Reja: Xotira qurilmasi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
SEREKEYEV ZAIR Disklarni defragmentasiyalash
- Bu sahifa navigatsiya:
- MULOQOTLI SERVIS XIZMATLARI
QATTIQ DISK (VINCHESTER)
Vinchester ham boshqa axborot tashuvchilar kabi tashqi xotira sifatida qaralishi mumkin. Vinchester xotirasidan unumli foydalanish maqsadida uni bir-biriga bogliq bo‘lmagan turli hajmdagi bir necha bolaklarga (“mantiqiy” disklarga) ajratish mumkin. Bu bo’laklar C, D, E va h.k. nomlar bilan belgilanadi. Vinchesterni bo‘laklarga ajratish maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Bu dasturlarga “Partition Magic”, “Acronis Recovery” kabi dasturlarni misol keltirish mumkin. Ular yordamida vinchester istalgancha bo‘laklarga bo‘linib, har bir bo‘lak alohida formatlanadi. Formatlash jarayonida vinchesterdagi axborotlar о‘chib ketadi. OPTIK DISKLAR Kompakt diskdagi ma’lumotlarni o‘qish uchun CD-ROM qurilmasi bo‘lishi yetarli, lekin ma’lumot yozish uchun kompyuterga CD Writer qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Kompakt diskka ma’lumot yozishni Windows operatsion tizimi vositalari yordamida amalga oshirish mumkin. Lekin diskka yozish, nusxa ko‘chirish, o‘chirish va yangilash masalalarini mukammal darajada bajarish uchun maxsus dasturlardan, masalan, Ahead Nero Burning ROM dasturidan foydalanish tavsiya etiladi. Shaxsiy kompyuterda DVD larni ochish uchun unga DVD- ROM qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. DVD-ROM qurilmasi nafaqat DVD, balki CD diklarni ham ochish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda DVD disklarni o‘qishning maksimal tezligi 16 karrani tashkil etadi, ya’ni 1380 Kbit/sek ∙16 =22080 Kbit/sek, CD disklarni o‘qishning maksimal tezligi esa 52 karrani tashkil etadi, ya’ni 150 Kbit/sek ∙ 52=7800 Kbit/sek. DVD disklarga ma’lumot yozish uchun kompyuterga DVD Writer qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. MULOQOTLI SERVIS XIZMATLARI Ba’zan tashqi xotiralar bilan ishlash sekinlashadi. Buning sabablari turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, diskdagi sistema xatoligi, ba’zi ma’lumotlar o’chirilib, boshqasi yozilganda tashqi xotiradagi ma’lumotlar tarqoq joylashishi va buning oqibatida bo’sh joylarning aniqlanishiga ketayotgan vaqtning ortishi, diskdagi ma’lumotlar hajmining ko’pligi va boshqalar. Shu sababli NTFS fayl sistemasida disk sohasini to’liq saqlash uchun maxsus usullar qo’llanilgan. Lekin bu ham fayllar bo’laklanishining oldini ololmaydi. Shuning uchun qattiq diskni tez-tez (iloji bo’lsa haftada bir marta) defragmentatsiyalab (ing. parcha yoki qismlarni yigish) turish maqsadga muvofiq. Operatsion sistemalar qattiq disk, flash-xotiralar bilan ishlash uchun quyidagi muloqotli servis xizmatlarini taklif etadi: a) diskni tozalash (keraksiz ma’lumotlami o’chirish); b) diskni defragmentatsiyalash; c) diskdagi ba’zi axborotlami arxivlash. “ Diskni defragmentatsiyalash” xizmati ishga tushgach, avval disk sohasida ma’lumotlar qanday joylashganini tahlil etadi. Quyidagi rasmda tushunarli bo’lishi uchun disk sohasida ma’lumotlar joylashish tahlili (analizi) ko’rsatilgan. Bunda oq joylar diskdagi bo’sh joylar bo’lib, boshqa ranglar esa fragmentatsiyalangan, fragmentatsiyalanmagan va ko’chirilmaydigan fayllarning qanday taqsimlanganini bildiradi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling