Reja: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va turlari. Xorijiy investitsiyalarni O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilishning ob’ektiv zarurligi


-jadval O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning dinamikasi6 (foiz hisobida)


Download 49.84 Kb.
bet3/5
Sana03.12.2023
Hajmi49.84 Kb.
#1798163
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli

1-jadval
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning dinamikasi6 (foiz hisobida)

Iqtisodiyot tarmoqlari

Yillar

2007

2009

2011

2013

2015

Xorijiy investitsiyalarning jami investitsiyalar hajmidagi salmog’i

24,5

35,4

23,5

23,1

21

To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning jami investitsiyalar hajmidagi salmog’i

20,6

30,5

21,2

16,9

15,2

To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning jami xorijiy investitsiyalar hajmidagi salmog’i

84,0

86,2

78,8

72

73

Biroq, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning jami investitsiyalar hajmidagi salmog’i 2013 yil va 2015 yilda nisbatan pasaygan. Mazkur pasayish tahlil qilingan davr mobaynida jami investitsiyalarning o’sish sur’atini to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmidagi salmog’ini yuqori ekanligi ko’rinib turibdi. Xorijiy investitsiyalarning jami investitsiyalar hajmidagi salmog’ini pasayganligi ichki manbalarning ko’payganligi bilan xarakterlanadi.


Albatta, bunday natijalarning qayd etilgani mamlakatimizda faol va samarali investitsiya siyosati olib borilayotganligidan dalolat beradi.


2. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish turlari va
shakllari
Ma’lumki, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud. Xorijlik investorlar O’zbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni quyidagi yo’llar bilan amalga oshirishlari mumkin:
1. O’zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug’urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg’armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo’shib qatnashish. Bunga misol qilib XIIKlarni (ustav kapitalining kamida 30 foizi xorijlik investorga tegishli bo’lishi kerak) keltirish mumkin, ya’ni qo’shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish eng ommabop shakl hisoblanadi.
2. Xorijlik investorlarga to’liq qarashli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug’urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish, ya’ni sof xorijiy investitsiyali korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. Bunda jami (100 %) ustav kapitali xorijlik investorga tegishli bo’ladi
3. Mol-mulk, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini sotib olish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
Intellektual mulkka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek, ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
5. Kontsessiyalar, shu jumladan, tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo’lgan kontsessiyalar olish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
6. Savdo va xizmat ko’rsatish sohalari ob’ektlariga, turar-joy binolariga ular joylashgan er uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek, erga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan, ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali xorij sarmoyasini jalb qilish.
7. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
8. Xalqaro lizing amaliyotini rivojlantirish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning eng ommabop shakli hisoblangan XIIKlarni tashkil etish va ularni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash yo’lida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Keling, aziz o’quvchi, shu erda «xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona»ga aniqlik kiritsak. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona, deb nimaga aytiladi? Unga qanday ta’rif berish mumkin? Chunki, XIIK nimaligini to’liq anglamay turib, u haqda fikr bildirish ma’noga ega emas.
O’zbekiston milliy entsiklopediyasida «Korxona – yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt. Mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, ishlarni bajarish uchun tashkil etiladi, iqtisodiy faoliyatning xilma-xil turlari bilan shug’ullanadi. Davlat, munitsipial, jamoa, qo’shma, yakka (oila, xususiy) korxonalar bor»7, deya ta’riflanadi. Mazkur ta’rifning e’tiborli jihati shundaki, unda korxonaning «qo’shma korxona» shaklida ham tashkil etilishi e’tirof etilgan. Chunki, qo’shma korxonaga berilgan ta’riflarning aksariyatida mazkur masala e’tibordan chetda qolgan. Rossiyalik iqtisodchi-olimlardan L.Makarevich: «Korxona – mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekti bo’lib, iste’mol talabini qondirish va foyda olish maqsadida qonunchilik asosida tashkil etiladi, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadi»8, deb ta’rif beradi. Muallif ushbu ta’rifda qo’shma korxonalarni e’tibordan chetda qoldirganligi ko’rinib turibdi.
Shuningdek, iqtisodchi-olimlar B.Rayzberg, L.Lozovskiy, E.Stradubtsevalar ta’rifiga ko’ra: «qo’shma korxona, asosan, yuridik shaxslar tomonidan, mahalliy korxonalar yoki xorijiy hamkorlarning shaxsiy mablag’lari hisobidan ta’sischi joylashgan mamlakatda tashkil etilgan xo’jalik tashkilotidir. Mulkiy shakli jihatidan aktsiyadorlik, mas’uliyati cheklangan yoki sherikchilik ko’rinishida bo’lishi mumkin»9. Mualliflar tomonidan «qo’shma korxona»ga berilgan ta’rif ayrim cheklanishlardan holi emasligi ko’rinib turibdi. Jumladan, so’nggi ta’rifda «ta’sischi joylashgan mamlakatda tashkil etilgan», deya qayd etilgan jumla munozaralidir. Nazarimizda, mazkur jumla qo’shma korxonalarning iqtisodiy mohiyatini ochib berishga bevosita xizmat qilmaydi. Chunki, qo’shma korxonaning ta’sischisi ikkinchi mamlakatda joylashgan bo’lib, uning o’zi boshqa mamlakat hududida tashkil etilishi amaliyotdan ma’lum.
A.Borisov tomonidan tuzilgan «Katta iqtisodiy lug’at»da: «Qo’shma korxona ikki yoki undan ortiq yuridik shaxslar tomonidan tashkil topgan xo’jalik yuritish shaklidir. Qo’shma korxona mahalliy tadbirkorlar yoki xorijiy hamkorlar ishtirokida tashkil etiladi. Ta’sischilardan biri jismoniy shaxs bo’lishi mumkin. Qo’shma korxona ustav kapitalining hamkorlikda shakllantirilishi va ta’sischilardan biri joylashgan hududda tashkil etilishi uning o’ziga xos xususiyatga ega ekanligidan dalolat beradi»10, deya ta’riflangan. Fikrimizcha, qo’shma korxonaga berilgan mazkur ta’rif mantiqiy jihatdan bir-biriga uzviy bog’lanmagan. Shu bilan birga, qo’shma korxonaning ta’sischilaridan faqat biri emas, ikkalasi ham jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin, ya’ni ikkita mamlakatning vakili hisoblangan jismoniy shaxslar o’z mablag’larini qo’shma korxonaning ustav kapitaliga kiritish asosida uni tashkil etishi ham mumkinligi e’tirof etilmagan.
O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi Qonunning 6-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar deganda aktsiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav jamg’armasining kamida o’ttiz foizini xorijiy investitsiyalar tashkil etadigan korxonalar tushuniladi. Ular O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyat ko’rsatadilar. XIIK qatnashchilaridan biri ushbu qonunga ko’ra xorijlik investor bo’lishi shart.
Umumlashtiradigan bo’lsak, ikki yoki undan ortiq mahalliy va xorijiy mamlakat sub’ektlari ishtirokida tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, foyda olish maqsadida yuridik shaxs sifatida tashkil etiladigan, mamlakatning qonunchilik talablari asosida tuzilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektga qo’shma korxona deyiladi.
XIIK davlat ro’yxatiga olingan paytdan e’tiboran yuridik shaxs huquqiga ega bo’ladi. XIIKlar tashkil etish va ularni davlat ro’yxatiga olish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
XIIKlar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning keng tarqalgan shakllardan biri hamkorlikda qo’shma korxonalarni tashkil etishdir. O’zbekiston Respublikasida qo’shma korxona deganda xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo’lgan, nizom kapitalining eng kam miqdori 150000 AQSh dollariga teng bo’lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi11. XIIK nizom jamg’armasining 150000 AQSh dollaridan kam bo’lmasligi, asosan, sifatsiz mahsulotlarning oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shug’ullanishga ixtisoslashgan kichik XIIKlarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan.
O’zbekiston Respublikasidan tashqarida XIIKlarning sho’’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida bo’linmalari tashkil etilishi mumkin.
XIIKlar ixtiyoriy ravishda O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida uyushmalar, kontsernlar, korporatsiyalar, konsortsiumlar va boshqa xo’jalik birlashmalari tashkil etishi, amal qilib turgan birlashmalar tarkibiga to’la huquqli a’zo sifatida kirishi mumkin.
XIIKlar qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega: O’zbekiston hududida, shuningdek, undan tashqarida har qanday valyutada, har qanday bankda hisobvaraqlar ochish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish; xorijiy valyutada ssudalar olish va uni qaytarish; XIIKlarning hisobvaraqlaridagi mablag’lardan foydalanishni cheklash yohud mablag’larni majburiy olish davlat boshqaruv organlari tomonidan faqat qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
XIIKlarni tashkil etishni ichki, tashqi va strategik sabablarga bo’lish mumkin

Download 49.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling