlarida Xorazm o’lkasida yashagan aholi dehqonchilikdan katta tajribaga ega bo’lib, ular donli, dukkakli ekinlar, masalan, bug’doy, arpo, suli, meva – sabzavotchilik mahsulotlarini etishtirganliklarini qayd etib borganlar. Xorazm shaharsozligida xom g’isht, paxsalardan keng foydalanilgan, binolarning tashqi va ichki ko’rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning mustahkamligi, o’ziga xos ko’rkamligi ta’minlangan. Xorazm vohasida huranmandchilik, tog’ – kon ichlari ancha rivoj topgan. Bu erdan qazib olingan qimmatbaho zumrad toshlarga ishlov berilib, yuksak sifat ko’rsatgichiga eyganidan keyingina u muhim tayyor mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan. Xorazm zumradi, Sharqning bir qator, jumladan, Eron, Xitoy, Hindiston, Misr singari mamlakatlarga ham yuborilgan.
Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug’ullangan, ularning tuya, ot, qo’y – echkilardan iborat suruvlari bo’lgan.
Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulolalar to’g’risida ma’lumotlar hozirgacha aniq emas. Rivoyatlarga ko’ra, Xorazmning qadimiy siyosiy sulolasi Siyovushlar bo’lganligi zikr etiladi. “Avesto” da ta’kidlanishicha, Siyovush Kaykovusning o’g’li bo’lgan. Siyovushronning o’limidan so’ng uning nabirasi Kova Xisrav bobosi qotilidan o’ch olib, Xorazmda birinchi sulolaga asos soladi. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida ta’kidlashicha, Xorazmga aholi miloddan avvalgi 1292- yilda kela boshlagan deb ko’rsatadi. Siyovushning Turonga kirib kelgan sanasi esa miloddan avvalgi 1200- yil belgilangan.
Miloddan avvalgi III asrlarda Xitoyning shimoliy g’arbiy chegaralaridan Sirdaryoning o’rta oqimi havzalarigacha bo’lgan juda katta maydonda turkey tilda so’zlashuvchi ko’p sonli chorvador qabilalari yashab kelgan. Ular xunnlar, sak usunlar, yuechjilar va boshqa nomlar bilan mashhur bo’lganlar. Ular yaylovlar uchun doimo bir – birlari bilan to’qnash kelganlar. Ayni paytda siyosiy hukmronlik uchun ham kurash qizg’in edi.
Shimoliy – G’arbiy Xitoy va Sharqiy Turkiston hududlaridan Markaziy Osiyoga ko’chmanchi chorvador qabilalarning kirib kelishi bu mintaqada muhim siyosiy o’zgarishlarga olib keldi.
Hozirgi O’zbekiston hududida Qadimgi Xorazm davlatidan tashqari Choch, So’g’d hududlarini o’z ichiga olgan qudratli Qang’ podsholigi (Miloddan av. III asr) Parkana –Farg’ona davlati, Baqtriya, Yunon – Baqtriya davlati tashkil topdi. Yunon – Baqtriya davlatining asosini Baqtriya, So’g’diyona, Marg’iyona tashkil etadi.
Qang’ davlatining joylashgan o’rni haqida olimlar o’rtasida yangicha qarashlar mavjud. A.Asqarovning fikricha, hozirgi Toshkent va Sirdaryo viloyatlari ham Janubiy Qozog’iston erlarida yashovchi sak qabilalarning makedoniyalik Iskandar qo’shinlari va Salavkiylarga qarshi kurashlari jarayonida miloddan avvalgi III asrda yarim o’troq Qang’ davlati tashkil topadi degan xulosaga keldi.
A.Asqarovning fikricha, Qang’ davlatining asosiy erlarini Toshkent vodiysi, Talas vodiysi, Chu daryosining quyi oqimlaridan, daryosigacha bo’lgan joylarni tashkil etgan. Qadimgi Xorazm va So’g’d erlari ham Qang’ davlatiga tobe bo’lgan.
Qang’ davlatining ikkita markazi – Qanxa (Qang’diz) va O’tror (Turband) shaharlari bo’lgan. Qanxa shahri Toshkent vohasida, O’tror shahri esa Aris daryosi quyi oqimida joylashgan.
Qang’ davlati haqida Xitoy manbalarda ham ma’lumotlar bor. Xitoy tarixchisi Si – Ma- Syan’ miloddan avvalgi II asrning oxirlarida O’rta Osiyoga kelgan Xitoy elchisi va sayyohi Ijan’ – Syan’ ma’lumotlariga asoslanib, bu hududda ko’chmanchi Qang’yuy yoki Qandzyuy davlati mavjudligi haqida yozadi. Uning ta’kidlashicha, Qang’yuy davlati aholisining urf – odatlari yuechjilar urf– odatlariga o’xshash ekan.
Xitoy manbalaridagi ma’lumotlarga ko’ra, Anvsi (Parfiya) shimolda Qang’yuy bilan chegaradosh bo’lgan.
Bu ma’lumotlarga ko’ra, Qang’yuy yoki Qanha davlati tarkibiga qadimgi Xorazm, Choch va So’g’diyona ham kirgan. Miloddan av. II asrda Qang’yuy davlati o’z taraqqiyotining yuksak darajaga erishadi.
Qang’ davlati o’sha davrda vujudga kelgan ilk quldorlik davlatlardan biri edi.
Miloddan avv. I ming yillikning I yarimida Xorazmda patrialxal quldorlik jamiyati shakllana borib, mil. avv. II asrda ham bu jarayon davom etadi. Bu jamiyat chorvador yarim o’troq jamiyati bo’lib, ularning asosiy mulki boyligi chorva, chorva mollari boqiladigan yaylovlarda bo’lgan. Boy chorvador toifasi chorvadorlar harbiy aristokratiyasini tashkil qilgan. Bunday hodisa chorvador zodagonlarga, patriarxal qullarga bo’linish ro’y bergan. Hunarmandchilikning qishloq xo’jalikdan ajralish jarayoni yuz berdi.
Xorazmda patrialxal quldorlik jamiyati vujudga kelgan bo’lsada, urug’ - qabilachilik tartiblari saqlanib qoladi. Jamiyat negizini urug’ tashkil qilgan. Bir necha urug’ birlashmasi qabilani, bir necha qabilalar birlashmasi qabilalar ittifoqini tashkil qiladi. Urug’ qabila, qabilalar ittifoqi alohida saylangan oqsoqollar boshliqlari tomonidan saylangan. Qanha davlatida qurilgan shaharlarning ko’p bo’lishiga qaramay yangi shaharlar qurilishiga, sug’orish inshootlarini barpo etishga alohida e’tibor berilgan. Jonbos qal’a shular jumlasidandir.
Qang’yuylar davrida Xorazmda pul munosabatlari vujudga kelib ular o’z tangalarini Kushon podsholari tangalariga taqlid qilib zarb qila boshlaganlar. Tanganing yuz tomonida shoh tasviri, orqasida esa Xorazmlik chavandoz tasviri solingan. 1940 – yilda Tuproqqal’adan topilgan “nomsiz podsho” tasviri tushirilgan tangalar o’sha davrda tanga zarb qilish texnikasi va tasviriy san’atni yuksak darajada bo’lganligidan darak beradi.
Xorazmda miloddan avvalgi . II – I asrlarda va milodiy I yuz yilliklar davrida harbiy texnika sohasida ham katta yutuqqa erishilgan. S.P.Tolstovning fikricha, harbiy taktikaning yangi usuli qo’llannilgan va keyin butun O’rta Osiyoga yoyilgan. Bu yangi texnikaning mohiyati shundan iboratki, jang vaqtida og’ir sovut kiygan, o’q – yoy, uzun nayza, qilich va pichoq bilan qurollangan va zixrlangan otga mingan chacandoz zich saf tortib hujum qilganlar. O’q – yoy uchlari tez va muvozanat saqlash uchun ularning ketiga burgut paridan ishlangan alohida moslama taqilgan.
Arxeologik qazishmalar natijasida Ural hududidan topilgan ilk Xorazm tangalari kumush buyumlar, Xorazm davlati Volga bo’yi, Kavkaz oldi va janubiy Ural oldi hududlari bilan keng iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lganligidan dalolat beradi.
Milodiy I asr boshlarida Xorazm davlati Kushonlar imperiyasi tarkibiga kiradi.
Xullas, Qanha davri Xorazm tarixida o’lkaning iqtisodiy, siyosiy, harbiy va madaniy jihatdan rivojlanishi bilan tasniflanadi. Xo’jalikning eng asosiy tarmog’i dehqonchilik va chorvachilik hisoblanadi. Bu davrda sug’orish inshootlari qal’a devorlari qurilgan, sug’orilgan maydonlar kengaytirilgan.
O’rta Osiyo hududidagi ilk davlat tizimlari to’g’risida qadimgi yozma tarixning eng noyob manbasi hisoblangan “Avesto” kitobi, qadimshunos olimlarning turli hududlarda olib borgan arxeologik – qidiruv ishlari, ularning muhim natijalari muhim manba hisoblanadi. O’rta Osiyo hududidagi ilk davlat tizimlari to’g’risida qadimgi yozma tarixning eng noyob manbasi hisoblangan “Avesto” kitobi, qadimshunos olimlarning turli hududlarda olib borgan arxeologik – qidiruv ishlari, ularning muhim natijalari muhim manba hisoblanadi.
Shuningdek, qadimgi Yunon, Rim va Eron manbalari asosida bu masalani oydinlashtirish, etarli fikrlarni aytish mumkin bo’ladi. Bu o’rinda Yunon, Rim mualliflaridan Geradot, Polibiy, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqalarning asarlari, yodnomalari, Forsiy mixnat yozuvlari, shuningdek, arxeologik izlanishlar olib brogan Ya.G’ulomov, S.Tolstov, V.Masson, A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sa’dullaevlarning ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga molikdir.
Xorazm davlati egallagan hududlar hozirda Xorazm erlari chegaralanib qolmay, balki undan janubga, ya’ni Marv (Turkmaniston), Hirot (Avg’onistonning shimoli) atroflariga qadar ham yoyilgan.
Miloddan avvalgi so’nggi ming yillikning boshlariga tegishli “Amirobod madaniyati”, Quyi Amudaryo havzasida yuzaga kelgan o’ziga xos sun’iy sug’orish inshooti tizimi hamda dastlabki shaharsozlik timsoli bo’lgan shahar – qal’alar- Qal’aliqir, Ko’zaliqir va boshqalar bular Xorazm vohasida davlat tuzumlari mavjudligidan dalolat beradi – Umumelatlar, qavm – qabilalar manfaatlariga xizmat qiladigan muhim o’zgarishlar davlat boshqaruv yo’li bilangina amalga oshirilishi mumkin bo’ladi. Qadimshunos Ya.G’ulomov tomonidan Xorazmda aniqlangan 200 km uzunlikdagi, eni bir necha metrdan iborat bo’lgan kanal o’zagi, obod dehqonchilik madaniyati Xorazm davlati qadimdan insoniyatning yirik madaniy markazlaridan biri sifatida shuhrat topganligidan dalolat beradi. “Avesto” da Xorazm Markaziy Osiyoda rivoj topgan, o’z hududi, chegaralariga ega bo’lgan davlatlardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. Geradot ma’lumotiga qaraganda, qadimgi Oks daryosi bo’yida 360 dan ziyod sun’iy sug’orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho’lni, sahroli hududlarga suv chiqarilib, dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan. Geradot taassurotlarida Xorazm o’lkasida yashagan aholi dehqonchilikdan katta tajribaga ega bo’lib, ular donli, dukkakli ekinlar, masalan, bug’doy, arpo, suli, meva – sabzavotchilik mahsulotlarini etishtirganliklarini qayd etib borganlar. Xorazm shaharsozligida xom g’isht, paxsalardan keng foydalanilgan, binolarning tashqi va ichki ko’rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning mustahkamligi, o’ziga xos ko’rkamligi ta’minlangan. Xorazm vohasida huranmandchilik, tog’ – kon ichlari ancha rivoj topgan. Bu erdan qazib olingan qimmatbaho zumrad toshlarga ishlov berilib, yuksak sifat ko’rsatgichiga eyganidan keyingina u muhim tayyor mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan. Xorazm zumradi, Sharqning bir qator, jumladan, Eron, Xitoy, Hindiston, Misr singari mamlakatlarga ham yuborilgan.
Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug’ullangan, ularning tuya, ot, qo’y – echkilardan iborat suruvlari bo’lgan.
Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulolalar to’g’risida ma’lumotlar hozirgacha aniq emas. Rivoyatlarga ko’ra, Xorazmning qadimiy siyosiy sulolasi Siyovushlar bo’lganligi zikr etiladi. “Avesto” da ta’kidlanishicha, Siyovush Kaykovusning o’g’li bo’lgan. Siyovushronning o’limidan so’ng uning nabirasi Kova Xisrav bobosi qotilidan o’ch olib, Xorazmda birinchi sulolaga asos soladi. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida ta’kidlashicha, Xorazmga aholi miloddan avvalgi 1292- yilda kela boshlagan deb ko’rsatadi. Siyovushning Turonga kirib kelgan sanasi esa miloddan avvalgi 1200- yil belgilangan.
Miloddan avvalgi III asrlarda Xitoyning shimoliy g’arbiy chegaralaridan Sirdaryoning o’rta oqimi havzalarigacha bo’lgan juda katta maydonda turkey tilda so’zlashuvchi ko’p sonli chorvador qabilalari yashab kelgan. Ular xunnlar, sak usunlar, yuechjilar va boshqa nomlar bilan mashhur bo’lganlar. Ular yaylovlar uchun doimo bir – birlari bilan to’qnash kelganlar. Ayni paytda siyosiy hukmronlik uchun ham kurash qizg’in edi.
Shimoliy – G’arbiy Xitoy va Sharqiy Turkiston hududlaridan Markaziy Osiyoga ko’chmanchi chorvador qabilalarning kirib kelishi bu mintaqada muhim siyosiy o’zgarishlarga olib keldi.
Hozirgi O’zbekiston hududida Qadimgi Xorazm davlatidan tashqari Choch, So’g’d hududlarini o’z ichiga olgan qudratli Qang’ podsholigi (Miloddan av. III asr) Parkana –Farg’ona davlati, Baqtriya, Yunon – Baqtriya davlati tashkil topdi. Yunon – Baqtriya davlatining asosini Baqtriya, So’g’diyona, Marg’iyona tashkil etadi.
Qang’ davlatining joylashgan o’rni haqida olimlar o’rtasida yangicha qarashlar mavjud. A.Asqarovning fikricha, hozirgi Toshkent va Sirdaryo viloyatlari ham Janubiy Qozog’iston erlarida yashovchi sak qabilalarning makedoniyalik Iskandar qo’shinlari va Salavkiylarga qarshi kurashlari jarayonida miloddan avvalgi III asrda yarim o’troq Qang’ davlati tashkil topadi degan xulosaga keldi.
A.Asqarovning fikricha, Qang’ davlatining asosiy erlarini Toshkent vodiysi, Talas vodiysi, Chu daryosining quyi oqimlaridan, daryosigacha bo’lgan joylarni tashkil etgan. Qadimgi Xorazm va So’g’d erlari ham Qang’ davlatiga tobe bo’lgan.
Qang’ davlatining ikkita markazi – Qanxa (Qang’diz) va O’tror (Turband) shaharlari bo’lgan. Qanxa shahri Toshkent vohasida, O’tror shahri esa Aris daryosi quyi oqimida joylashgan.
Qang’ davlati haqida Xitoy manbalarda ham ma’lumotlar bor. Xitoy tarixchisi Si – Ma- Syan’ miloddan avvalgi II asrning oxirlarida O’rta Osiyoga kelgan Xitoy elchisi va sayyohi Ijan’ – Syan’ ma’lumotlariga asoslanib, bu hududda ko’chmanchi Qang’yuy yoki Qandzyuy davlati mavjudligi haqida yozadi. Uning ta’kidlashicha, Qang’yuy davlati aholisining urf – odatlari yuechjilar urf– odatlariga o’xshash ekan.
Xitoy manbalaridagi ma’lumotlarga ko’ra, Anvsi (Parfiya) shimolda Qang’yuy bilan chegaradosh bo’lgan.
Bu ma’lumotlarga ko’ra, Qang’yuy yoki Qanha davlati tarkibiga qadimgi Xorazm, Choch va So’g’diyona ham kirgan. Miloddan av. II asrda Qang’yuy davlati o’z taraqqiyotining yuksak darajaga erishadi.
Qang’ davlati o’sha davrda vujudga kelgan ilk quldorlik davlatlardan biri edi.
Miloddan avv. I ming yillikning I yarimida Xorazmda patrialxal quldorlik jamiyati shakllana borib, mil. avv. II asrda ham bu jarayon davom etadi. Bu jamiyat chorvador yarim o’troq jamiyati bo’lib, ularning asosiy mulki boyligi chorva, chorva mollari boqiladigan yaylovlarda bo’lgan. Boy chorvador toifasi chorvadorlar harbiy aristokratiyasini tashkil qilgan. Bunday hodisa chorvador zodagonlarga, patriarxal qullarga bo’linish ro’y bergan. Hunarmandchilikning qishloq xo’jalikdan ajralish jarayoni yuz berdi.
Xorazmda patrialxal quldorlik jamiyati vujudga kelgan bo’lsada, urug’ - qabilachilik tartiblari saqlanib qoladi. Jamiyat negizini urug’ tashkil qilgan. Bir necha urug’ birlashmasi qabilani, bir necha qabilalar birlashmasi qabilalar ittifoqini tashkil qiladi. Urug’ qabila, qabilalar ittifoqi alohida saylangan oqsoqollar boshliqlari tomonidan saylangan. Qanha davlatida qurilgan shaharlarning ko’p bo’lishiga qaramay yangi shaharlar qurilishiga, sug’orish inshootlarini barpo etishga alohida e’tibor berilgan. Jonbos qal’a shular jumlasidandir.
Qang’yuylar davrida Xorazmda pul munosabatlari vujudga kelib ular o’z tangalarini Kushon podsholari tangalariga taqlid qilib zarb qila boshlaganlar. Tanganing yuz tomonida shoh tasviri, orqasida esa Xorazmlik chavandoz tasviri solingan. 1940 – yilda Tuproqqal’adan topilgan “nomsiz podsho” tasviri tushirilgan tangalar o’sha davrda tanga zarb qilish texnikasi va tasviriy san’atni yuksak darajada bo’lganligidan darak beradi.
Xorazmda miloddan avvalgi . II – I asrlarda va milodiy I yuz yilliklar davrida harbiy texnika sohasida ham katta yutuqqa erishilgan. S.P.Tolstovning fikricha, harbiy taktikaning yangi usuli qo’llannilgan va keyin butun O’rta Osiyoga yoyilgan. Bu yangi texnikaning mohiyati shundan iboratki, jang vaqtida og’ir sovut kiygan, o’q – yoy, uzun nayza, qilich va pichoq bilan qurollangan va zixrlangan otga mingan chacandoz zich saf tortib hujum qilganlar. O’q – yoy uchlari tez va muvozanat saqlash uchun ularning ketiga burgut paridan ishlangan alohida moslama taqilgan.
Arxeologik qazishmalar natijasida Ural hududidan topilgan ilk Xorazm tangalari kumush buyumlar, Xorazm davlati Volga bo’yi, Kavkaz oldi va janubiy Ural oldi hududlari bilan keng iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lganligidan dalolat beradi.
Milodiy I asr boshlarida Xorazm davlati Kushonlar imperiyasi tarkibiga kiradi.
Xullas, Qanha davri Xorazm tarixida o’lkaning iqtisodiy, siyosiy, harbiy va madaniy jihatdan rivojlanishi bilan tasniflanadi. Xo’jalikning eng asosiy tarmog’i dehqonchilik va chorvachilik hisoblanadi. Bu davrda sug’orish inshootlari qal’a devorlari qurilgan, sug’orilgan maydonlar kengaytirilgan.

Mil. avv. IV asrda Xorazm Ahamoniylar davlatidan ajralib chiqib, mustaqil davlatga aylandi. Makedoniyalik Aleksandr va salavkiylar hukm ronligi davrida ham Xorazm davlati mustaqil edi. Bu o‘lka aholisi xo‘jaligining asosini d ehqonchilik tashkil etgan. Xorazmda shaharsozlikning boshlanishi
miloddan avvalgi VII asrga borib taqaladi <(Ko‘zaliqir shahri xarobalari). Bu yerda mahalliy hukmdorning qarorgohi bo‘lgan ulkan qal’a bunyod etilgan edi (Qal’aliqir shahri xarobalari). Miloddan avvalgi III—II asrlarda Jonbosqal’a Xorazmning qadimgi shahri bo‘lgan. Qo‘yqirilganqal’a xarobalaridan aylana shaklda qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari
t opilgan. Milodiy II—III asrlarda Tuproqqal’a shahrida bundan ham ulug‘vor va muhtasham qurilish ishlari amalga oshirilgan edi. Shahar qudratli mudofaa devorlari bilan o‘ralib, devor burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan o‘tgan ko‘cha shaharni ikki qismga bo‘lgan, undan esa, yon-atrofga ko‘chalar ketgan, mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy maydonda muhtasham saroy va ibodatxonalar joylashgan. Qasrdagi saroy devorlari shohlar, lashkarlar, sozandalar, shuningdek, hayvonlar va
qushlar tasviri bilan bezatilgan. 20 dan ortiq bo‘yalgan loy haykallar zallardan biridagi tokchalarda devor bo‘ylab o‘rnatilgan. Xorazmda ayniqsa hunarmandchilik yuksak darajada rivoj topgan. Kulolchilik, temir,
mis asboblar, qurollar, zargarlik buyumlariga talab katta bo‘lgan. Xorazm aholisi So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Baqtriya va dasht ko‘chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini o‘rnatgan. Bu o‘lkadan muhim
karvon yo‘llari o‘tgan. Mil. avv. I asrda va milodiy dastlabki asrlarda Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan. O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv Xorazm hududidan topilgan. Bular Oybo‘yirqal’a (miloddan avvalgi V-IV asrlar) yodgorligidan xum
sirtiga bitilgan yozuv va
Qo‘yqirilganqal’adan topilgan ayrim mahalliy yozuvlardir (miloddan avvalgi III—II asrlar). Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan
mahalliy taqvimdan xorazmliklar VIII asrga qadar foydalanishga Shoh va shoir Muhammad Rahimxon Feruz II ning bosh vaziri Islomxo’ja qurdirgan minora va madrasa nafaqat Xivaning, Xorazmning balki O’zbekistonning ko’rkidir. Vazir juda donoligi va faylasufligi bilan hatto o’sha paytdagi Rus hokimiyatini ham lol qoldirgan. Uning oqilona siyosati tufayli ruslar Xiva xonligida birinchi kasalxona qurdirgan va doktorlarni olib kelgan. Xonlikning 2 yillik o’lponini to’lashdan ozod qildirgan. U juda kuchli diplomat bo’lgan va shuning uchun ham uni Vaziri Akbar Islomxo’ja deb atashgan. U Muhammad Rahimxon Feruz II ning vorisi Isfandiyorxonning qaynotasi bo’lgan. Voqealar rivojining qanday kechgani va qolgan qismini Xivaga sayohatga kelsangiz bilib olasiz. 
Download 21.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling